Innovatsion tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni.
Innovatsion tadbirkorlikni tadbirkorlik faoliyatini yangi
imkoniyatlarini kashf qilib, vaqt va mablag‟ tejash orqali ko‟proq daromad keltirish manbai sifatida qarasa bo‟ladi. Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining shakli, boshqaruv uslubi, ishlab chiqarishda qo‟llaniladigan
yangi texnika-texnologiyalar, ilmiy tadqiqotchi hamda ularning natijalarini mahsulot ishlab chiqarishda qo‟llay oladigan
malakali mutaxassislar, yangi mahsulot turi va ularning iste‟molchi talabini qondirish darajasi, innovatsion tadbirkorlikni yaratishdagi mavjud biznes muhiti singari bir qancha omillarga bog‟liq. Innovatsion tadbirkorlik riskning yuqoriligi, ilm-fan
yutuqlariga asoslanganligi, ma‟lum yo‟nalishda tadqiqotlar olib borilishi va ularni tadbirkorlik faoliyatida qo‟llashga yo‟naltirilganligi kabi jihatlari bilan klassik tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati aynan shu xususiyatlarga egaligi uchun ham potensial investorlarni o‟ziga jalb qiladi. Xorij tajribasidan shuni ko‟rish mumkinki, yuqori mablag‟ga ega investorlarning ko‟pchilik qismi aynan shu sohaga mablag‟ tikadilar. Chunki, ularning risklilik darajasi qanchalik yuqori bo‟lsa,
daromad
ham
shunchalik
katta
bo‟ladi. Hozirgi
kunda
mamlakatimizda
faol investitsion tadbirkorlik faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida ham kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bunga misol qilib “Innovatsion faoliyatni qo‟llab-quvvatlash to‟g‟risida” gi 13-sentyabr 2018-yil 721-son Vazirlar Mahkamasi qarorini keltirishimiz mumkin. Unga ko‟ra, mamlakatda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida uning tashkiliy shakli bo‟lgan ilmiy texnoparklar barpo etish ko‟zda tutilgan,
shuningdek, biznes inkubatorlarning vazifalari, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga imtiyozlar keltirib o‟tilgan.
1 Qolaversa, bu to‟g‟risida O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlarni yaratish to‟g‟risida” gi
qaroriga