Bola temperamentining o’qish jarayoniga ta’siri.


Download 40 Kb.
Sana04.09.2020
Hajmi40 Kb.
#128591
Bog'liq
BOLA TEMPERAMENTI


BOLA TEMPERAMENTINING O’QISH JARAYONIGA TA’SIRI.

( Ustozlar bilib qo’ygani yaxshi)

Inson dunyoga kelganidan, to umrining oxirigacha doimiy faoliyatda bo’ladi, va bu faoliyatning zamiri uning nutqi, tafakkuri va albatta xarakter hislatlariga borib taqaladi. Ruhiy jihatdan o’rganilganda, har bir inson alohida “temperament” tipiga mansub hisoblanadi. Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug’ma xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan individual hislatlarini tushunamiz. Odatda biz bolalar bilan muloqotga kirishganimizda, o’zimizcha unlarning xarakterini “tez”, “betoqat”, “serg'ayrat”, “jo’shqin”, ba'zilarini esa “sustkash”, “lapashang” va hokazolar deb ataymiz. Aslida, bu xildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.



Bugun bola oilada, maktabda, tashqi muhitda nimani xohlaydi-yu va bunga javoban kattalar qanday munosabat bildirishi, bolaning keyingi faoliyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Yuqorida “Temperament” haqida bejizga so’z boshlamadik. Chunki har bir jarayonda, ayniqsa ta’lim jarayonida bolaning “temperamenti”ni bilgan holda munosabatda bo’lgan ma’qul. Aslida har bir bola o’qishni yaxshi ko’radi, lekin undagi o’zlashtirish jarayoni turlicha kechadi. Ana shunday paytda o’qituvchi quyidagilarni bilib qo’ygani yaxshi. Barcha temperamentlarni qadimdan to’rta tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik, 3) melanxolikva4) flegmatik temperamentga ajratishgan. Xolerik temperament — hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli bolalarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli bolalar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoaviy o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha faol qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’tadi.

Sangvinik temperament — hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli bolalarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Sangviniklardagi ruhiy jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu xil temperamentli bolalar ildam, chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli bolalar tevarak-atrofdagi voqealardan tez ta'sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar ularni uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko'p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadigan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur'atda bajarishga moyil bo’lmaydilar. Ularharqanday ishga qatnashish uchun doim tayyorlanib yuradilar. Ko’pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo’yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko’ngildan va'dalar berishlari, lekin, ko’pincha, va'dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu xil temperamentli bolalar o’yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o’yin davomida, o’z rollarini tez-tez o’zgartirib turishga moyil bo’ladilar. Ular darrov xafa bo’lishlari va yig’lashlari mumkin, lekin ular xafalikni tez unutadigan bo’ladilar. Ularning yig’isi kulgi bilan tez almashadi.

Melanxolik temperament - hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayflyatga moyil b ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli bolalar sustkash bo’ladilar. Ular ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo’ymaydi. Bunday temperamentli bolalar mo’min-qobil, yuvosh bo’ladilar, ko’pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish yengil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko’rsatadilar.

Flegmatik temperament - hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli bolalar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu xil temperamentli bolalarni xursand qilish, xafa qilish yoki azoblantirish ancha qiyin. Flegmatiklarning ruhiyati sust bo’ladi. Bu xil temperamentli bolalarda og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qafiyat bilan davom ettiradilar. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo’min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka aralashmaydigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli bolalar tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyati yo’lga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketishlari mumkin.

Har qaysi bola temperamentini batamom bir tip doirasigagina “sig’dirib” bo’lmaydi, albatta. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya'ni shu bolaning o’zigagina xosdir. Hurmatli ota – onalar, ustozlar, bola bilan munosabatga kirisharkansiz, ta’lim va tarbiya jarayonida ularni “Temperament”larini inobatga olishingizni tavfsiya etamiz.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling