Xiii bob klassik davrdagi grek madaniyati k. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida


Bolqon Gretsiyasi polislarining sotsial-iqtisodiy krizisi


Download 137 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1581915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.13-14 Q. Mirjalol. Yunoniston XIII-XIV boblar

Bolqon Gretsiyasi polislarining sotsial-iqtisodiy krizisi. Peloponnes urushi eramizdan avvalgi V asrdayoq ko‘zga ko‘rina boshlagan protsessni tezlashtirib, hunarmandchilikda, savdo-sotiqda va dengizchilikda ekspluatatsiya qilinayotgan qullar sonini ko‘paytirdi. Peloponnes urushidan keyin qullar mehnatidan qishloq xo‘jaligida ham foydalanish ko‘payadi. Bu hol hunarmandlarning, yuk tashuvchilarning, batraklarning va shu kabilarning ahvolnga halokatli ta’sir etgan. Ular lyumpen-proletariatlarga aylanib, onda-sonda uchrab qoladigan ishdan oladigan haq bilan hamda quldorlar davlatining qullarni ekspluatatsiya qilishidan keladigan mablag‘lardan va mag‘lub qilingan mamlakatlardan olinadigan xirojdan berib turadigan arzimas sadaqasi hisobiga yashaganlar. Ular quldorlik jamiyatining parazit elementlari orasida eng past tabaqa edilar. Ishlab chiqarish mehnatiga, qullarning ishi, deb nafratlanib qarash xuddi ana shu davrda keng rasm bo‘lgan. Bu hol kambag‘allarning ahvolini yanada ko‘proq yomonlashtirgan, chunki halol mehnat qilib pul topish yo‘lini izlashga rag‘batni susaytirgan. Ko‘p dehqonlar va hunarmandlar qatnashgan urush harakatlari ko‘p yillar davom etganligi sababli bir qancha yer uchastkalari qarovsiz, tashlandi bo‘lib qolgan. Omadi kelgan quldorlar ana shu yer uchastkalarini bosib olgan yoki arzon bahoda sotib olganlar. Yerlar, qullar va boshqa turdagi mol-mulklar qaytadan taqsimlanib, ozgina kishilar qo‘lida to‘planib qolgan. Lekin bu protsessni bo‘rttirib ko‘rsatish yaramaydi. Grek polis- lari sharoitida ayniqsa katta yer-mulklarning yoki ustaxonalarning ayrim shaxslar qo‘lida mavjud bo‘lishi mumkin emas edi! Ko‘pincha savdo-sudxo‘rlik kapitalining ayrim qo‘llarda to‘planishi ko‘rnnadi, shu bilan birga savdogarlar va sudxo‘rlar ayni vaqtda yerlarni qo‘lga kiritib olishga ham intilganlar. Binobarin, hatto tovar ishlab chiqarish eng taraqqiy qilgan davrlarda ham quldorlik jamiyatining natural asosi ana shunda namoyon bo‘lgan. Boy quldor-plutokratlar (ya’ni «o‘z boyligi bilan kuchlilar») ayni bir vaqtda ham sudxo‘r, ham savdogar, ham yer egasi bo‘lganlar. Amalda ana shular iqtisodiy jphatdan taraqqiy qilgan grek polislarining ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatib turganlar. O‘tmishda klassik quldorlik polisining tayanchi o‘rta hol grajdanlar bo‘lib, bu grajdanlar, barham topgan polisning ideologi bo‘lmish Aristotelning ta’biricha, eng yaxshi davlat idora usulini–politiyani tashkil etganlar. O‘rta va mayda quldorlar polis xalq lashkarida ham xizmat qilganlar.
Eramizdan avvalgi IV asrdagi demokratik polislardagi xalq yig‘inlarida biz butunlay boshqacha manzarani ko‘ramiz. Sirtdan hech qanday muhim o‘zgarishlar bo‘lmagan. Afinada hatto demokratik belgilar kuchaygan: saylab qo‘yiladigan ko‘p lavozimlarga davlat tomonidan maosh to‘langan (grajdanlarga hatto xalq yig‘iniga borish uchun ham maosh to‘langan). Lekin sirtqi demokratlashtirish zamirida grajdanlarning xonavayron bo‘lishi hamda davlat lavozimlarining va xalq yig‘iiida qat- nashishning yarim qashshoq grajdanlarning ozgina bo‘lsa-da, doimiy daromad manbaiga aylanishi pinhon bo‘lgan, chunki hokimiyat tepasida turgan plutokratlar va oligarxlar bu yarim qashshoq! grajdanlarni ana shunday sadaqa berish yo‘li bilan boqib turganlar. Xalq yig‘ini odatda boylarning xohishiga qarab ish tutgan. Lekin yurakda tugilib yotgan qahr-g‘azab ba’zan sirtga otilib chiqqan, natijada kambag‘al grajdanlar xalq yig‘inida yirik mulkdorlarga bir yo‘la favqulodda soliq solish, ulardan birontasini yoki bir nechtasini qisman yoki to‘la ekspropriatsiya qilish haqida qonun chiqartirishga muvaffaq bo‘lganlar.
Eramizdan avvalgi IV asrdagi polislarda eski shahar xalq lashkari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Grajdanlarning o‘rta tabaqasi barham yegan, vaholanki xalq lashkarining asosiy kuchlari ana shu tabaqadan iborat bo‘lgan. Kambag‘allarning qurol-yarog‘ sotib olib xalq lashkari safiga borishga mablag‘i bo‘lmagan va buning ustiga plutokratlarning manfaati uchun jang qilishga ularning istagi ham bo‘lmagan.
Eramizdan avvalgi V asrning oxirlari – IV asrning boshlarida Gretsiyada yollanma askarlarning otryadlari tez fursatda harbiy kuchlarning asosiy turi bo‘lib qolgan. Yollanma askarlar ilgari ham oz-moz bo‘lgan, lekin endilikda ular ommaviy tus olgan. Quldorlik jamiyatining rivojlanishi sharoitida kambag‘al- lashib qolgan omma uchun og‘ir ahvoldan qutulishning birdan-bir yo‘li yollanma askarlar safiga kirishdan iborat edi.
Yollanma askarlar sonining o‘sishi. Gretsiyada askarga ehtiyoj hamisha katta edi, eramizdan avvalgi IV asrda esa urushlar tez-tez bo‘lib turganligi sababli bu ehtiyoj yana ortdi. Eron shohlari va Misr fir’avnlari grek yollanma askarlarni ko‘plab o‘zlariga xizmatga torta boshladilar. Yellanuvchilar mutaxassis askarlar bo‘lganligi sababli, ularning ko‘payishi greklarning harbiy ishida ham yangi davrni tashkil etardp. Gresiyada tajribali askarlarning maxsus bozorlari paydo bo‘lgan, bu bozorlardad hukumat va askarboshilar ularning qo‘shinlarida xizmat qilishni istovchilar bilan shartnomalar tuzganlar.
Eramizdan avvalgi IV asrda yollanma askarlar va ularning askarboshilari grek polislarining siyosiy hayotida katta rol o‘ynay boshlaganlar. Yollanma askar otryadlari polislarda hukmron oligarxiyalarning hokimiyatini mustahkamlar edilar, chunki bu oligarxiyalar o‘zlaridagi kambag‘allashib qolgan demosning noroziligini bostirish uchun harbiy kuchga muhtoj edilar. Lekin ba’zan shunday hollar ham bo‘lardiki, xuddi shu askarlar ularni yollab keltirgan hukumatni ag‘darib tashlar va o‘z askarboshilarini tiran deb e’lon qilardilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan eramizdan avvalgi VII–VI asrlardagi «ilk» tiraniyalardan farq qilish uchun ilmiy adabiyotda odatda «keyingi» yoki «kichik» tiraniyalar deb ataladigan ana shu tiraniyalar, shunday qilib, eramizdan avvalgi V asrning oxirlari – IV asrning boshlarida quldorlik jamiyatining taraqqiyoti sharoitidan tug‘ilgan edi.
Manbalarning xabar qilishicha, sinfiy va siyosiy kurashda ba’zan qullar ham qatnashgan. Ammo eramizdan avvalgi IV asrda Gresiyada qullarning mustaqil bosh ko‘tarib chiqishlari haqida manbalarda, Spartadagi ilotlar qo‘zg‘olonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istisno qilganda, deyarli hech qanday ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Yellanma askarlar hokimiyati odatda qisqa muddatli bo‘lardi, chunki bu kishilar aslida sinfiy qiyofasini yo‘qotgan elementlar bo‘lib, ularda harbiy kasb zaminida uyushmachilik belgilari tarkibtopa boshlagan edi. Ular kambag‘allashib qolgan demosning bevosita manfaatlaridan qisman ajralgan bo‘lib, kimning hisobidan bo‘lishidan qat’i nazar, faqat boyish maqsadnni ko‘zlardilar. Yollanma askarlarning suiiste’mollari natijasida ular ezayotgan shaharliklar qo‘zg‘olonlar ko‘tarishar va tiranlarni quvib yuborardilar. «Tiraniya» («istibdod») so‘zining salbiy ma’nosi eramizdan avvalgi IV asrda paydo bo‘ladi.
Grek polislarining sotsial-siyosiy krizisi. Qullar bajaradigan hunarmandchilik ishi ko‘p mablag‘ sarflashni talab qilmagan va umuman qadimgi dunyo xo‘jaligining unchalik ko‘p bo‘lmagan ehtiyoji va iste’molchilik xarakteri bilan cheklangan. Boylarning bo‘sh mablag‘lari zeb-ziynatga sarflangan, bu esa sotsial tengsizlikni yanada yaqqolroq namoyon qilar va boylar bilan kambag‘allar o‘rtasidagi antagonizmni kuchaytirgan. Jamg‘arilgan boyliklarning bir qismi xazina-dafinaga aylantirilib, o‘g‘irlash va musodara qilinishdan ehtiyot chorasi sifatida yerga ko‘milgan.
Ichki polis bozori hamisha cheklangan edi, buning natijasida eramizdan avvalgi V asrdayoq polislarning soyuzlarga birlashuvi yuzaga keladi. Eramizdan avvalgi IV asrda ichki bozor yana ko‘proq torayadi. Erkin aholi keng-qatlamlarining xonavayron bo‘lishi ularning xarid qobiliyatini pasaytiradi. Qullar ko‘pincha hech nima sotib olmaganlar. Boy yer egalari o‘z qullari ishlagan buyumlardan foydalanib, mahalliy tovarlarni sotib olmaganlar. Gretsiyaning qolgan rayonlari qulchilik taraqqiyotiga qadam qo‘ygan edi, binobarin, Afina, Korinf va boshqa savdo hunarmandchilik markazlarida ishlab chiqarilgan tovar- larni kam sotib olganlar. O‘sib ketgan qullik hunarmandchiligi esa ishlab chiqarilgan buyumlarni sotishga muhtoj bo‘lgan. Polislarning tor chegaralari quldorlik jamchyatining iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishini qiyinlashtirgan. Quldorlik jamiyatining ancha ilk bosqichida keskinlashgan sinfiy kurash sharoitida paydo bo‘lgan polislar quldorlarning manfaatlarini va mol-mulklarini yaxshi himoya qilmaganlar. Polislar yetarli darajada kuchli bo‘lmagan. Sotsial krizis ustiga polis davlat ustqurmasining siyosiy krizisi kelib qo‘shildi.
Eramizdan avvalgi IV asrning birinchi yarmida umumgrek sharoiti ana shundan iborat bo‘lib, bu sharoitni shahar-davlat (polis) doirasidagi grek quldorlik jamiyatining sotsial va siyosiy krizisi deb tavsiflash mumkin.,Bu yaxlit holdagi quldorlik sistemasining krizisi emas edi. Bu krizis ko‘proq taraqqiy qilgan klassik polislarda paydo bo‘ldi va quldorlik xo‘jaligi taraqqiyotining natijasi sifatida Gretsiyaning ko‘p qismida yoyildi.
Krizisni bartaraf qilish yo‘llarini qidirish. Siyosiy arboblar, faylasuflar va grek quldorlarining boshqa ideologlari klassik polislarning grek quldorlik jamiyati tushib qolgan sotsial va siyosiy mushkulotdan qutulish yo‘lini izlash bilan band bo‘lganlar. Ular orasida realroq pozitsiyani tutgan kishi Isokrat bo‘lgan. Tantanali nutq formasida yozilgan «Panegirika» siyosiy traktatida Isokrat greklarni Kichik Osiyoni istilo qilish, talash va shu tariqa o‘z ishlarini to‘g‘rilab olish uchun birlashishga da’vatetgan. Greklarning o‘z kuchlari bilan birlashish imkoni bo‘lmagach, Isokrat grek polislarini Filipp Makedonskiyga bo‘ysundirish tarafdori bo‘ladi va uning rahbarligi ostida Kichik Osiyoni zabt etish fikrini ilgari suradi. Isokrat grek aholisining boy tabaqalari manfaatini aks ettirgan. Bundan ko‘zlangan maqsad jo‘n edi. Eramizdan avvalgi V asrning oxiridagi voqealar Eron istibdodi juda zaiflashib qolganligini greklarga yaqqol ko‘rsatgan edi, shuning uchun uning g‘arbiy qismida joylashgan Kichik Osiyo istilo qilish uchun qulay bo‘lib qolgan edi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling