Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish


Flipchartning kamchiliklari


Download 86 Kb.
bet3/6
Sana15.11.2023
Hajmi86 Kb.
#1775772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish

Flipchartning kamchiliklari:

  • yozuv tushunarli bо‘lishi kerak, aks holda uni о‘qish qiyin bо‘ladi;

  • xato yozmaslikka harakat qilish kerak, aks holda hamma tо‘g‘rilangan joylar doim kо‘rinib turadi;

  • varaqlarni nusxalashtirish faqat fotosurat yoki kо‘chirib yozish orqali mumkin xolos;

• kо‘p flipchart kog‘ozlari talab etiladi.
Pinbord doska."Pinbord" inglizcha sо‘z bо‘lib, (pin-maxkamlash, bord-doska) doskaga mahkamlash degan ma’noni anglatadi.
Qoidaga kо‘ra, pinbord doskasi ustiga о‘rash kog‘ozi tortiladi va qо‘shimcha kerakli material sifatida turli rang va shakldagi kartochkalar bо‘lishini talab kiladi. Ular pinbord doskasiga ignalar bilan maxkamlanadi. Ishni tugatgandan sо‘ng kartochkalarni о‘rash qog‘ozga yopishtirish va ularni navbatdagi tadbirlar uchun qо‘llash mumkin. Kartochkalar maxsus rangli flomasterlar yoki markerlar bilan yoziladi. Bu vosita asosan yig‘ilishlarda muhim о‘rin egallaydi, chunki bu vosita yordamida qarorlar, muammolarni ishlab chiqish va guruhiy bahs-munozaralarni bajarishni kо‘rgazmali qilish mumkin.
Pinbord doskasining afzalliklarn:

Pinbord doskasining kamchiligi:

  • kо‘p qog‘oz talab etilishi;

  • kartochkadagi yozuvlarning turli-tumanligi.

Modulning B maqsadi: Kodoskop va videoproyektor kabi texnik vositalardan foydalanishning ahamiyati bilan tanishish;
Kodoskop.Kodoskop uchun sath (ekran), shuningdek, plyonka-slaydlar kerak. Kodoskop ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. О‘quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyuterda yoki shuningdek, qo`lda professional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda foydalanish va ish о‘rni о‘zgarganida boshqa joyga о‘tkazish mumkin. Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yoruglik kuchi), balki ishlab chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir.
Slaydlarni tayyorlash uchun qо‘yidagi materiallar kerak bо‘ladi:

  • atsetatli kog‘oz - sun’iy toladan qilingan tiniq kog‘oz;

  • alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bо‘lgan slaydlar;

  • slaydlarga yozish uchun flomasterlar (doimiy yoki suv bilan uchirish mumkin bо‘lgan);

  • slaydlarni tozalash uchun spirt;

  • simvolli asboblar (shablonlar, chizgich va shu kabilar).

Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning behato ishlashini va tozaligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan avval tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qо‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirish kerak. Ta’lim oluvchilar bilan doim «kо‘z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta’lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.
Slaydlarga ishlov berishda shrift turi va shrift kattaligi bо‘yicha qoidalarga rioya qilib, yaxshi о‘qilishi mumkin bо‘lgan slaydlarni ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga ham katta e’tibor berish, ranglarni haddan tashqari kо‘p ishlatmaslik lozim.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling