Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish


Download 14.84 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi14.84 Kb.
#1636796
Bog'liq
Sayidova Sevara maqola 20.05.22

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH


Sayidova Sevara Raxmatillayevna
Informatika o‘qituvchisi
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi
E-mail: Sevara_2000@mail.ru

Respublikamiz ta’lim tizimiga yangi o‘qitish texnologiyalarining kirib kelishi o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi sharoitda har bir kasb egasi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim.


Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tez rivojlanayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tizimi va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni bilishi juda katta ahamiyatga ega. Bularni amalga oshirishning muhim omillaridan biri ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv predmetlari bo‘yicha pedagogik dasturiy ta’minotlarni yaratishning zarur va shartligidir.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o‘rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo‘lishi lozim.
Dasturiy ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda u yoki bu ma’lum dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning tayanch dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar kompleksidan tashkil topadi.

Pedagogik dasturiy vositalarni o‘rganishga ehtiyoj. Bizga ma’lumki, ҳar bir kasb egasi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamiz ta’lim tizimida yangi o‘qitish texnologiyalarining kirib kelishi o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishni talab etmoqda.



Pedagogik dasturiy vositalar - ta’lim jarayonida qo‘llanadigan dastur vositalari. PDVlar o‘z ma’lumot omboriga, shuningdek, modellashtiruvchi, boshqaruvchi, o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi sifatlarga ega bo‘lib, ta’limning ko‘rgazmaliligini ta’minlaydi, ta’lim subyektlari faoliyatini tezkor tahlil etish, nazorat qilishga mo‘ljallanadi.


Har bir mavzuni o‘tgandan so‘ng shu mavzuni mustahkamlash maqsadida amaliy va laboratoriya mashulotlari o‘tkaziladi. Mazkur mavzular yuzasidan o‘rganilgan materiallarini chuqur va mustahkam o‘zlashtirish muhim bo‘lib, shu asosda o‘quv muammolarini axborot vositalari orqali hal qilishga qaratilgan bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Buning uchun har bir mavzuga mos amaliy topshiriqlar va laboratoriya mashulotlarini tanlash asosida kutiladigan natijalarga erishish mumkin.


Talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish. Bugungi kunda “Informatika va axborot texnologiyalari” sohasi fanlarining o‘qitish jarayonida uni mazmunan va texnik jihatdan o‘zgaruvchanligini hisobga olib, amaliy va laboratoriya mashulotlari mazmunini yangilash, ularni o‘tkazish metodikasini takomillashtirish va mos pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish talab qilinmoqda.
“Informatika va axborot texnologiyalari” sohasi fanlarining o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatlar ularning darslariga kirib qilingan tahlillar, olib borilgan tadqiqitlardan kompyuter va axborot texnologiyalaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanish nuqtai nazaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, “Informatika va axborot texnologiyalari” sohasi fanlarining amaliy va laboratoriya mashulotlarini o‘qitishda qator muammolar mavjud. Bu muammolardan biri amaliy va laboratoriya mashulotlari uchun to‘laqonli pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasi ishlab chiqilmaganligi va undan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasining mavjud emasligidir.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan metodik ta’minot, pedagogik dasturiy vosita, pedagogik dasturiy ta’minotlarning mazmunini loyihalash va yaratish, amaliy va laboratoriya mashulotlarining pedagogik, psixologik, uslubiy tomonlari xorijiy davlatlar, shuningdek, respublikamiz olimlari tomonidan o‘rganilib, bu sohada qator tadqiqotlar bajarilgan. O‘qitish metodlarini takomillashtirib borish, o‘qitishda PDVni yaratish va qo‘llash umumiy tan olingan jarayon hisoblanadi.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


  1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni // Xalq so‘zi gazetasi, 2017 yil 9 fevral.

  2. Mahmudova M.A Effectiveness of opportunities in the use of electronic resources in education. ACADEMICIA:An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 10 Issue 5, May 2020 Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13 1081-1085 page no., DOI number 10.5958/2249-7137.2020.00463.2

Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling