Informatika va axborot texnologiyalari fanidan glossariy amaliy dasturlar paketi (adp)


Download 136.5 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1477591
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan glossariy amaliy -6666666666666


O‘ZBEKISTON OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN


GLOSSARIY


Amaliy dasturlar paketi (ADP) – bu muayyan (funksional tizimosti, biznes- ilova)
sinf vazifalarini xal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui.
Axborot jamiyati – ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir.
Axborot zaxiralari – aloxida xujjat va aloxida xujjat to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi xujjatlar va xujjatlar to‘plamidir.
Axborot texnologiyasi (AT) – ob’ekt, jarayon yoki xodisaning xolati xaqida yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Videomonitor (displey)-ShK ga kiritiladigan va undan chiqadigan axborotni aks yettiruvchi moslamadir
Dasturiy interfeys – xisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta'sirini ta'minlovchi vositalar yig‘indisi.
Duragay xisoblash mashinalari (DXM) – kombinatsiyalashgan xolda amal qiluvchi xisoblash mashinalari bo‘lib, xamda raqamli xam o‘xshashli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi; ular UXM va RXMning afzalliklarini o‘zida jo etgan.
Ishchi stantsiyalar – muayyan turdagi (grafik, muxandislik, nashriyot va boshqalar) ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan bir kishi foydalanadigan qudratli mikro-EHM lardir.
Kibernetika – texnik , biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari xaqidagi fandir.
Klaviatura – son bilan ko‘rsatiladigan, matnli va boshqariluvchi axborotni ShKga qo‘l yordamida kirishi uchun mo‘ljallangan moslama.

Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling