Innovatsiyalarni moliyalashtirishning ikki shakli ajratiladi ular qaysilar


Download 18.71 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi18.71 Kb.
#1189873
Bog'liq
Soliyev Ogʻabek


Savollar
1 Savol
Innovatsiyalarni moliyalashtirishning ikki shakli ajratiladi ular qaysilar.
J. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita. Birinchisi bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbalardan, ikkinchisi – bilvosita manbalardan iborat.
2 Savol
Moliyalashtirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbalariga quyidagilar kiradi ular qaysilar.
J.Byudjet mablag‘lar, Byudjetdan tashqari fondlar, Korxona (birlashma) larning shaxsiy mablag‘lari, Kreditlar, Innovatsion investitsiyalar, Maxsus fondlar, Yuqori texnologiyali yangiliklarni ishlab chiquvchi venchur tashkilotlar uchun innovatsion xorijiy kreditlar, Grantlar.
3 Savol
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bilvosita manbalariga quyidagilar kiradi ular qaysilar.
J. Soliq imtiyozlari va chegirmalar, Soliq kreditlari, Kredit imtiyozlari, ya’ni korxonalarga – innovatsion ishlanmalarning potensial iste’molchilariga kreditlar taqdim etish,Shartnoma (konkret munosabatlar) va majburiyatlar bajarilmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar, Maxsus ilmiy jihoz va stendlar lizingi, Bojxona imtiyozlari, Amortizatsion imtiyozlar, Ilmiy-texnik mahsulotga ilmiy asoslangan narx belgilash.
4 Savol
Innovatsiyaning turlari va maqsadi nimalar kiradi.
J.Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlariga texnik va texnologik yangiliklar kiritish orqali ishlab Chiqarish jarayonlarini kengaytirish evaziga korxonaning foyda olish darajasini oshiradi. Yangi mahsulot yoki xizmat turlarini joriy etish uchun sohaga investitsiyalarni jalb etish orqali Korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangiliklarni, ihtirolarni, izlanmalarni va talabni qondirishning yangi Metodlarini joriy etadi. Innovatsiya yangi texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqarishning yangi zamonaviy Turlarini o‘zlashtirish (va x.k.) uchun jalb etilgan kapitalga moddiy tus beradi (mujassamlashtiradi)
5 Savol
Innovatsion loyihalarning rivojlanish bosqichlari qaylisar
J .1. Boshlang‘ich etap
2. Startap
3. Ilk o‘sish
4. Kengayish
5. Loyihadan chiqish
6 Savol
Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga asrda kirib kelgan.
J.XX asr
7 Savol
Inavatsiyada jarayoniga birinchi bor kim tuliq tarif bergan.
J. Avstraliyalik olim Y. Shunpeter
8 Savol
Inavatsiya asosiy xususiyatlari qaysilar.
J. Ilmiy texnik yyangili, Amaliy qulanilishi, tijoriy amalga oshirilishi.
9 Savol
Innovatsiya nechta bosqichga bulinadi.
J. 3ta
1 bosqich (Bu yangi gʻoya va bilimlar)
2 bosqich (Bu yangilikni amaliy faoliyatda tadbiq etish) yangi inavatsiya
3 bosqich Bu inavatsiya defuziyasi
10 Savol
Venture suzining maʼnosi.
J. tilidan tarjima qilingan “venture” so’zi “risk biznesi” degan ma’noni anglatadi.
11 Savol
Venchur moliyalashtirish manbalari qaysilar.
J.Ularning bir nechtasi bor Davlat mablag’lari. Tashkilot mustaqil kompaniya tomonidan boshqariladi. Venchur kapitali bilan hamkorlik. Kompaniyani yaratgan va rivojlanayotgan tashkilotlarga sarmoya kiritgan bir guruh ishbilarmonlar tomonidan loyihalarni moliyalashtirish. Korporatsiyalarning maqsadli kapitali. Xoldinglarning venchur investitsiyalari AQShda loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Yirik korporatsiyalar kichik fondlarni birlashtirib, o‘z resurslarini birlashtiradi. Bank firmalarining kapitali. Dastlab, bunday investorlar tashkilotlarni shakllantirishning so’nggi bosqichlarida mablag’larni taqdim etdilar. Xizmatlar doirasining kengayishi bilan xususiy kapital paydo bo’ldi, masalan, SBIC va MESBIC. Individual investorlar. Xususiy investorlar bir vaqtlar venchur kashshoflari bo’lgan. Bugungi kunda ular juda xavfli loyihalarga sarmoya kiritib, “urug’lik” kapitalni yaratishda ishtirok etadilar. Hukumat. AQShda hukumat yosh firmalarni qo’llab-quvvatlaydi. Moliyalashtirishning maqsadi foyda olish emas, balki kompaniyani rivojlanishning dastlabki bosqichlarida qo’llab-quvvatlashdir.
12 Savol
Venchur korxonalarga kapital qo’yilmalarning jozibadorligi qanaqa holatlarga bogʻliq.
J.1 yuqori rentabellikga ega bo’lgan kompaniyaning ulushini sotib olish;
2 Kapitalning sezilarli o’sishini ta’minlash (yiliga 15 dan 80% gacha);
3 Mavjudligi soliq imtiyozlari.
13 Savol
Dunyoda venchur kapital qo’yilmalarining eng katta hajmi qaysi davlatga turi keladi.
J.AQSHga to’g’ri keladi (taxminan 22 mlrd dollar), undan keyin G’arbiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari sezilarli farq bilan turadi.
14 Savol
Venchur kapitali qanaqa korxonalarga sarmoya kiritadi.
J. kapitali yuqori o’sayotgan korxonalarga sarmoya kiritadi.
15 Savol
Rossiya Federatsiyasida birinchi fondlar nechanchi yilda kimning tashabbusi bilan paydo bilan.
J. 1994 yilda YeTTB tashabbusi bilan paydo bo’lgan.
16 Savol
Venchur kapitalining kelib chiqish tarixi nechanchi yillarda tugʻri keladi.
J. Ikkinchi jahon urushidan oldin (1939-1945) yillar.
17 Savol
Qaysi yillar oraligʻida venchur kapital firmalari o’z investitsiya faoliyatini birinchi navbatda yangi boshlayotgan va kengayayotgan kompaniyalarga yo’naltirdi.
J. (1960-1970)
18 Savol
Venchur kapitali fondlari odatda uch turga bo’linadi ular qaysilar.
J. 1. Angel investorlar
2. Moliyaviy Venchur Kapitali fondlari
3. Strategik Venchur Kapitali fondlari
19 Savol
Qaysi davlatda venchur kapital sanoatida doimo yetakchi boʻlib kelgan.
J.AQSH
20 Savol
Venchur kapitalini moliyalashtirish bu
J. Bu uzoq muddatli (5-7 yil) yuqori darajadagi tavakkalni talab etuvchi investitsiyalar boʻlib, ilm-fanni rivojlantirish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi tashkil etilgan kichik yuqori texnologiyali istiqbolli kompaniyalar (yoki yaxshi tashkil etilgan venchur korxonalar)ning oʻz kapitaliga xususiy kapitalning sarmoyasidir.
Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling