Internet tarmog’ining hozirgi kundagi ahamiyati Reja


Download 1.48 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1589759
  1   2   3   4
Bog'liq
Internet tarmog’ining hozirgi kundagi ahamiyati


Internet tarmog’ining hozirgi kundagi ahamiyati




Reja:
Kirish

  1. Internet tushuncha

  2. Internet tarmog’ini yaratilish tarixi va rivojlanish bosqichlari

  3. Internet tarmog’i resurslari

  4. Internetni bugungi kundagi ahamiyati

Xulosa
Foydalanilgan adaniyotlar




Kirish
Bugun kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o’ringa ega, kompyuter savodxonligi ko’rsatkichi esa ko’p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beradigan omilga aylanib bormoqda. Endilikda kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o’tgan asrning 90-yillari o’rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg’ulotlari musiqa tinglash va teleko’rsatuvlar ko’rish bo’lgan bo’lsa, hozirgi paytda esa kompyuter va Internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Zamonamiz yoshlarining 70 foizi o’z qiziqish va sevimli mashg’ulotlari haqida so’z yuritganda sport, do’stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, Internetga bo’lgan qiziqishini birinchi o’rinda tilga oladi. NielsenG’Net Ratings kompaniyasi o’tkazgan so’nggi ilmiy tekshiruv natijalariga ko’ra, butun dunyo tarmog’iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2007 yili Evropada yosh avlod vakillarining uchdan bir qismi onlayn tizimidan foydalangani kuzatilgan. 2008 yili dunyo axborot tarmog’idan 10 million bola foydalangan bo’lsa, hozirda ularning soni allaqachon 13 milliondan oshib ketdi. Bu ko’rsatkich kundan-kunga ko’paymoqda. O’z hayot mazmunini bunday onlayn tizimida ko’rayotgan yoshlarning katta qismi - 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to’g’ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan ma’lumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali muloqotda bo’lishadi. Germaniyada hozircha 3 million va Frantsiyada esa 1,5 million bola vaqtini asosan onlayn tizimida o’tkazadi. Bir yildan so’ng bu ko’rsatkich ikki barobarga oshishi kutilmokda. Yosh avlodning kompyuter savodxonligi baland, bugun hatto olti yashar bolalar ham blutus (bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaxshi biladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling