Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish


Download 86 Kb.
bet5/6
Sana15.11.2023
Hajmi86 Kb.
#1775772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish

Videoproyektorning qulayliklari:

  • videoprektorni boshqa joyga siljitish mumkinligi;

  • materiallarni kompyuter yordamida turli kо‘rinishda tayyorlash mumkinligi;

  • materialdagi kamchiliklarni tezda tuzatish va takomillashtirib borish imkoniyatining mavjudligi;

  • animatsiyalar orqali tasvirlarni "jonlashtirish" va harakatlantirish imkoniyati;

  • materiallarning katta guruhga kо‘rinarli bо‘lishi;

  • bir marta tayyorlab, ulardan bir necha bor foydalanish mumkinligi;

  • rangli tasvirni qо‘llash mumkinligi;

  • ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan «kо‘z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi.

Videoproyektorning kamchiliklari:

  • videoproyektor boshqa vositalarga nisbatan qimmatroq;

  • ta’lim beruvchidan kompyuter va videoproyektordan foydalanish kо‘nikmasining talab etilishi;

  • fonni va ranglarni notо‘g‘ri tanlash oqibatida kо‘zning toliqishi;

  • animatsiyadan notо‘g‘ri foydalanish oqibatida berilayotgan mazmunning ikkinchi darajali bо‘lib qolishi va "shou" (tomosha)ga aylanib ketishiga olib kelishi;

  • elektr energiyasining talab etilishi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta’lim vositasi talab darajasida ishlab chiqilib, о‘z о‘rnida va samarali foydalanilsa, ta’lim jarayonida mazmunni о‘zlashtirishga katta yordam beradi. Ta’lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta’rif berilgan texnik vositalar hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini kо‘rgazmali qilishga, о‘quv materialining о‘zlashtirilishini yengillashtirishga va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. "Yuz marta gapirgandan kо‘ra, bir marta kо‘rgan afzal" degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bо‘ladi. Kо‘rgazmalilik, tushunarlilik va misol - namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati, ta’lim oluvchilarda bilimlarni kо‘rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishdan iboratdir.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling