Imomning maneken qizi


Download 5.76 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.76 Kb.
#1589465
Bog'liq
Diyorbek Xaminov taqriz





Taqriz:
Amina Shanliko'g'li. "Imomning maneken qizi"


Turkiya kichik qishlog‘ining imomi, uning oilasi va jonajon qizi Fotimaning taqdiri, hayot yo‘llari orqali bugungi juda ko‘p davlatlardagi vaziyatlar, ikkilanayotgan yoshlar taqdiri ifodalangan ushbu asar og‘riqli nuqtalarni yodga soladi.


Inson qanday bo‘lmasin o‘zligidan, asliyatidan voz kecha olmaydi. Qanday vaziyatda yashasa ham insoniyligini unutmasa bas. Nega Fotima chinakam botqoqqa bota olmadi? Unga nimalar qarshilik qildi? Muhit, do‘stlar, niyatidagidek hayot axir hammasi uni jirkanchga botishiga tayyor qilingandiku?! Shunchaki uni qonida asl musulmon insonning qoni oqmoqda. Xuddiki tilladek botqoq ichida ham botqoq rangiga kira olmayapti. Aslida juda ko‘p insonlarning ichida xuddi shunday ikki inson yashaydi. Ular o‘rtasida tinimsiz kurash sodir bo‘ladi. Ba'zilar xuddi Fotimadek "chap" tarafni tanlashadi. Ular ham qachondir yorug‘likka qaytishar. Lekin o‘sha yorug‘likkacha o‘talgan masofalar, yillar o‘ylantiradi meni. Yo‘qotishlar juda qadrli insonlaringiz bo‘lsa bag‘ringizni tilka-tilka qilganingiz-da keraksiz bo‘ladi. Asarda qahramonlar ko‘p. Ularni salbiy ijobiyga ajratish yaxshi emas. Har birining o‘z yo‘li, o‘z haqiqati bor. Hammasi o‘z hayoti uchun kimdandir o‘ch olmoqchi, yoki kimdir qaytmoqchi. Ammo muhimi qaytish, to oxirigacha bormasdan. Shu paytgacha asarlarda u muammo bo‘lmaganda bu voqea bo‘lmas edi, degan fikrdan yiroq bo‘lganman. Aybni izlash va ayblash oson, uni hamma ko‘ra oladi. Ammo aybga sabab aynan nima, vaziyat qandayligi ko‘p narsani ochib bera oladi.
Fotimam, nahot sen hayotni yarqiroq deb o‘ylading, nahot asl hayot doimo avaylangan holda bo‘linishini tushunmading? Sen bu dunyosi faqir, u dunyosi muhtasham bo‘lgan otangning mehrini qo‘rqoqlik deb tushunding? Onangning mehridan o‘z manfaating yo‘lida foydalanding? Ammo sen qayerda bo‘lma imomning qizi ekanligingni, Fotima ekanligingni unutmading.
Asarda juda ko‘p islomni bilmagan va tushunmagan insonlar duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatib o‘tib ketilgan: uydan qochish, aldanish, asliyatini o‘zgartish... Ammo islom qanchalar go‘zal. Agar tavba qilsang, tushunsang, anglasang sen yana qayta ulug‘lanasan.
Asarda juda ko‘p ajoyib fikrlar bor. Lekin asarni yakunlagach shu fikrlar yodimga keldi:
"Meni menda demang menda emasman,
Bir men bordir menda mendan ichkari".
Jamiyatda Fotimalar ko‘p, ammo xursand bo‘la olamizki, Yoqub imomdek otalar biz uchun chinakam Fotimalarni tarbilalay olishadi.
Barcha "maneken" lar Fotimaligiga qaytsin...
Xaminov Diyorbek


Download 5.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling