Investitsiyalar hisobi


Download 21.04 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi21.04 Kb.
#195224
  1   2
Bog'liq
invest


INVESTITSIYALAR HISOBI

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish

Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni 3ta bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash; uni tahlil qilish, boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.

Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish degan ma’noni anglatadi.

Investitsiyalar - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.

Investor — investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti.

Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.

Investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti.

Reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar.

Investitsiyalar tasniflanishi :

-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni hamda ular bo‘yicha olingan daromadlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlash;

-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

- investitsiyalarni hisobga olishda BHMS va BHXSlarni keng qo‘llash;

-uzoq muddatli investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;

-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq, to‘g‘ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qmsmini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash;

-uzoq va qisqa muddatli molmyaviy investmtsiyalardna kelib tushgan mablag‘lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji uchun ishlatishni ta’minlash.


Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling