Ipak qurti tanasida ipak bezining rivojlanishi


Download 1.18 Mb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#201859
  1   2   3
Bog'liq
Ipak qurti tanasida ipak bezining rivojlanishi


Ipak qurti tanasida ipak bezining rivojlanishi

Jinsiy hujayralar ipak qurtining embrional rivojlanish davridan boshlab somatik – tanachalardan differensiyalashadi. Lekin tuxum va Urug‘ning hosil bo‘lish jarayoni (ovogenez va spermatogenez) ipak qurtiing lichinkalik davrida jinsiy murtak bezlarining (tuxumdon va urug‘don) o‘sish va rivojlanish bilan chambarchas boqliq. Ipak qurtlari ayrim jinsli hashsharotlar guruhiga kirib qaysi jinsidan qat’i nazar, ularning jinsiy bezlari beshinchi qorin bo‘g‘imining elka (orqa) tomonida, elka qon tomirining ikki yonida joylashgan bo‘ladi. Qurtning shu bo‘g‘imida tashqi tomonida (elka) yarimoy shaklida dog‘i bor. Endigini tuxumdan chiqqan ipak qurtlarida jinsiy bezlarning kattaligi uzunasiga 0,07 eniga 0,04 mm bo‘lib, katta yoshida 1,0-0,7 sm gacha etadi.

Urg‘ochi ipak qurtining tuxumdoni noto‘g‘ri uchburchak shaklida, ragi suvsimon, bir tomoni elka qon tomiriga parallel joylashgan, qarama-qarshi tomonining uchidan tortqi chiqqan bo‘lib, qurtning yon chiziqi bo‘ylab joylashgan. Tortqi mezodermal hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik rivojlanish natijasida tuxum yo‘liga aylanadi. U jinsiy tortqi deb ataladi. Jinsiy tortqining ketingi tomni ettinchi qorin bilan bo‘g‘imining qorin tomoni chegarasigacha boradi. Bezning boshqa ikki burchagi qurt tanasining old va ketingi tomoniga qaratilgan bo‘lib, biriktiruvchi tortiqlar yordamida yog’ tanachalariga botib boradi. Tuxumdon murtagining qobiqi biriktiruvchi hujayralardan tashkil topgan, ichki tomoni uchta yarim to‘siq parda orqali to‘rtta kameraga bo‘lingan bo‘lib, jinsiy tortqi tutashgan joyida to‘siq pardalar bo‘lmaydi va ular umumiy kameraga birlashadi. Tuxumdonning kameralarida bolanqich birlamchi jinsiy va epitelial hujayralar bo‘ladi.

Urg‘ochi qurtning qorin tomonidagi sakkizinchi va to‘qqizinchi qorin bo‘g‘imlarida ikki juft «Ishivat diski» deb aytiluvchi o‘rtasi nuqtali doira shaklga ega bo‘lgan belgi bo‘lib, bular sakkizinchi bo‘g‘imda taxminan o‘rtada, to‘qqizinchisida esa old chegarada qorin oyog’larining asosiga yaqin joyda joylashgan bo‘ladi. Disklar beshinchi yoshning boshlarida va o‘rtalarida, ayniqsa yaxshi ko‘rinadi. Erkaklarda esa bunday belgilar bo‘lmaydi. Erkak ipak qurtlarining boshlanqich jinsiy bezlari – urug‘donlari xuddi urg‘ochi qurtlarning tuxumdoni singari qorin qismining beshinchi bo‘g‘imida birmuncha tuxumdonlarga nisbatan yirikroq sarqish rangli, buyraksimon shaklda joylashgan bo‘ladi. Urug‘donlarning jinsiy paylari ichki tomonidan bel naychasiga yaqin joydan chiqqan bo‘lib, har ikki urug‘donning paylari qorin qismining sakkizinchi bo‘g‘imidagi «Gerlodd» organi deb ataluvchi maxsus yo‘qonlashgan joyda bir-biri bilan qo‘shiladi. Har ikki Urug‘donning ichki bo‘shliqi to‘rt kameraga bo‘linadi. Bu kameralar jinsiy pay boshlanishida bir-biriga tushadi. Kameralar suyuq sekret bilan to‘lgan bo‘lib, undan dastlabki Urug‘ hujayralari spermiogoniyalar joylashgan (ipak qurtining jinsiy bezlarining rivojlanishi, tuxum, urug‘ning hosil bo‘lishi «Ipak qurti embriologiyasi» mavzusida berilgan).






Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling