Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish
Download 86 Kb.
|
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’r doska .
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish REJA: 1.Ta’lim jarayonida texnik vositalardan foydalanish 2. Doskadan foydalanishnnng asosiy qoidalari 3.. Videoproyektordan foydalanish Ta’lim jarayonida texnik vositalardan foydalanish juda muhim о‘rin egallaydi. Ushbu vositalar yordamida mashg‘ulotlarni zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda olib borish hamda ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb etishda, keng foydalanish mumkin. Texnik vositalar ma’lumotlarni vizuallashtirishga yordam berib, kerakli tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ta’lim beruvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va kodoskop slaydlari kabi vizual vositalarni о‘zlari ishlab chiqadilar. Shu sababli bunday vositalardan foydalanish qoidalari, ularning afzallik va kamchiliklarini hisobga olish lozim. Quyidagi materiallarda bо‘r doska, flipchart, kodoskop, pinbord doskasi va videoproyektor kabi texnik vositalardan foydalanish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar berilgan. Bo’r doska. Bо‘r doska eng qadimgi, arzon va boshqalarga nisbatan kо‘prok ishlatiladigan vosita hisoblansa kerak. Mana kо‘p yillardirki, u nazariy va amaliy darslarda qо‘llaniladigan texnik vosita hisoblanadi. Bugungi televizorlar va kompyuterlar dunyosida doska sinfdagi eng ishonchli va kо‘proq qо‘llaniladigan о‘quv vositasidir. Doskadan foydalanishni ham rejalashtirib olish zarur. Buning uchun о‘tiladigan mavzu bо‘yicha doskaga yoziladigan matn va chizmalar tartib bilan rejalashtirib, qog‘ozga xomaki varianti ishlab chiqiladi. Doskadan foydalanishnnng asosiy qoidalari Barcha yordamchi vositalarni oldindan tayyorlab qо‘yish; Doskaga aniq va orfografik xatolarsiz yozish; Matn yoki chizmalar oraliqlarini bir hil taqsimlash; Rangli bо‘rlarni didaktik talablarga mos kelgan holatda ishlatish; Ta’lim oluvchilar bilan doim «kо‘z aloqasi»ni saqlab turish; Faqat bir tomonga emas, barcha ta’lim oluvchilarga qarab gapirish; О‘zlashtirish natijalarini tekshirib turish; Muhim bо‘lgan ma’lumotlarga alohida e’tiborni yordamchi vositalar yordamida qaratish Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling