Insonga hayot bir marta beriladi!


Download 10.95 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi10.95 Kb.
#190326
Bog'liq
Axmedova Gulsanam.Xotira- muqaddas.302-guruh


Xotira – muqaddas!

Insonga hayot bir marta beriladi!”



Hayotimda bu so`zlarga har safar duch kelganimda,umrimdan oladigan xulosam turlicha bo`lardi. Negadur,so`nggi vaqtlar har bir uchratadigan insonim,har bir shohid bo`ladigan voqea,har bir tinglaydigan so`zim- bularni hech biri bejizga aynan shu zamonda,aynan shu holatda,aynan shu ko`rinishda va aynan menga yo`liqmasligini anglab borayapman. Barisi shunchaki emas,shunchaki tasodifmas:boshimizdan kechayotgan barcha voqelik aynan biz uchun shu vaqtda bitilgan. ”BUYUK YOZUVCHI”tomonidan!...Bir marta beriladigan bu hayotimizda bizga qoladigani bu- har birimizda xuddiki nondek aziz,pok va muqaddas xotiralar bo`lar ekan. Biz hech birimiz bilmas ekanmiz,qay birimiz uchun shu bugun so`nngi kun ekanligini…Biz dard-u hasratlarimizda,baxtli damimzda suyanuvchi tog`larimiz bir kun nurab,yo`q bo`lishga mahkum ekanligini ong-la anglargina ekanmiz-ku;g`animatlarimizni fursat borida tezroq- shu bugun hozir qadrini ko`proq bilishlikni bilmaymiz ekan… Qalbimizda shunday yaralar qolarkan-ki,ular oradan yuz yil o`tsa-da xuddi hozir ozorlangandek achishib,yonib turarkan. Endi anglab boryapman-ki…bularga armon deyilsa kerak,balki…Bizga qoladigani jonimizdan qadrli,har birimizga eeng shirin xotiralar bo`larkan. Ovuntiruvchi,tasalli beruvchi,qalbimiz osmonini yorituvchi,ko`zga yosh keltirib,sog`inchga ko`mib qo`yuvchi xotirasi bor aziz insonlarimizga duoyi sanolar bo`lsin! Meni yaralishimga sababchi bo`lgan, shu yoshimgacha shu natijam va hayotimga umrini baxsh etgan, bu dunyoda eng yaxshi otalik qanday bo`lsa,undan ortiq darajada go`zal otalik qilgan,hayotimni go`zallashtirgan xotiralar qoldirgan,bir chin inson bo`lib,xotira qoldirgan otam,Ibroximjon Axmadqul so`fi o`g`lini Alloh rahmatiga olsin!...

Sizdan qolgan porloq va muqaddas xotiralar haqqi-hurmati,Dadajon,men sizdek otaning farzandi ekanligimdan faxrlanaman…Sizni yaxshi ko`raman!...
Download 10.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling