Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari


Download 114.38 Kb.
bet1/7
Sana28.01.2023
Hajmi114.38 Kb.
#1135125
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari
So‘nggi yillarda yangi O‘zbekiston iqtisodiyotida tubdan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, bunday o‘zgarishlar investitsiyalar va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarda ham kuzatilmoqda. Xususan, chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2019-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi32. Qonun doirasida makro darajada investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning umumiy manbalari sifatida investitsiya resurslari va markazlash- tirilmagan investitsiyalarning manbalari keltirilgan. Jumladan, investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiritilgan:

  • pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;

  • ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar;

  • intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;

  • yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.

Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari quyidagilar- dan iborat:


32 Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 25 декабрдаги “Инвестициялар ва инвестиция фаолияти тўғрисида”ги ЎРҚ-598-сонли Қонуни.

  • investorning shaxsiy mablag‘lari;

  • O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan olingan bank kreditlari;

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari.

Mikro darajada investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manba- larini shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti, xo‘jalik yurituvchi subyekt- larning moliyaviy holatini inobatga olgan holda ularning investitsion salohiyatni shakllantirish manbalari tarkibini optimallashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni tahlil qilishni nazarda tutadi.
Bozor munosabatlari va muhitining doimiy o‘zgarib turishi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining moliyalashtirish manbalari tarkibi samaradorligi va sifatini monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya jarayonlarni moliyalashtirish tizimi investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari uyg‘unligida shakllanadi. Bozor munosabatlari sharoitida investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarning mavjudligi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faoliyatidagi asosiy muammo- lardan hisoblanadi.
Har qanday investitsiya jarayonlarini moliyalashtirish sharoitida bir tomondan loyihalarni amalga oshirish vaqtida investitsiyalar barqarorligini ta’minlash bo‘lsa, boshqa tomondan soliq va boshqa imtiyozlari, shuningdek, moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga xarajatlar va xatarlarni pasaytirishni ta’minlash lozim. Xususan bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyoz hamda preferensiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:

  • davlat mulki bo‘lgan obyektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;

  • soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;

  • investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.

Xususan, imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:

    • investitsiyalar hajmiga;

    • investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart- sharoitlariga;

    • kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;

    • investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatini moliyalash- tirish zarur miqdordagi mablag‘lar manbalarini aniqlash va jamg‘arish- dan boshlanadi. Jumladan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari turli xil bo‘lishi mumkin, masalan:


    1. Download 114.38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling