Xiii bob klassik davrdagi grek madaniyati k. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida


Sparta gegemoniyasi va spartaning ichki ahvoli


Download 137 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1581915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.13-14 Q. Mirjalol. Yunoniston XIII-XIV boblar

Sparta gegemoniyasi va spartaning ichki ahvoli. Eron yordami bilan Afina mag‘lub qilingach Sparta Gretsiyaga yana gegemon bo‘lib olgan. Askarboshilar – garmostlar boshchiligida Sparta harbiy otryadlari afinaliklar hokimiyatidan rasmiy ravishda «ozod qilingan», grek polislarida joylashtirilgan va ular shaharlarni talashga kirishganlar. Garchi Sparta Peloponnes urushi jarayonida o‘z aholisini tashqi ta’sirlardan ajratib saqlash siyosatiga barham bergan bo‘lsa-da, lekin sotsial-iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq bo‘lgan Sparta eramizdan avvalgi IV asrning boshlarida Gretsiyaning gegemoni bo‘lish kabi o‘z oldida turgan murakkab vazifalarni uddalay olmagan. Sparta Gresiya ustidan haqiqiy nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lolmagan. Aksincha, sun’iy yakkalanishdan uzil-kesil qutulib chiqqan Sparta jamiyati Gretsiyaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan rayonlarining kuchli ta’siriga olingan. Eramizdan avvalgi V va IV asrlar chegarasida kuchayib ketgan mulkiy tabaqalanish Sparta qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan. Sparta tarixida birinchi marta o‘laroq spartaliklarning yer uchastkalarini vasiyat qilib qoldirish va in’om qilish to‘g‘risidagi efor Epitadey qonuniga binoan amalda yer uchastkalarini sotish va sotib olishga ruxsat etilgan. Spartaliklar o‘rtasida ko‘p miqdorda kumush va xatto oltin pullar tarqala boshlagan.
Peloponnes ittifoqida hamisha keskin bo‘lgan sinfiy kurash Spartada nixoyatda shiddatli tusga kirgan. Eramizdan avvalgi 399-yilda eforlar fitnani fosh qilganlar. Bu fitnada Sparta «tenglar jamoasi» hokimiyatini ag‘darib tashlash va sparta tuzumini qayta qurish maqsadida birlashgan ilotlar, perieklar va gipomeyonlar – «tanazzullashgan», ya’ni kambag‘allashgan spartaliklar qatnashganlar. Fitnaga serg‘ayrat va aholi o‘rtasida obro‘si baland yosh gipomeyon Kinadon rahbarlik qilgan. Fitnachilarni bir xoin tutib bergan va spartaliklar ularni vahshiylarcha jazolaganlar. Peloponnesda asrlardan beri saqlanib kelgan arxaik munosabatlarning tez yemirilayotganligi munosabati bilan umumiy xonavayronlik ayniqsa juda yomon tus olgan. Ko‘p peloponnesliklar vatanni tark etib, yollanma askar bo‘lib qolganlar. Tenar burunida (Peloponnesning janubida) yollanuvchilarning eng katta bozorlaridan biri paydo bo‘lgan. Bu bozorlar umum- grek va ma’lum darajada xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling