Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish


Download 86 Kb.
bet4/6
Sana15.11.2023
Hajmi86 Kb.
#1775772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish

Kodoskopning qulayliklari:

  • kodoskopni boshqa joyga siljitish mumkinligi;

  • foydalanishning qulayligi;

  • slaydlarni qо‘lda, fotonusxa va kompyuter yordamida tayyorlash mumkin;

  • slaydlarning katta guruhga kо‘rinarli bо‘lishi;

  • bir marta tayyorlab, ulardan bir necha bor foydalanish mumkinligi;

  • rangli tasvirni qо‘llash mumkinligi;

  • ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan «kо‘z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi.

Kodoskopning kamchiliklari:

  • kodoskop doska yoki flipchartga qaraganda qimmatroq;

  • kо‘pincha takrorlanadigan hato: bir slaydga haddan tashqari kо‘p ma’lumot yoziladi;

  • slayd ustida tо‘g‘rilash kо‘pincha murakkab (kodoskop nurida doimo kо‘rinadi);

  • ranglardan haddan tashqari kо‘p foydalanish;

• elektr energiyasini talab qiladi.
Videoproyektor.Videoproyektor о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan zamonaviy vositalardan biri hisoblanadi. Videoproyektordan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari talab etiladi. Oldindan tayyorlangan о‘quv materiallarini kompyuterga ulangan videoproyektor orqali maxsus ekranga taqdimot etish mumkin. Kompyuter xotirasidagi yoki kompakt disk va oddiy disketadagi materiallarni videoproyektor orqali ta’lim oluvchilarga namoyish qilish mumkin. Videoproyektor kodoskop kabi ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Asosiy qо‘layligi shundaki, taqdim etiladigan materiallarni kompyuterda ta’lim beruvchi о‘zi tayyorlashi mumkin yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish mumkin. О‘quv materiallari turli kompyuter dasturlarida, Word, Excel, RowerPoint, CorelDraw dasturlarida tayyorlanishi mumkin.
Videoproyektordan foydalanishdan oldin uning behato ishlashini tekshirish lozim. Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirish kerak. Ta’lim oluvchilar bilan doim «kо‘z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta’lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling