INSTAGRAM - Instagram ikkita asoschiga ega - Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan, 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.
INSTAGRAM - Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, “instant camera” (“tezkor kamera”) va “telegram” soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini “Instagram”ga oʻzgartirishdi.
- Qiziqarli ma’lumotlar:
- - Instagramda bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi;
- - Foydalanuvchilarning 50,3 foiz -ayollar; 49,7 foiz -erkaklar;
- - Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq;
- - Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;
- - Instagram'dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi;
TELEGRAM - Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin
TELEGRAM - Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.
YOU TUBE - YouTube, LLC — videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.
YOU TUBE - 2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.
IMO - Ilovaning interfeysi oddiy, ammo u kerakli funktsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi: fayllarni almashish, test yoki ovozli xabarlar bilan yozishmalar, muntazam qo'ng'iroqlar yoki video.
Do'stlaringiz bilan baham: |