Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati


Download 0.59 Mb.
Sana14.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#145731
Bog'liq
A’zamova S. Ozbekistonda inflatsiya jarayonlari taxlili


Mundarija

Kirish…………………………………………………………………….3



  1. Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati………..5

  2. Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari……………………..11

  3. Inflyatsiyani hisoblash usullari……………………………………….16

  4. O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili……………………...20

  5. O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari……….26

Xulosa…………………………………………………………………...33

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………...35



Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.

Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.

Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.

Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.

Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.1

Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.

Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda.

Kurs ishining obyekti O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Statistika davlat qo`mitasi hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yazaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.

Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o`rganib, uni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqishdan iborat.

Kurs ishining maqsadidan kelib chiqb quyidagilar vazifa etib belgilandi:



  • Inflyatsiyanig kelib chiqish sabablarini o`rganish chiqish;

  • Inflyatsiyani hisoblash usullarini o`rganish;

  • O`zbekistonning inflyatsiya darajasini tahlil qilish;

  • O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora-tadbirlarini o`rganish.



  1. Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati

Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir.

P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi2.

Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.

Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.

P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.

XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.

Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan3.

Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.

Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli statistik bog’liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli bog’liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko’ra, quyidagi omillar bilan izohlanadi:


  • hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;

  • markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;

  • moliya tizimining rivojlanganligi.

Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga ko’ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o’sishi ham iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi4. Ularning fikriga ko’ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo’lmagan o’sishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o’zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo’shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.

Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) inflyatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko’ra, inflyatsiyaning uncha yuqori bo’lmagan darajasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o’sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi5. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.

Bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G.Brover va N.Erikson tomonidan inflyatsiyaning nomonetar omillarini tadqiq qilishga bag’ishlangan ilmiy izlanish o’ziga xos o’rin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini (markup theory ofinlation) yaratdilar6.

Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:



  • ish haqi;

  • kommunal xizmatlar tariflari;

  • import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari.

Ish haqi omilini oladigan bo’lsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning sezilarli darajada o’sishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, agar ish haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy darajasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday sharoitda “ish haqi-baholar” spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat unumdorligining o’sish sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishini ta’minlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq bo’linmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi o’sishining baholar darajasiga nisbatan ta’siri kuchayadi.

Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy izlanishlar mavjud bo’lsada, inflyatsiyaning bazaviy darajasi xususida yakdil xulosa mavjud emas. Shunday bo’lsada, ko’pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan bazaviy inflyatsiya inflyatsion jarayonning uzoq muddatli tendentsiyalari sifatida e’tirof etilgan7.

Xulosa qilib aytganda, bazaviy inflyatsiya – bu nomonetar inflyatsiya bo’lib, iste’mol baholarining o’zgarishi shaklida namoyon bo’ladi va uni formula tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:



Bazaviy

inflyatsiya



=

Iste’mol baholari

indeksining o’zgarishi



-

Inflyatsion

shoklar


Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion kutish ta’sirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin ko’tarilishi nazarda tutilmoqda.

O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida naqd pul muomalasining milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’siri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov tizimining rivojlanmaganligi, iste’mol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana savdo aylanmasining o’sayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining mo’’tadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni ko’rsatish mumkin. Mazkur sabablar bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A.Kudrinning ilmiy ishlarida asoslab berilgan8.

Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.

Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.

Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.

Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi9:

1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.

2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.

3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.


  1. Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari

Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.

1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;

2. Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo`nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda maxsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi.

Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki vaboshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi.

Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:

Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.




Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari



Mahsulotlar va xizmatlarga narxni o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishi

Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi



Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi

Aholi va xo`jalik sub`ektlarida xorijiy valyutaning jamg`arilishi



Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini ko`tarilishi



Mamlakat aholisida oltinning to`planishi (tezavratsiya)


1-chizma. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari10

Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.

Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:

Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.

Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi.

Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx- navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.

Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:



  • qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

  • hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

  • kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

  • iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.

Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.

Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan inflyatsiyasi.

Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.

Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi.

Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.

Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.


  1. Inflyatsiyani hisoblash usullari

Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:

PKt


IPTs = ------------ x 100 %

PKb


Bu erda: IPTs – iste`mol narxlarining indeksi;

PKt - iste`mol savatining joriy narxi;

Pkb - iste`mol savatining bazis narxi.

Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.

585 so`m

1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %

500 so`m

Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko`rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma`lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o`lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o`rganish va uni oqilona boshqarish bo`yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo`lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag`batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:

1. mamlakat aholisining ish bilan ta`minlanganligi darajasi ishlab chiqarish xajmi bilan aniqlanadi;

2. umumiy talab taklifga to`g`ri kelmaydi, chunki ma`lum pul mablag`lari jamg`arishga sarflanadi;

3. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi;

4. investitsiyalar va jamg`armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jamg`arma aktlari mustaqil faoliyat ko`rsatadi.

Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo`shimcha pul emissiyasi aholining to`lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarni ko`payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko`paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to`ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan. O`tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel` mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»11ning boshlig`i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


  1. «Pullar ahamiyatga egadir», ya`ni kredit – pul sohasidagi o`zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi;

2) Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo`jalik holatidan qat`iy nazar pul massasining barqaror o`sishini ta`minlab turishi lozim.

M. Fridmenning asosiy g`oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig`tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko`rsatqichlardan qat`iy nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o`rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g`oya Dj. Keyns g`oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o`sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo`lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy o`sishini oldinga surgan. Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydilar:

- tadbirkorlikning to`g`ridan-to`g`ri rag`batlantirish (foydaga investitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);

- davlat xarajatlarini qisqartirish;

- investitsiyaga yo`naltirilgan jamg`armalarning o`sishini rag`batlantirish (mamlakat aholisining jamg`armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog`ozlarga joylashtirish).

O`z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat`iy siyosat bo`lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni ta`kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to`liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o`zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdagi inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi hal etishlikni, ularning o`zaro bog`liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o`rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o`rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo`ladi. O`z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo`lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo`ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko`rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Odatda inflyatsiyani ikki xilga talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratiladi. Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.




  1. O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili

2019 yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 %ni tashkil etdi.


Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.



2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan.

2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan).




Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.

O‘tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.

Narxlarning o‘zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga ma’lum darajada qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.

2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.

Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo‘ldi.

Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).

Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.

2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.

Kredit portfeli umumiy o‘sish sur’atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘ldi.

Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste’mol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori o‘sish sur’ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o‘sishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularga bo‘lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:



  • iste’mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo‘lganligi uchun uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan yuqori talab;

  • iste’molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;

  • eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikrlarning saqlanib qolishi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab bo‘ldi.

Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bo‘lgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik o‘sish sur’ati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi.  

Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi.

Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma’lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.

Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi.

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.

Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘izston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o‘sishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga ta’minlanadi:


  • umumiy fiskal balans taqchillik, O‘TTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini ta’minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash;

  • banklar kredit portfelining mo‘tadil o‘sish sur’ati, ya’ni YaIMning nominal hajmi o‘sish sur’atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo‘lishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;

  • tashqi qarzning muvozanatli o‘sishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining pasayishi.



  1. O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari

Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin:xamisha takchil bulib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.

Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.

Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexa- nizmlarini rivojlantirish zarur.

Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.

Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o‘z navbatidi YAIMning o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.



O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

  • iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;

  • mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

  • xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash;

  • narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;

  • aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  • moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;

  • aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019 yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o’sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishlidir (narxlar mos ravishda 4,5% va 1,5 %ga qimmatlashgan). Tuxum narxlari esa ketma-ket ikki oy davomida arzonlashgan (fevralda 0,2 %, mart oyida 1,2 %).

Yil boshiga nisbatan umumiy hisobida meva-sabzavot mahsulotlari uch oy davomida 17,7 %ga, jumladan, mevalar 21,9 %, sabzavotlar 20,5 % va kartoshka 1,3 %ga qimmatlashgan.

2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning ko’tarilish borasidagi keyingi etakchi o’rinlarni sut mahsulotlari (8,1%) ovqatlanish band etgan (8,0 %).

1-jadval


O’zbekiston Respublikasi bo’yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi, %12

 

2019 yil mart:

Mahsulotlar nomi

2018 yilning dekabriga nisbatan

2018 yilning martiga nisbatan

Non mahsulotlari

103,4

129,2

Go’sht, parranda go’shti va baliq

103,2

119,4

Sut mahsulotlari

108,1

115,5

Tuxum

99,9

111,2

Yog’ va moylar

102,5

109,6

Shakar, choy va boshqa mahsulotlar

103,9

105,8

Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldinti inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan.

Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.

Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar assoida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.

Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.

Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.

Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.

Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.

Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.

Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:

1) Pul islohotlarini amalga oshirish;

2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;

Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.

Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;

2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z

mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgan paytda suzib yuruvchi almashuv kursi markaziy bankka, mamlakatning xo`jalik sub`ektlariga ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar natijasida favqulodda yuzaga keladigan o`zgarishlarga moslashish imkonini berishi mumkin. Bundan tashqari, suzib yuruvchi almashuv kurslari mamlakatga xorijiy kapitallarni oqib kelishini kuchaytirish mumkin, buning natijasida esa milliy valyutaning almashuv kursi ko`tariladi, va bu holat, uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida foydalanmaslik (kursning o`zgarishiga befarq munosabatda bo`lish) inflyatsiya jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir.

Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarishliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.

Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir.

Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi T. 2017 yil

  2. O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-son sonli Qarori

  3. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017y

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma [Matn]. – T.: «Ma’naviyat», 2019. – 312 bet.

  5. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston. 2017y

  6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  7. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002.

  8. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2010.

  9. Rashidov O.Yu. va boshqalar Pul, kredit va banklar, Toshkent 2008 y.

  10. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar. T.: “IQTISOD-MOLIYA” 2012 y

  11. Toymuxamedov I.R. «Bank ishi» ma`ruza matni, TDIU. 2010 y

  12. Tojiev R.R., Yakubova Sh. «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari» ma`ruza matni. TDIU.2010 y

  13. X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

  14. G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 243 bet.

  15. Internet saytlari.

http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti

http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti

http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti

http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi



rasmiy sayti

1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasini o`rganish va keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ilmiy-ommabop qo`llanma [Matn]. – Т.: «Ma`naviyat», 2019. – 312 bet

2 Graude P., Polan M. Is Inflation Always and Everywhere a Monetary Phenomenon? Discussion Paper. №2841 CEPR. 2001. June. – Р. 26-29.

3 Catao L., Terrones M. Fiscal Deficits and Inflation // Working Paper. 65. IMF. – Р. 63 - 67.

4 Hess G., Morris C. The Long-Ruh Costs of Moderate Inflation // Federal Reserve Bank of Kansas City Economic Review. 1996. Second Quarter. – P. 71-88.

5 Пивоварова М.А. Международная научно-практическая конференция: “Инфляция и экономический рост: теория и практика” // Деньги и кредит. – Москва, 2006. - №7. – С. 60.

6 Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 1998. Vol. 16. – Р. 24 - 29.

7 Hogan S., Johnson M., Lafleche T. Core Inflation // Bank of Canada Technical Report, 2001. №89.

8 Кудрин А. Инфляция: российские и мировые тенденции // Вопросы экономики. – Москва, 2007. - №10. – С. 4 - 26.

9 X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

10 X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

11 X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014, 268 bet.

12 O`zbekiston Respublikasi Statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tayyorlandi


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling