Induvidial loyihalarning tarkibi
Download 16.68 Kb.
|
individual loyiha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. NAZARIY QISM
- 3.2.1. BERILGAN MAVZU BO‘YICHA MAʼLUMOTLARNI TO‘PLASH
- 3.2.2. MUAMMONI YECHISHDA MAVJUD USULLAR
.INDUVIDIAL LOYIHALARNING TARKIBI Induvidial loyiha titul varog‘i, topshiriq–vazifavarog‘i, taqriz, mundarija, kirish, nazariy, amaliy (dasturiy) va natijaviy qismlardan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bo‘limlaridan iborat bo‘ladi. Har bir qism va bo‘limlar o‘zaro uzviy bog‘langanligi taʼminlangan holdaInduvidial loyihalar bajarilishi lozim. (Jami Induvidial loyihalar (ilovalarsiz) 30-45 bet bo‘lishi tavsiya qilinadi). 3.1. KIRISH Bu bo‘limda talabalar tomonidan o‘ziga berilgan mavzu bo‘yicha xronologik tarzda chop etilgan xalqaro, respublika miqiyosidagi maqola va risolalar sharhi; davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarni tahlili; zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, dasturlash tillarining rivojlanishi; yurtimizda xukumat, korxona, tashkilot va muassasalarda AKTga bo‘lgan eʼtibor haqida maʼlumotlar berib o‘tiladi. (8-10 bet). 3.2. NAZARIY QISM Nazariy qism o‘z navbatida quyidagi bandlarga bo‘linishi mumkin (10-15 bet): 1) Berilgan mavzu bo‘yicha to‘plangan maʼlumotlarni tahlili va sharhi; 2) Muammoni yechishda mavjud usullar; 3) Ularning dolzarbligi, kamchilik va yutuqlarini tahlil qilish; 4) Induvidial loyihaning tarkibi va tuzulishi. 3.2.1. BERILGAN MAVZU BO‘YICHA MAʼLUMOTLARNI TO‘PLASH Induvidial loyiha dastlab maʼlumotlar yig‘ishdan boshlanadi. Bu bo‘limda tarixiy va ilg‘or muammolar bo‘yicha to‘laroq maʼlummotlar keltiriladi. Bo‘limda boshqa mualliflarning berilgan maʼlumotlari bilan (rasm, grafik, diagramma va jadvallar) to‘ldirilishi tavsiya etiladi. 3.2.2. MUAMMONI YECHISHDA MAVJUD USULLAR Bu bo‘limda masalani yechishga qaratilgan usullar, texnologiyalar o‘rganilib ularni tahlil qilib chiqiladi. Muammoni yechishdagi foydalanilgan mavjud usullar tahlil qilinadi. 3.2.3. ULARNING KAMCHILIK VA YUTUQLARINI TAHLIL QILISH Berilgan mavzu bo‘yicha usullarning kamchiliklari aniqlanib, afzallilklaridan foydalanish shart. Download 16.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling