Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish Reja


Download 27.25 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi27.25 Kb.
#1044506
TuriВикторина
  1   2   3   4
Bog'liq
Informatikadan darsdan tashqari mashgtttttt


Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish
Reja:
1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari. Darsdan tashqari mashg’ulotlar tasshkil etishni rejalashtirish
2. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish

Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir. So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin.


Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.

  • To‘garak ishlarini tashkil etish;

  • Soha fidoiylari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar;

  • Bahs munozara kechasini tashkil etish;

  • Iqtidorli bolalar bilan ishlash;

  • Викторина кечалари;

  • “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kechasini tashkil etish“.

Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi. Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir. Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi. To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir .O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin. To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi:

  • O‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi;

  • to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi;

  • to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi;

  • to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi;

  • yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi.

Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak:

  • kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor;

  • kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada;

  • matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi;

  • prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish;

  • rasm chizish, uni tahrirlash

  • Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash.

Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar:

  • kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi;

  • office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi;

  • PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi;

  • MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi;

Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k.
“Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad:

  • “Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish; axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish;

  • kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish;

  • o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.

b) tarbiyaviy maqsad:

  • o‘quvchilarda tashkilotchilik, ozodalik, intizomni;

  • kichik guruhlarda ishlash, o‘zaro aloqada bo‘lish, muloqot qilish madaniyatini;

  • ta’lim muassasasi mulkidan ehtiyot bo‘lib foydalanish;

sog‘lom turmush tarzi bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish.
v) rivojlantiruvchi maqsad;
o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani yechishda ijodiy va oqilona yondashuvni, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, asbtrakt va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
1. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichida to‘garak mazmunini belgilaydi, qatnashchilarni tanlaydi, to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi, e’lonlar doskasiga osadi.
2. To‘garak mazmunini belgilab olish uchun to‘garakning o‘qitilishi lozim bo‘lgan mavzulari tematik rejalashtiriladi. Haftasiga bir soatdan yil davomida 36 soat (17.1-jadval).
“Yosh informatik” to‘garagi mazmuni
1. Kirish. To‘garak haqida ma’lumot, texnika xavfsizligi qoidalari, kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha qurilmalari.
1 To‘garakda o‘rganiladigan mavzular, adabiyotlar, texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha qurilmalari ishlash jarayoni bilan tanishtirish
Raint grafik muharriri
2. Raint grafik muharriri bilan tanishish, dasturning oyna tuzilishi, asboblar paneli 2 Raint grafik muharririning dasturiy ta’minoti, dasturga kirish, chiqish, ranglarni o‘zgartirish, siniq, to‘g‘ri chiziqlar geometrik figuralar murakkab chizmalarni chizish, ularni tahrishlash, ranglash ishlarni bajarish. Chizmalarga matnlarni kiritish, matnlarni tahrirlash, matn ranglarini o‘zgartirish. “Mening oilam”, “Bizning hovli”, “Bizning qishloq” va hokazo nomdagi rasmlarni chizish. Ushbu dasturda bajarilgan ish bo‘yicha taqdimot qilish.
3. Ranglar palitrasi, to‘g‘ri va siniq chiziqlarni chizish 1
4. Geometrik figuralarni chizish, tahrirlash. 1
5. Geometrik shakllar yordamida murakkab shakllarni yaratish 1
6. Grafik muharririda matnlar bilan ishlash 1
7. Grafik muhurririda “O‘z ijodingizni qo‘rsating”, ixtiyoriy ijodiy ish. 2
8. Bajarilgan ishlarni namoyish etish. 1
Word matn muharririda ishlash
9. Word matn muharriri, uning menyusi bilan tanishish 2 Word matn muharriri dasturi haqida tushunchalar olish, dastur oynasi qismlari bilan, menyu va uning vazifalari bilan tanishish, matn terish ishini bajarish. Matnda jadval qo‘yish, jadvalni tahrirlash, WordArt dasturi ishi bilan tanishish, unda turli yozuvlarni bajarish. Matnda rasm, diagramma, figuralar tushirish, sahifalarni betlash, matn qismlarini belgilab, tahrirlash, matnda formulalar tushirish, ularni tahrirlash. Matnga turli simvollar tushirish, simvollarni tahrirlash, gipermurojaatlar o‘rnatish. Katta hajmdagi mantlardan kerakli so‘zlarni qidirib topish, bir so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirish. Matn muharirida saqlangan fayllarni .rtf, .pdf ko‘rinishlarida o‘tkazish. Word matn muharririda o‘rganilganlarni xulosalash.
10. Word matn muharriri matn terish, matnni tahrirlash 1
11. Word matn muharriri jadval bilan ishlash 1
12. Word matn muharriri WordArtda ishlash 1
13. Word matn muharririda rasm, figura va diagrammalar bilan ishlash 1
14. matn muharririda sahifani betlash, o‘chirish ko‘chirish 1
15. matn muharririda formulalar bilan ishlash 1
16. matn muharririda simvollar bilan ishlash 1
17. matn muharririda giper murojaatlar hosil qilish 1
18. matn muharririda qidirish “Nayti”, almashtirish “zamenit” ishini amalga oshirish 1
19. Faylni ko‘chirish, o‘chirish, nomini o‘zgartirish, .rtf, .pdf shakllariga o‘tkazish 1
20 Word matn muharririni yakunlovchi dars 1
Power Pointda prezentatsiyalar yaratish
21. Power Point dasturi bilan tanishish 2
Power Point dasturi haqida tushunchalar olish, dastur oynasi qismlari bilan, menyu va uning vazifalari bilan tanishish, Yangi slaydlar hosil qilish, slayd fonida turli shablonlardan foydalanish, Slaydda rasm va boshqa bezash usullaridan foydalanish, slayd obyektlariga animatsiya effektlarini qo‘llash, slaydda musiqa joylashtirish, slaydda gipermurojaatlarni joylashtirish, slaydda jadvaldan foydalanish,
slaydda formula va simvollardan foydalanish. Prezentatsiyalarni ochish, yopish, bosmalash, saqlash va jo‘natish, hosil qilingin prezentatsiyalarni taqdimotini o‘tkazish, o‘tilganlarni xulosalash.
22. Slaydlar yaratish, slayd fonida turli shablonlardan foydalanish 1
23. Slaydda rasm va boshqa bezash usullaridan foydalanish 1
24. Obyektlarga animatsiya effektlarini qo‘llash 1
25. Slaydda musiqa joylashtirish 1
26. Slaydda gipermurojaatlarni joylashtirish 1
27. Slaydda jadvaldan foydalanish. 1
28. Slaydda formula va simvollardan foydalanish. 1
29. Slaydda figura, diagrammalardan foydalanish. 1
30. Prezentatsiyalarni ochish, yopish, bosmalash, saqlash va jo‘natish.
31. Prezentatsiya taqdimotini o‘tkazish. 1
32 Power Point bo‘yicha yakuniy dars 1
3. O’qituvchisi to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi. Masalan,
a) Yoqubova Sarvinoz 9-B sinf;
b) Ochilova Dilorom 9-A sinf;
c) Hamrayeva Gulira’no 9-A sinf va h.k.
4. To‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi; To‘garak har haftaning payshanba kuni soat 2.30 da boshlanadi.
5. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichida to‘garak ishini har haftaning belgilangan kunida, ishlab chiqilgan mazmunga asosan olib boriladi
6. To‘garak a’zolari uchun jurnal ochib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi
To‘garak jurnali namunasi.
T№ To‘garak a’zolari ro‘yxati oy sSana To‘garak mavzulari
kun
1. Yoqubova Sarvinoz 75.09 Kirish. To‘garak haqida ma’lumot, texnika xavfsizligi qoidalari,
2. Ochilova Dilorom 112.09 Kompyuternirng asosiy va qo‘shimcha qurilmalari.
7. Yakunlovchi bosqichda to‘garak faoliyati haqida hisobot tayyorlaydi.Yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi. Hisobotda to‘garak qachondan ish boshlagani, maqsadi, mazmuni, qatnashchilari, ularning baholari, to‘garakni ish faoliyati, ish faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklar, umumiy xulosalar o‘z aksini topishi lozim.
Amaliy ishlarni bajarishda o‘quvchilarga ijodiy yondashishi uchun sharoit yaratish, to‘garakda ijodiy muhitni shakllantirish, har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari va fazilatlarini ochishga ёрдам бериш ва уларни vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish uchun yo‘naltirishga erishish muhim ahamiyatga ega.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichida o‘qituvchi olib borilgan to‘garak ishini yutuqlari, kamchiliklari, kelajakda qo‘shimcha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab oladi va kerak bo‘lganda tavsiyalar beradi.
Ba’zida to‘garaklar a’zolari va rahbari hamkorligida “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kabi kechalar tashkil etiladi.
Bahs munozara kechasini loyihalashtirish. Bahs munozara kechalarini tashkil etish barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Merriam Vebster lug‘atida bahs-munozara(debat) biror mavzu yuzasidan ma’lum qoidaga muvofiq “so‘z va dalillar raqobati”, rasmiy muhokamadir. G‘arb olimi M.Zaleski fikriga ko‘ra bahs munozara (debat) berilgan topshiriq, mavzu yuzasidan ikki qarama-qarshi guruhning o‘z qarashlari, fikriga ishontira olish musobaqasi, o‘yinidir. Bahs munozaraning natijasi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi . Asosiy e’tibor dalillarni chiroyli, rivojlangan nutq orqali ishonchli bayon etishga qaratiladi.M.Zaleskidan farqli ravishda rus olimi YE.I.Passov bahs munozara o‘yin bo‘lmasdan, halollik, raqibni hurmat qilish, yutqazuvchi tomonlar mavjud bo‘lmaganlik qonuniyatiga asoslangan munozara, fikr almashinuvi deb baholaydi. Ikki jamoa, guruh mavzu yuzasidan o‘z dalillarini to‘plangan ishonchli ma’lumotlariga asoslanib ekspertlarga bayon etadilar.
Informatika o‘qituvchisi bahs munozarani loyihalashtirishi uchun quyidagilarni amalga oshiradi.
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; O‘qituvchi mavzuni tanlaydi, guruhlarni shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi.
2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollarni tayyorlaydi.
3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. Ma’qul topsa bo‘lsa, chetdan o‘qituvchilarni, o‘quvchi, talabalar, ota-onalarni taklif qiladi.
4. Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javoblar beriladi, qo‘shimchalar qilinadi.
5.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa qiladi: O‘qituvchi o‘zi uchun yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beradi.
Yuqoridagi loyihalash bosqichiga asosan bahs munorzarani loyihasini tuzamiz.
1.Bahs munozara uchun mavzu tanlash. Har bir bahs munozara mavzusi biror yo‘nalishdagi jarayonni ifodalashi, dolzarb va bahsli, munozarali masala mavjud bo‘lishi. Vaqt cheraralanganligini hisobga olib, mavzu keng qamrovli bo‘lmasligi, jarangdor bo‘lishi kerak. Masalan,

  • O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak: tarafdorlar va qarshilar.

  • “Internet-bolalar-ota-ona” muammosi yechiladimi?

  • Internet global yaxshilikmi?

  • Internetdan foydalanish uchun chet tilini bilish kerak: tasdiqlovchilar va qarshilar va h.k.


Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling