Internet va activity-lar (faollik). Android-ilova komponetlari
Download 123,39 Kb.
|
Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetning dasturiy taminoti
- Klient-server arxitekturasi
- Internet manzillari va domenlari
INTERNET VA ACTIVITY-LAR (FAOLLIK). ANDROID-ILOVA KOMPONETLARI Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- Telnet-uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya'ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o'ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)-abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o'zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o'qish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o'zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo'lib qolmoqda. - Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema ma'lum bir mavzu bo'yicha guruhlarga bo'lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o'zini qiziqtirgan mavzuni ko'rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o'zinikini yaratishi mumkin. - Yangi xujatlar guruhining barcha a'zolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin. - Elektron pochta (E-mail) - eng ko'p tarqalgan internet xizmati bo'lib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan o'zaro muloqotda bo'lib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar adresatga bir necha minut davomida yetib boradi. - Bunda masofa xech qanday rol o'ynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin yetib borishi mumkin. - Whais-internetning adres kitobi. Uning yordami bilan abonet o'zoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin. - Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, internet ba'zi bir o'ziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin, masalan: - Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo'natish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:
-HTML hujjatlarning gip ermatn belgilash tili. -URL(Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli. -HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP-Hyper Text Transfer Protocol). -SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi. Bu vositalar kitobning navbatdagi bo'limlarida ko'rib chiqiladi. Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion o'zgarishlar bo'ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo'ladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o 'qitishni tashkil etish, odamlar o'rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar. Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o'zlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qo'shimchadek qaraydilar. Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo'ladigan talab va talabgorlar sonining to ' xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo'lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo 'yilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi bo'lib boramiz.
Internet axborotni etkazib berishda klient-server (client-server yoki mijoz- xodim) modeli asosida ishlaydi. Bu model' yana mehmon-mezbon (guest-host) deb ham ataladi. Klient-server modelida klient komp'yuteri axborot saqlanadigan server komp'yuteriga ulanadi, klient axborotni olish uchun server unga xizmat ko'rsatishini kutadi. Buning uchun klient serverga unga xizmat ko'rsatishlari haqida talab jo'natadi. Bu xizmatlar axborotni qidirib topish va uni jo'natish bo'lishi mumkin. Bu narsa tarmoqda ma'lumotlar ombori bilan ishlashga o'xshab ketadi. elektron pochta xabarlarini etkazib berish, kirib kelgan va jo'natilgan xabarlarni saqlash xizmatlarning boshqa turlariga misol bo'la oladi. Har gal internetga kirganingizda siz server komp'yuterlariga ulanasiz va uning resurslaridan foydalanasiz. Odatda, klient sifatida mahalliy tarmoqqa ulangan komp'yuterlar va ularning dasturiy ta'minotidan foydalaniladi. Server komp'yuterlar, ko'pincha, ancha kuchli komp'yuterlar bo'lib, ularda ma'lumotlar va xizmat ko'rsatuvchi dasturlarjoylashgan bo'ladi. Klient-server modeli yordamida juda ko'p ishlarni qilish mumkin va shu sababli ishlab chiqaruvchilar bu modelni qo'llab- quvvatlovchi bir qator operatsion tizimlarni ishlab chiqarganlar. Serverga ulanish turli usullarda bo'lishi mumkin. Bitta serverga ko'plab klient komp'yuterlari bir vaqtda ulana oladilar. Bu klientlarning komp'yuterlari turli rusumda bo'lishi mumkinligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Butun olam axborot to'ri - WWWda brauzerlar (veb sahifalarni ko'rish darchasi) klient dasturi, qaerdadir Internet tarmog'ida veb sahifalar saqlanadigan komp'yuter esa server bo' ladi.Brauzer kerakli veb sahifani yuklash haqida serverga talab yuboradi, server bu talabni ko'rib chiqib, so'ralayotgan sahifani klientga jo'natadi. Klient va server o'rtasidagi aloqa faqat ma'lumotlarni almashish paytida vujudga keladi. Veb sahifa klient komp ' yuteriga kelib tushgach, ular orasida http (Hypertext Transfer Protocol -gipermatnni uzatish protokoli WWW da keng ishlatiladi) bog'lanish ham uziladi. http bog'lanish uzilsa ham, internetga, to'g'rirog'i, internet servis provayderga TCP/IP bog'lanish davom etadi. Butun olam to'rida klient-server modelining ko'plab funktsiyalari umumiy shlyuz interfeysi (Common Gateway Interface yoki qisqacha CGI) orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiya bilan keyinroq bir qadar batafsil tanishib chiqamiz.
serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Veb serverlarning dasturiy ta'minoti talab qilingan veb sahifani ajratib oladi va mijoz komp ' yuteriga jo'natadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o'ng tomonda ko'rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O'zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. SHunga o'xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o'z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo'lib, ular o'zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education - ta'lim muassasalari), .gov (government - davlat organlari), .mil (military - harbiy tashkilotlar), .net (networks companies - tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization - boshqa tashkilotlar). Domenlar, ya'ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday joylashuvda katta domenlar kichiklarini o'z ichiga oladi va ularning nomlari bir- biridan orqali ajratib ko'rsatiladi. Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o'z navbatida bir necha domenlarga bo'lingan, masalan uning informatia va axborot texnologiyalariga bag'ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu domenga www.ivat.zn.uz deb mur oj aat qilinadi. Bu domen ham o'z navbatida turli domenlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Misol uchun, bu domenda joylashgan informatika o' qituvchisi Ali Valievning veb saytiga kirish uchun bu sayt nomi www.ali_valiyev.ivat.zn.uz dan foydalaniladi. Bu jarayon yana davom etishi mumkin. DNS serverlari deb ataluvchi komp'yuterlar domenlar va ular nomlarida bo'layotgan o' zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo'lgan yangi domenlarning nomlarini o'z ro'yxatlariga kiritib qo'yadilar. Bundan tashqari, bu serverlar domen nomlarini IP manzillarga o'tkazish uchun ham xizmat qiladilar. Sizning komp'yuteringiz internetga ulanganda boshqa komp'yuterlarga ulana olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil bo'lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o'zgarmaydi va statik manzilga ega foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo'ladilar. Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va statik manzillar hammaga etmaydi. SHu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashning bir seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo'lishi mumkin.
Sonlar yordamida yozilgan manzillar komp'yuter va dasturlar uchun juda qulay bo'lsa-da, odamlarning bunday manzillarni eslab qolishi qiyin. SHu sababli internetda domen (soha) nomlaridan keng foydalaniladi. Domen nomlari so'zlar, harflar va raqamlardan tashkil topadi va ularni eslab qolish ancha oson. Domen nomlariga misol sifatida: gov.uz; mail.ru; microsoft.com; larni keltirish mumkin. Download 123,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling