Introversiya


Download 21.97 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1484027
Bog'liq
темпераментлар таърифи1111


G’amgin, tashvishli, qo’rqoq, yuvosh, muloxaza yuritishga moyillik kelajakka ishonchi yo’q, umidsiz, og’ir, vazmin, bosiq, muloqotga kirisha olmaydi, indamas
M E L A N X O L I K
INTROVERSIYA

Sezgir, tinib-tinchimas, o’zgalarga xukm o’tkazuvchan, ta’sirchan, tashqi ta’sirga beriluvchan, o’zgaruvchan, umid ishonchli xarakatchan
X O L E R I K
EKSTROVERSIYA

Passiv-sust, extiyotkor, muloxaza yurituvchan, aqlli, o’ylab ish qiladi, tinchlikni sevadi, boshqaruvchan, ishonuvchan, nazorat kiluvchan vazmin bir tekisda xarakat q
iladi, xotirjam
F L E G M A T I K

Muloqotga kirishuvchan, sergap, raxmdil, kungilchan dadil xarakat kiluvchan, xushchaqchaq, lekin ko’pchilikni yoqtirmaydi, xamma joyda sardor bulishga uzini kursatishga xarakat qiladi.
S A N G V I N I K

😃SANGVINIK:


➕Ijobiy xislatlari: xushchaqchaq, hozirjavob, sezgir, muloqotchan va rahmdil.
➖Salbiy xislatlari: manmanlik, gerdayganlik, engiltaklik, yuzakilik, ishonchsizlik.

😐FLEGMATIK:


➕Ijobiy xislatlari: turg‘un, barqaror, chidamli, o‘zini dadil tutadigan va ishonchli.
➖Salbiy xislatlari: Sustkash, imillaydigan, befarq, kungli qattiq, «terisi qalin».

😖XOLERIK:


➕Ijobiy xislatlari: g‘ayratli, qiziquvchan, ehtirosli, maqsadga intiluvchan, harakatchan, faol va ishqivoz.
➖Salbiy xislatlari: tez jahli chiqadi, agressiv, o‘zini tuta olmaydigan, urushqoq.

😔MELANXOLIK:


➕Ijobiy xislatlari: ta’sirchan, nozik tabiatli, tez xafa bo‘luvchi va insonlarga doimo hamdardlik bildiruvchi shaxs.
➖Salbiy xislatlari: sust ish qobiliyati, gumonsiraydigan, tortinchoq, odamovi

Sangviniklar – sho‘x va quvnoq odamlar


Sangviniklar sho‘x, quvnoq, tirishqoq va ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari etarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, quvnoq va gapdon odamlardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekin muntazam ravishda doimiy mehnat qilishga ancha qiynaladilar. SHu bilan birga ular tirishqoq va faol bo‘lishadi, boshqa kishilar bilan osongina til topishadi.
Flegmatiklar – vazmin odamlar
Flegmatiklar vazmin kishilardir. Ular uchun shoshmaslik va bosiqlik o‘ta xos. Bunday odamlar murakkab hayotiy vaziyatlarda kam harakatchan bo‘lishsa-da, qo‘yilgan maqsadga erishishda ancha dadil bo‘lishadi. Bilimni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, puxta egallashadi. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatik sekin va uzoq yonadigan alangaga o‘xshaydi. Biror narsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar vaqtni boy berib qo‘yadilar. Bunday paytlarda sangvinikning ustunligi sezilib turadi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatik ustun keladi.
Xoleriklar – jizzaki odamlar
Xoleriklar kuchli, chaqqon, jizzaki va harakatchan odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlik. Xoleriklar juda faol va ishchan bo‘lishadi. Biroq ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. SHuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishadi.
Melanxoliklar – jur’atsiz va ruhan zaif odamlar
Melanxoliklar g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga etarlicha jur’at etmaslik, o‘z fikr va istaklarini qondira olmaslik ular uchun juda xos. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson engishadi, xoleriklar esa ularni xatto yo‘q qilib yuboradilar. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealardan ular zavqlana olmaydi, noxush voqealar esa ularni tushkunlikka tushirib qo‘yadi. Melanxoliklarning tashqi ko‘rinishi doimo tushkunlik va g‘amgin odamni eslatadi. Ular depressiyaga moyil bo‘lishadi.
Ikkita temperament vakillari – sangvinik va flegmatiklar turmush qiyinchiliklariga juda turg‘un moslasha oladilar. Sangvinik va xoleriklar temperamentning ko‘p tarqalgan tipiga kirishadi.

TEMPERAMENT VA FE’L-ATVOR


Har bir odamni boshqa odamdan ajratib turadigan shaxsiy individualligi, o‘ziga xosligi mavjud bulib, u vaqt o‘tgan sayin o‘zgarib borishi ham mumkin. Masalan, fe’l-atvor. Fe’l-atvor — bu insonning odatlari, tevarak-atrofga, hayotga, odamlarga munosabatini ko‘rsatuvchi psixologik xususiyatlar yig‘indisidir. Insonning xarakteri va aqli haqida uning tanlagan do‘stlari va o‘qiydigan kitoblaridan bilib olish mumkin. Lekin shaxsiy xususiyatlarning yana bir ko‘rinishi ham borki, ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bunga temperamentni (ayrim manbalarda psixologik tip) misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.


Temperament—har bir odamning o‘ziga xos asab tizimiga bog‘liq bo‘lib, bu odamlarning harakat tezligi, yurishi, ovoz tempi va balandligida ko‘rinadi. Bundan bir necha asrlar avval qadimgi Gretsiyada yashagan buyuk tabib Gippokrat odamlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin, deya o‘z ilmiy nazariyalarini yozib qoldirgan. Keyinchalik bu guruhlar quyidagicha nomlandi.
1. Melanxoliklar — asab tizimlari zaif, tezda ranjiydigan, ta’sirchan, yangi sharoitga sekin ko‘nikadigan, bir qarorga kelishlari o‘ta mushkul bo‘lgan xarakter egalaridir. Ko‘pincha ularning ovozlari past chiqadi. Hayotda arzimas muvaffaqiyatsizlikka uchrasalar ham tez tushkunlikka tushadilar. SHuning uchun bunday paytda ularni qo‘llab-quvvatlash kerak.
Melanxoliklar maqsad sari intilsalarda, bu yulda uchraydigan to‘siqlarni engishga irodalari etmasligini, asablari dosh bermasligini bilsalar, maqsadlaridan osonlikcha voz kechishlari mumkin. Kundalik hayotda melanxoliklar har narsaga e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishadi. Tavakkal qilishni yoqtirishmaydi. Ular shuning uchun ham kamdan-kam hollarda xavf-xatarga uchraydilar.
Melanxoliklar go‘zallikka intiluvchan, iste’dodli, ijodkor guruh vakillaridir. Kupgina buyuk yozuvchilar, shoirlar, musiqachilarning temperamenti aynan mana shu guruhga mansub bo‘lgan.
2. Xoleriklar — melanxoliklarga batamom qarama-qarshi bulgan temperament vakillaridir. Ular juda faol hayot kechirishga urganganlar. Bir ishga qiziqib ketsalar, oxirigacha etkazmasdan qo‘ymaydilar. Ko‘pincha ularning harakatlari va so‘zlarida keskinlik, ba’zida esa qo‘pollikni ham ko‘rish mumkin: Ular kutishni yomon ko‘radilar. Xoleriklar olmasdan — olib qo‘yadigan, gapirmasdan — baqiradigan, yurmasdan — yuguradiganlar toifasiga kiradilar. Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi, shuning uchun ham ular bir ishni qilib qo‘yib, keyin fikr yuritadilar. Xoleriklarni vazmin, deyish noto‘gri bo‘ladi. Ular gohida xushchaqchaq va dilkash suhbatdosh, gohida esa serjaxd va asabiy holatda bo‘ladilar. Ana shunday paytda ularni umuman gap tushuntirib bo‘lmaydigan darajadagi odam qiyofasida ko‘rishingiz mumkin. Boshqa tarafdan esa, xoleriklar fanlarni, bilimlarni oson o‘zlashtiradilar. Ulardan yaxshi, qiziqarli fikrlar chiqadi, lekin bu fikrlarni hayotga tatbiq qilish uchun ularga sabr-toqat etishmaydi.
3. Sangviniklar — xoleriklarga o‘xshab mustahkam asab tizimiga egalar, lekin ularga nisbatan vazmin va bosiq temperament vakillaridirlar. Ular o‘z his-hayajonlarini (emotsiyalarini) jilovlashni ham, ortiqcha asabiylashmaslikni ham yaxshi o‘ddalaydilar. Sangviniklarni yangi sharoitga tez ko‘nikadigan, odamlar bilan darhol til topishib ketadigan, tavakkal qilishni yaxshi ko‘radigan insonlar deyish mumkin. Ularning nutqlari tez, ovozlari baland bo‘ladi va shu bilan birga ular mimika va imo-ishoralar bilan gapiradilar.
Sangviniklarning didlari hamda qiziqishlari tez-tez o‘zgarib turadi. Bir ish bilan doimiy shugullansalar, bu ishdan tez zerikadilar va uzlariga boshqa mashgulot topishga harakat qiladilar.
4. Flegmatiklar — xotirjam, ogir, bosiq va uncha-bunchaga pinaklarini ham buzmaydigan temperament egalaridir. Ular ko‘p gapirishdan kura ish bilan shu ullanishni afzal ko‘radilar. Ularning harakatlari sekin, nupumri ravon bo‘ladi. Har qanday muvaffaqiyatsizlik ularning asab tizimlariga zarracha ham ta’sir qilmaydi. Sangviniklar juda yomon sharoitlarda ham uzoq va tirishqoqlik bilan ishlashlari mumkin. YAngi sharoitlarga sekin ko‘nikadilar, shuning uchun o‘zgarishlarni yomon ko‘radilar. Bu kabi temperament egalarining yaxshi xususiyatlaridan biri — kuta olishlari yoki kuta bilishlarida namoyon bo‘ladi
Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling