Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o’lka. Ibtidoiy jamiyat, uning davrlari. - Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borishi bilan bog’liq kechgan.
- bundan 3-2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-300 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Shel1 va taxminan 300-100 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Ashel2 davri bo’lganligini ham ta’kidlaydilar.
- O’rta paleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir. Arxeologiyada bu davr Muste3 madaniyati ham deb yuritiladi.
So’nggi paleolit - bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar ilgarigi davrdir. Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit /yunoncha «mezos» - o’rta, «litos» - tosh degan ma’noni bildiradi/ - o’rta tosh davri deyiladi va u miloddan avvalgi 12 minginchi yillardan 7 minginchi yillargacha davom etadi. Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o’zlashtirish, iste’mol qilish xo’jaligi deb ham ataladi. Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni amal qila boshlaydi.
Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari. - Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiygeografik
- jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, xayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o’zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez yog’ingarchilik bo’ladigan bo’lib qoladi. O’lkamizda cho’l va voha landshaftlari shakllanib, o’simliklar va hayvonlar dunyosi o’zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashadi.
- O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari.
- Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi.
- Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan tayoq.
- Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil.
So’nggi poleolit mehnat qurollari - arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari
- suyak va yog’ochdan yasalgan tishli qarmoqgarpunlar
- ignalar, nayza uchlari
- So’nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o’zgarish ibtidoiy to’da o’rnida urug’ jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo’ldi.
Mezolit va Neolit davri manzilgohlari. - Ulug’ muzlikning erishi, erning isiy boshlashi, ko’plab daryo va ko’llarning hosil bo’lishi, yaylovlar, to’qay va o’rmonlarning vujudga kelishi, yangi o’simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o’lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham ko’rsatadi.
- O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar).
- tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilganirg’ituvchi nayza qurollari.
- O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar.
Neolit davri mehnat qurollari - Tosh bolta, pona, iskana
- Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi
- Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq
- Toshdan yasalgan don yorg’uchoq
- Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar
- Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan.
- Yog’och g’o’lalarni bir-biriga bog’lab yasalgan suvda suzuvchi sol, qayiqlar.
- Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko’plab arxeologik yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |