Inson faoliyati rahm-shafqatlilik
Download 47.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqMA\'NAVIYAT VA JAMIYAT HAYOTI
MA'NAVIYAT VA JAMIYAT HAYOTI REJA: MA'NAVIYAT VA JAMIYAT HAYOTI MA'NAVIYAT VA INSON FAOLIYATI RAHM-SHAFQATLILIK Ma'naviyat va inson faoliyati Ma'naviyat jamiyat hayoti va inson faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo'ladi. «Ma'naviyat» so'zining qan- chalik ko'p qirrali va purma'no ekanligi to'g'risida Islom Karimov shunday yozadi: «Er, oila, ota-ona, bolalar, qarin-dosh-urug'lar, qo Iymon, diyonat, fidoyilik, vijdonlilik, mehr-shafqat, pokhk va halolhk singari fazilatlar shaxs ma'naviyatining eng muhim botiniy belgilaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilar, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mazkur fazilatlarning ahamiyati ortadi. Ajdodlarimiz insonning botiniy va zohiriy olamini poklashga, ma'naviy dunyosini boyitishga katta e'tibor berganlar. Tasawuf ta'limoti vakillari faoliyati bunga misol bo'la oladi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustafo alayhissalom vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichi-da bo'hnish yuz berdi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boyhkka raju qo'yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug'lar, yaqin do'st-birodarlarni siylash rasm bo'ldi. Ummaviylar xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to'plash avj oldi. Ya'ni diniy mashg'ulotlar, xudo yo'lidagi toat-ibodat o'rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hoi diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo'ygan e'tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo'ldi. Ularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo'lib, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («zohid» so'zi «zuhd» so'zidan kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyo-chilik g'oyasini targ'ib etgan, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlanib, surankah toat-ibodat bilan shug'ullangan. Zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo'lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma'rifat)dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma'naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat -mo'jizalar ko'rsatish zohidlarda yo'q edi. Zohidlarning niyati taqvo yo'li bilan oxirat ma'rifatini qozonish, Qur'onda va'da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. So'fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tamaning bir ko'rinishidir. Shaxs ma'naviyatining zohiriy (tashqi) alomatlariga quyidagi holatlarni kiritish mumkin. Bular orasta va pokiza kiyinish, o'zini o'zgalardan ustun qo'yishga, manmanlikka bormaslik, kamtarlik, ota-ona, aka-uka, ustoz, qariyalar, qarindosh-urag', qo'ni-qo'shni do'st-u birodarlarga hurmat bajo keltirish, ig'vo va fitnalardan uzoq yurish, o'zaro muomalada oddiylik va soddalikdir. Quyida ulardan ba'zilariga qisqacha to'xtalib o'tamiz: Orasta va pokiza kiyinish. Inson uchun yuzi uning axloqi va qalbidagi niyatini aks ettiruvchi ko'zgudir. Unda har xil buyukliklar bilan birga, tubanliklar ham ko'rinishi mum-kin. Beruniyning ta'kidicha: «Ko'rinishda go'zallik va xush-bichimlik ham insonlar nazdida mahbub sanaladi. Insonlar o'zlari uchrashadigan shaxslarda shunday holat - xushro'ylik va xushbichimlikni ko'rishni istaydi. Hatto boshqa mam-lakatlarga elchi sifatida odam yuborilmoqchi bo'lsa, xushro'y va xushbichimlarni va ismlari yaxshi bo'lgan kishilarni yu-borish talab qilingan». Bu dono so'zlar bugungi kunda ham davlatimiz tashqi siyosatida muhim ahamiyatga ega, deb bilamiz. Kamtarlik (tavoze) - o'zini o'zgalardan kam ko'rmaslik hamda boshqalarni izzat-u hurmat qilmoqlikdir. Bu xis-latning davlatmand va mansabdor kishilarda bo'lmog'i go'zal fazilatdir. Hadisi sharifda: «Kimki tavoze qilsa, Alloh taolo uning martabasini ulug' qilur», - deyiladi. O'zbek xalqi milliy qadriyatlarida, urf-odatlarida kamtarlik ulug'lanib, takabburlik, manmanlik, firibgarlik, maqtanchoqlik keskin qoralanadi. «Kamtar bo'lding -gavhar bo'lding», «Kamtar bo'lsang, osh ko'p, manman bo'lsang, tosh ko'p», «Kamtarhkning kamoli bor», «Kam-targa kamol, manmanga zavol» degan o'git-u maqollarda kamtarhkning fazilatlari aytib o'tilgan. Albatta, bu fazilatlarni inson dastlab oilasida o'rganadi, so'ngra esa maktabdan. Shu sababli Fitrat: «Hayot yo'lidagi birinchi masala maktab masalasidir», - deb bejiz ta'kidlamagan edi. Hurmatni bajo keltirish. Ota-ona, aka-uka, ustoz, qariyalar, qarindosh-urug', qo'ni-qo'shni, do'st-u birodar-larga hurmatni bajo keltirish yoxud haqlarini ado etishda, eng avvalo, Alloh taolo ato etgan ne'matlarga shukrona aytish lozimdir. Undan so'ng, ustoz, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, musofirlar va qo'shnilar haqini ado etmoqlik har bir inson zimmasidagi burchdir. Ota-ona haqini ado etmoq xususida Hadisi sharifda: «Ota-onasi rozi bo'lgan kimsadan men ham roziman», - deb aytilgan. Onaning o'z bolasidan xushnudhgi otaning duosidan ortiqroq natija beradi. «Ota-onasining xizmatini qilgan va ularning ko'rsatgan mehr-u shafqatlari haqini ado etgan mo'min-musulmonlar jannatga kirarlar». Ig'vo - oraga nizo, nifoq solishga, ittifoqni buzishga, buzg'unchilikka qaratilgan xatti-harakat, yolg'on-yashiq, uydirma, bo'hton va shu kabilardir. G'iybat deb bir kishi-ning kamchilik va qusurini orqasidan so'ylamakka aytilur. Ig'vo, g'iybat soyasida ikki inson - musulmon orasiga dushmandlik tushadi, - deydi Abdulla Avloniy. Fitnalardan uzoq yurish. Fitna - g'arazli maqsadga erishish yo'lida birovni qoralash uchun yashirin til birik-tirish yo'li bilan biror shaxs yoki tashkilotga qarshi qilingan harakat. O'zaro muomalada oddiylik. Oddiylik - axloqiy barkamollikning bosh sharti. Oddiylik eng olijanob fazilat hamdir. Tabiatni sevish. Tabiatdan to'g'ri foydalana bilishni tar-biyalash ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo'lib, kishilarda tabiat oldida mas'uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Ekologik tarbiya kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish; ekologik o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilishni tarbiyalash; ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash; kishilarni tabiat «in'omlari»dan to'g'ri foydalanish rahida tarbiyalash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Aqli teranlik - aql mohiyati jihatidan yagona bo'lsa-da, odamlarning aqliy darajalari har xil. Barcha insonlar aqlga egahklari bilan bir xildirlar, lekin aqliy darajalari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Yer yuzida qancha odam bo'lsa, hammasi aqllilik darajalari jihatidan, millionlarning biricha bo'lsa-da, farqlanadi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hoi, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga oladilar. Ammo bu toifaga nisbatan «so'fiy» nomi ko'proq qo'llanilgan, holbuki botiniy kishilar, ya'ni so'fiylar uchun na dunyodan, na oxiratdan tama bo'lmasligi kerak. Mashhur so'fiy, o'zining chuqur botiniy dunyosiga ega bo'lgan ayol Robia al-Advi-ya (714-801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey, Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tamasida toat qiladigan bo'lsam, jannatingdan benasib et, agar do'zaxingdan qo'rqib ibodat qiladigan bo'lsam, meni do'zax o'tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo agar Sening ja-molingni deb tunlarni bedor o'tkazar ekanman, yolboraman, meni jamolingdan mahram etma!» So'fiylar fikricha, Tangri taologa quraq, ko'r-ko'rona mutelikning hojati yo'q. Xudo g'azabidan qo'rqibgina amri ma'rafni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shu-ning uchun so'fiylar Allohni jon-dildan sevish, uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko'ngilni nafs-u hirs g'uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g'oyasini keng targ'ib qildilar. Shaxs ma'naviyatining botiniy alomatlari qalb tozaligi, halollik, samimiylik, mehr-shafqat, hayo, oqko'ngillik, adolatparvarlik, iymon, diyonat, taqvo, or-nomus kabi axloqiy tushunchalarni qamrab oladi. Quyida ularning har biriga qisqacha to'xtab o'tamiz. Qalb tozaligi. Qalb yurak, dil ma'nolarini bildiradi. Kishining rahiy yoki ma'naviy dunyosi, ichki his- tuyg'ulari markazi ramzidir. Halollik. Vijdon bilan insof yuzasidan ish tutish, to'g'rilik, soflik, vafodorhk. Halollik har qanday martabani bezaydi. Halollik, to'g'rilik - katta baxt. O'z halolligini namoyish etish ko'proq xushxulq odamga yarashadi. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida aytilganidek: «Muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuk muta-fakkir ajdodlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat, kamtarlikka chaqiradi, lekin, shu bilan birga, hayotda bu kabi da'vatlarga amal qilishga intiladigan odam ko'pincha turli qiyinchiliklar, hatto azob-u uqubatlarga duch kelishini kuzatish qiyin emas». Harom, haromxo'rlik kabi illatlarga misollar juda ko'pdir. Samimiylik. Sidqidillik, chin qalbdan, yurakdan, dildan chiqqan. Samimiylik haqiqatning joni va halol odamning peshonasiga yozilgan belgisidir (D. Didro). Samimiylik-og'ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etadi (V. V. Veresayev). Samimiylik sofdillikdir. Bu fazilat kamdan-kam odamda bor. Mehr-shafqat. Mehr insonning o'z tug'ishganlariga, yaqin kishilarga va umuman odamga bo'lgan samimiy muhabbati, shafqati, rahmdilligi; shafqat - biror kimsaga achinish, ayash, rahmdillik, mehribonlik kabi ma'nolarni bildiradi. Mehr-muruvvatli, shafqatli ma'nolaridan tashqari, ba'zan egizak, qo'shaloq holda ishlatilib, yetim-yesirlarga, nogironlar, qarovsiz qolgan qariyalar, g'ariblarga, muhtoj-larga nisbatan moddiy va ma'naviy yordam berishdir. «Hadis namunalari»da bitilgan shunday so'zlarga e'tibor bering: Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo'lib hol-ahvol so'rashib turish bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzilib ketishlik esa jazosi tez bilinadigan yomon ishlardandir. Ba'zida mehr-muruwat (odamgarchilik) kishining o'zi, urag'-aymog'i, yaqinlari, shogirdlari, do'stlari va hatto bego-nalar ahvohga achinish, yordam ko'rsatish kabi ma'nolarda ishlatiladi. Mardlik (futuwat) esa undan ham ustun bo'lib, o'zidan tashqari, ya'ni jamoa, el orasida o'zining odamgar-chihgi bilan tanilgan kishilarga nisbatan aytiladi. Muruwath, mard kishi barcha ishni o'z manfaati nuq-tayi nazaridan emas, balki adolat yuzasidan hal qiladi. Mardlik. Mardlik (futuwat) undan ham ustun bo'lib, o'zidan tashqari, ya'ni jamoa, el orasida o'zining odam-garchiligi bilan tanilgan kishilarga nisbatan aytiladi. Shu sababli Islom Karimov: «... mehr-oqibat, muravvat, or-nomus, sharm-hayo kabi fazilatlar xalqimizni ko'p jihatdan ajratib turadi», deb alohida ta'kidlaydi. Muruvvatli, mard rishi o'ziniki ekanligiga hech kim shubha qilmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. Barcha ishni o'z manfaati nuqtayi nazaridan emas, balki adolat yuzasidan hal qiladi. Hayo - uyatchanlik. «Bir ketgan uyat qaytib kelmay-di», «Dilda dog' ko'tarib yurgandan ko'ra betning qizarga-ni afzal», deydi xalqimiz. Lekin tilimizda hayosiz deyilganda uyatsiz ish qilganda xijolat chekmaydigan, adabsiz kimsa tushuniladi. Oqko'ngillik - oqko'ngil odam ko'ngli toza, aldamchi-lik, mug'ombirlikni bilmaydigan insondir. «Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o'ylash xatodir» (A. Shopengauer). Adolatparvarlik - adolat (arabcha - odillik, to'g'rilik) -ma'naviy barkamollikka erishishning asosiy fazilatlaridan biri bo'lib, axloq va huquqning me'yoriy kategoriyasidir. Bu kategoriyada mavjud muayyan voqelik inson mohiyati va huquqiga mos yoki mos emas (adolatsizlik), deb talqin qilinadi. Abdulla Avloniy adolatga shunday ta'rif beradi: «Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur. Adolatli va marhamatli kishilar o'ziga loyiq ko'r-magan bir ishni o'zgalarga ravo ko'rmas. Kishi adolat va insoniyat vazifasini yolg'uz o'zi buzuq ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas, balki o'zi ila barobar jinsdoshlarini xato va fanoliklardan tuzatmak va yaxshi yo'lga sa'y qilmak ila ado qila bilur. Adolatni rioya qilgan kishilar hech bir kishiga jabr-zulmni xohlamas va jonli narsalarga bekorga ozor bermas. Aql va shariatga muvofiq ravishda harakat qilur. Jabr-u zulm ila boshqalarning diliga ozor bergan kishilarning yoqalari jazo qo'lidan qutula olmas. Zero, janobi haqning adolati zohmlarning jazo va sazosini bermakda». Shuni ham ta'kidlash joizki, ma'rifatli jamiyat ma'rifatli shaxslardan tarkib topadi. Bunday jamiyat shukuhli va fayzli bo'ladi. Odam bolasiga nomunosib turli illatlar, yuzaga kelgan rahiy aziyatlar barham topadi. Xalqimizning rahiga jarohat yetkazgan totalitar tuzum g'ayriaxloqiy siyosatining asoratini keskin tugatish musta-qillikning ilk kunlaridanoq hayotiy zarariyatga aylandi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov: «Biz shun-chaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatga intilish -xalqimiz ma'naviy-rahiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Ado-latparvarlik g'oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko'maklashuv mexanizmida o'z aksini topishi kerak», deya ta'kidlagan edi. Iymon - arabcha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi ishonch-dir. Shariatda esa janob Payg'ambarimiz Muhammad alay-hissalomga Alloh taolo tarafidan yuborilgan barcha xabar-larga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, ya'ni Qur'oni karim va hadisi shariflar orqali Alloh to'g'risida, jannat va do'zax, qiyomat kabi g'oyibiy narsalar haqida berilgan xabarlar ishonch - iymondir. Iymon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Jumladan, zardushtiylik iymoni 3 tayanchga: 1) niyat - fikrning sofli-giga; 2) so'zning sobitligiga; 3) amallarning insoniyligiga suyanadi. Iymonli kishi o'g'rilik va talonchilikdan, o'zga-larning mol-mulkiga ko'z olaytirishdan, birovning haqiga xiyonat qilishdan, o'zligiga, ya'ni iymonga xilof, zid ish qihshdan o'zini tiya biladigan komil insondir. Hozirgi paytda iymonli odamni qisqacha shunday tavsif-lash mumkin: e'tiqodli, o'zining aniq maslagiga ega, taqvo-dor, hamiyath, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishah, insofli va shu kabi fazilatlar sohibidir. Diyonat - (arabcha - ishonmoq) halollik, sofdillik, nomus, vijdon kabi ma'nolarni ifodalaydigan axloq katego-riyasi. Diyonat - vijdonlilik, insof ma'nolarini bildiradi. Islom dinida yuqoridagi ma'nolardan tashqari, taqvodor, xudojo'y, dinning barcha aqidalarini bekam-u ko'st bajara-digan mo'minlarga nisbatan ham qo'llaniladi. Diyonat, shuningdek, diniy qomm-qoidalarga qattiq rioya etish, dindorlik, taqvodorlik ma'nolarini ham bildiradi. Rahm-shafqatlilik - biror kishiga yoki jonivorga ko'rsatilgan mehribonchilik va marhamatdir. Kimki boshqalarga rahm-shafqat qilmasa, uning o'ziga ham hech kirn rahm-u shafqat qilmaydi. Halollik haqida bitilgan hikmatlarning birida shunday deyiladi: «Kimda-kim halol yo'l bilan badavlatlikka intilsa, u o'zi uchun ham, jamiyat uchun ham foydali odamdir». Taqvo - iymonning bosh mezonlaridan biri bo'lib, u noto'g'ri ishga qo'l urishda Allohdan qo'rqish, yomon ishlardan saqlanishdir. Taqvo - mustahkam diniy e'tiqod, xudojo'ylik, dindorlik; harom-harishdan o'zini saqlash, tiyish kabi ma'nolarni ham bildiradi. Allohdan qo'rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo'l urmaydi, oxiratda javob berishini o'ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to'g'ri bo'ladi, poraxo'rlik qilmaydi, qasamxo'r bo'lmaydi, birovni aldamaydi, yolg'on gapirmaydi, kishi-larga, Vatanga xiyonat qilmaydi va hokazo. Or-nomus - iymonh bo'lishning belgilaridan biri sanala-di. Or qilish o'ziga nomunosib yoki ep ko'rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish tuyg'usi, uyat, nomus; obro', faxr ma'nolarini bildiradi. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi. Oriyat esa, or-nomusdan tashqari, izzat-nafs, qadr tuyg'usidir. Odatda, oriyatli odamlar o'zlari va oilalarining, tug'ishganlarining izzat-nafsi, qadri, hurmatini yuksak tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi, hurmatsizlanishiga befarq qarab turmaydi. Nomus - kishining o'z obro'sini ulug'lash va ardoqlash his-tuyg'usi, oriyat, diyonat, vijdon; xijolat tortish his-tuyg'usi, uyat-andisha, sharm, hayo, or; qiz pokligi, iffat, qizlik kabi ma'nolarda ishlatiladi. Nomus - bu iffat, bokirahk ma'nolaridan tashqari, kishining oila va ajdodlari sha'niga dog' tushurmaslik ma'nolarini ham ifoda etadi. Tariximizga bir nazar solsak, ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli, oriyatli bo'lib kelgan. Shu boisdan ham o'z yurti, tuprog'i, onalari, farzandlarining bosqinchilar tomonidan toptalishiga yo'l qo'ymagan, buni o'zlariga or deb bilgan. Or-nomuslilik mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg'ularini sezish mumkin. Abdulxoliq G'ijduvoniy insonning o'z ichki dunyosini tozalashi bilan bog'liq psixologik jarayonni 3 bosqichga bo'ladi: Inson ichki dunyosidagi barcha noma'qul xatti-harakatlarni chuqur anglash. Shu noma'qul harakatlardan xoli bo'lish. 3. Ularni bundan keyin qilmaslikni maqsad etish. Inson hayotda to'g'ri va noto'g'ri harakat qilganini, av- valo, oilada, keyin jamiyatdan va buyuk madaniy-ma'rifiy merosimizdan anglab boradi. Insonning rahi ilohiydir va demak, asosiy maqsad ilohiy olamga borib qo'shilishdir. Buyuk Navoiy ham tuyuq, fard, raboiy va hikoyatlarida kishilardagi insonparvarlik va mehnatsevarlikni ulug'lagan. Shu o'rinda bir hikoyatga murojaat etsak. Unda aytilishicha, Navoiy har kuni bir aravakash yigit xalqning og'irini yengil qilib, loyga botib qolgan aravalarni tortib chiqarishga yor-dam berayotganini ko'rib, unga hurmat bilan salom berib o'tar edi. Yigit shoirning e'tiboridan hayron bo'lib, shu e'tiborga loyiq bo'lish uchun taqvoga beriladi. Ertasi kuni tasbeh o'girib o'tirgan yigit shoirga salom beradi. Navoiy esa, hattoki, yigitning salomiga alik ham olmaydi. Ertasiga ham shu holat takrorlanadi. Shunda u Navoiyning yoniga borib, buning sababini so'raganida, Navoiy shunday deb javob beradi: «Sen ilgarilari kishilarning og'irini yengil qilar-ding, hozirgi holatingda esa xalqqa hech qanday nafing tegmaydi. Ular bergan bir-ikki chaqa pul bilan kun o'tkazasan». Navoiy hurmatining boisini tushungan yigit yana o'z hunarini davom ettiradi. Bu hikoyatda Navoiy insonparvarlik g'oyasini ilgari surgan. Demak, insonparvarlik, vatanparvarlik, tinchlik-sevarhk shaxs ma'naviyatining botiniy belgilaridan ekan. Yangi axloqiy qarashlar insonparvarlik va vatanparvarlik a'moli tevaragida shakllanishi lozim. Bejiz emaski, mam-lakatimizda insonparvarlik umuminsoniy qadriyatlardan biri, vatanparvarlik esa mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlaridan biri sanaladi. Xalqning ongi tubida milliy g'ururi, milliy qadr-qimma-ti bilan bog'liq Vatan tuyg'usi doimo yashirin, mudroq holatda bo'ladi va tashqi xavf tug'ilganda yuzaga chiqib, xalqni Vatan himoyasiga safarbar etadi. Ushbu xislatlarning barchasi, ta'kidlab o'tganimizdek, botiniy alomatlardandir. Shunga erishish kerakki, har bir fuqaro: San'atning obrazli tasvir vositalari mazmunini anglay bilsin, ma'naviy tahdidlarni tushunib yetsin. G'oyasi haqida mustaqil fikrga ega bo'lsin va uni bayon qila olsin, ulardan o'z faoliyatida foydalansin. Asarlardan zavqlana bilsin, ulardan ibrat va ruhiy quvvat olsin va boshqalarga tashviqot qilsin. Mamlakatda ro'y berayotgan o'zgarishlarni chuqur idrok qilish, ularda faol qatnashsin. Bularning barchasi shaxs ma'naviyatining ichki va tashqi alomatlarini shakllantiradi. Inson hayoti va faoliyatida, dunyoqarashida muayyan o'zgarishlar yasaydi. Umuman, ma'naviyat yuqoridagi insoniy fazilatlarning shaxs kamolotidagi o'rnidir. Ma'naviyatning ichki va tashqi alomatlarini shakllantirish turli omillarga: ta'lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy muhit va diniy e'tiqod kabilarga bog'liq. Bu esa ma'naviy barkamol in-sonni tarbiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini ko'rsatadi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, shaxs ma'naviyatining tashqi va ichki alomatlari, ularning qay darajada mu- kammalligi jamiyatga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Uni doimo boyitib, yaxshi tomonga yo'llab borish har bir fuqaroning burchidir. Prezident LA. Karimov ta'kidlaganidek: «Chi-nakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgan yoki ega bo'lishga intilgan odam demokratiya ne'matlarining oddiy iste'molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi mumkin bo'ladi. Shundagina inson o'z mamlakatining torn ma'nodagi munosib fuqarosi bo'la oladi» Download 47.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling