Iqtisodiy geografiyani bosh tushunchalari,mehnat taqsimoti,geografik o’rin,iqtisodiy rayon reja: 1


Download 77.5 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1514782
  1   2   3   4
Bog'liq
IQTISODIY GEOGRAFIYANI BOSH TUSHUNCHALARI,MEHNAT TAQSIMOTI,GEOGRAFIK O’RIN,IQTISODIY RAYON




IQTISODIY GEOGRAFIYANI BOSH TUSHUNCHALARI,MEHNAT TAQSIMOTI,GEOGRAFIK O’RIN,IQTISODIY RAYON


Reja:


1. Iqtisodiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi.
2. Iqtisodiy geografiya yoki iqtisodiyot geografiyasimi? Fanning mazmuni va mohiyati, predmeti va ob’ekti, asosiy yo’nalishlari, boshqa fanlar bilan aloqalari.

    1. Iqtisodiy geografiya fani rivojlanishining asosiy tendentsiyalari(yo’nalishlari)

1. Iqtisodiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanining, iqtisodiy geografiya esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy qismidir. Iqtsiodiy geografiya fanining boshlanish manbai turli fanlarda, ayniqsa tasviriy geografiya, statistika, tarix va boshqa fanlar kuzatiladi. Geografik bilimlar kartografik muassasalar, universitetlarda maxsus kurslar paydo bo’lgan davrdan boshlab tashkiliy shaklga ega bo’la boshladilar. Bu jarayon XIX asrda geografik jamiyatlar, universitetlarda maxsus kafedralar, fakultet bo’limlari tashkil etilishi, shu asosda professional geograflarni tayyorlash boshlangandan keyin yanada kuchaydi. Shundan keyin geografiya bo’yicha millliy maktablar paydo bo’ldi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida iqtisodiy geografiya mutaqil fan sifatida shakllandi. XX asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy geografiya “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” yoki “ijtimoiy iqtisodiy geografiya” deb atala boshlandi. Ushbu fan rivojlanish tarixida ob’ektiv ravishda differentsiatsiya va integratsiya ta’sirida ko’plab yangi tarmoqlarpaydo bo’ldi. Iqtisodiy geografiya fanini shakllantirish va rivojlantirishga ko’plab olimlar ktta hissa qo’shganlar.
An’anaviy “iqtisodiy geografiya”(ekonomicheskaya geografiya) atamasi rus tilidan o’zbek tiliga so’zma-so’z tarjima qilingan bo’lib, u ushbu shaklda fanning asl mazmun va mohiyatini to’la ochib bermaydi. Terminologiya qoidalari talablariga muvofiq “ekonomicheskaya geografiya”(“ekonomist-geograf”) atamasi “iqtisodiyot geografiyasi”(“iqtisodchi-geograf”) shaklida tarjima qilinishi to’g’ri bo’ladi. Shu sababdan “iqtisodiyot geografiyasi” nomiga o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Iqtisodiy geografiya bir vaqtning o’zida ham geografik, ham iqtisodiyot fani hisoblanadi. Iqtisodiy geografiya iqtisodiyotni hududiy tashkil etish hususiyatlari va qonuniyatlarini, ularni boshqarish jarayonlarini global, mintaqaviy, milliy, mahalliy daraja va miqyoslarda o’rganadigan ijtimoiy geografik va iqtisodiyot fanidir. Uning ob’ekti keng ma’noda geografik qobiq – oykumena, konkret ob’ekti esa xo’jalik(iqtisodiyot) va uning tarmoqlari, aholi, tabiiy sharoit va va resurslarning hududiy birikmalari(komlekslar, tizimlar) hisoblanadi. Iqtisodiy geografiyaning tadqiqot predmeti-turli mamlakatlar va mintaqalar xo’jaligini hududiy tashkil etishning hususiyatlari va qonuniyatlaridir. U umumiy, tarmoq, mintaqa iqtisodiy geografiyasiga hamda dunyo xo’jaligi geografiyasiga bo’linadi. Iqtisodiy geografiya tabiiy geografiya, iqtisodiyot, geologiya, ekologiya, tibbiyot, texnika va texnologiya fanlari bilan o’zaro bog’liq holda rivojlanadi.Iqtisodiy geografiya fanini rivojlanishining asosiy tendentsiyalari iqtisodiyotlashish, ekologizatsiyalashish, sotsialogizatsiyalashish, gumanizatsiyalashish bo’lib, ular an’anaviy iqtisodiy geografiyaning harakat doirasini sezilarli darajada kengayishiga olib keldi. Bundan tashqari iqtisodiy geografiyaning turli fanlar bilan integratsiya jarayonlarining kuchayib borishi yangi fan va fanlararo yo’nalishlarning paydo bo’lishiga, fanning nazariyaga asoslanishining kuchayishi hamda ushbu fanning konstruktiv (amaliy) ahamiyatining oshib borishi tendentsiyalari tobora kuchayib borayotir.
Iqtisodiy geografiya tadqiqotlari ko’plab ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalanadi(umumilmiy, umumgeografik, iqtisodiy geografik va boshqalar).
Iqtisodiy geografiyaning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni hududiy tashkil etishning asosiy hususiyatlarini kompleks o’rganishdan iborat. U konstruktiv fan bo’lib iqtisodiyotni hududiy tashkil etishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy geografiya bilish va konstruktiv (o’zgaruvchi) funktsiyalarni bajaradi. U murakkab ko’p tarmoqli fan sifatida tahlil va sintezning nazariy va amaliy birligini ta’minlaydi, ilmiy tadqiqotlarda tahliliy va sintetik funktsiyalarni bog’lab olib boradi, geografik ta’limni va geografik bilimlarni tarqatishni amalga oshiradi. O’quv iqtisodiy geografiyasi talabalarni nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlaydi va geografik axborotlardan amaliyotda foydalanishga o’rgatadi.
Iqtisodiy geografiya birdaniga vujudga kelmadi. Uning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi borasida oldingi mavzularimizda ham alohida to’xtalib o’tgan edik.
Umuman olganda jahon bo’yicha iqtisodiy geografiyaga nazariy asos sifatida xizmat qiluvchi ilmiy ishlarning yaratilishida nemis olimlarning xizmati katta. Masalan, XIX asr boshlarida I.Tyunen (1826) qishloq xo’jaligining joylashuviga doir nazariy ishlar yaratgan. U istemolchi, yani bozorga nisbatan qishloq xo’jalik ekinlarini shahar atrofida xalqasimon joylashuvini ilmiy jihatdan aniqlab berdi va fan tarixida qishloq iqtisodietining asoschisi sifatida xakli urin oldi.
Nemis olimi A.Veber XX asr boshlarida (1909) sanoat gegrafiyasining poydevorini yaratdi. U sanoat korxonasi kam xarajat qilish tamoyiliga tayanib, uning kaerda joylashuvini belgiladi. A.Veber nomi bilan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari, sanoat aglomeratsiyasi, aglmeratsion samaradorlik, «shtandort» kabi ilmiy tushunchalar boglik. Kizigi shundaki, bu olim nemis millatiga mos va xos fikr yuritishga sodik bO’lgan holda kO’proq yirik masshtabli (mikroiqtisod) ishlar bilan shug’ullandi. Masalan, u O’z ilmiy goyasini pivo zavodini joylashtirish misolida tahlil kilgan edi. Agar Tyunen va Veberlar asosan moddiy ishlab chiqarish sohalari bilan shug’ullangan bO’lsalar boshqa nemis olimi A.Lesh bu muammoga yanada kengrok karadi. U umuman xo’jalikni tarmoqlarini geografik joylashtirish tO’g’risida ilmiy ishlab olib bordi. Keyinchalik bu yO’nalish boshqa nemis iqtisodchisi V.Kristaller tomonidan maishiy xizmat kursatishni hududiy tashkil etish, bu soha shahobchalarini turli yiriklikdagi markazlarga joylashtirish muammolarini ishlab chikkan edi.
I.Tyunen, ayniksa, A.Veber A.Leshlar iqtisodietining hududiy tomoniga geoiqtisodietga, yani ishlab chiqarishni hududiy tahlil etishgaetibor berdilar. Ammo ular «iqtisodiy geografiya» tushunchasini kullamagan edilar. Xorijda birinchi bor iqtisodiy geografiya tushunchasi Yu.G.Saushkin fikricha, 1882 yilda F.Rattselning shogirdi nemis V.Gotts tomonidan ishlatilgan ekan. Uz-uzidan malumki, iqtisodiy jaraenning hududiy tomonini uning joylashuvini O’rganish iqtisodiy rayonlashtirish masalasiga olib keladi. Iqtisodiy rayonlashtirishni kengrok va chukurrok Rossiyada XIX asrning 1-yarimidaek ishlana boshlandi. Bu borada, K.I.Arsenev Rossiyani 2 marta rayonlashtirdi. (1818 va 1848) shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, ularning funktsional va genetik tiplari tO’g’risida ilk bor asarlar yaratdi. Iqtisodiy rayonlashtirish va shaharlar geografiyaisni yaratuvchi shaxs ham aynan shu kishi edi. Aholi joylashuvi va shaharlar muammosi bilan V.P.Semenov, A.I.Voykovlar ham XX asr boshlarida shug’ullangan edilar.
Shunday qilib Garbiy evropa va eng avvalo Germaniyada ishlab chiqarishni joylashtirish, hududiy iqtisod bO’yicha ilmiy asarlar va maktablar yaratildi. Rossiyada kO’proq statistika iqtisodiy rayonlashtirish aholi va shaharlar geografiyasiga oid ishlar olib borildi. Iqtisodiy geografiya va unga asos bO’lgan fan yO’nalishlarning vujudga kelishida boshqa olimlarning xizmati ham sezilarli bO’lgan. Nemis olimi, geograf va sotsiolog fon Rattsel uzining antropologiyasini yaratib, siesiy geografiya va siesiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan bO’lsa, undan keyinrok frantsuz olimi Vidal de la Blash «Inson geografiyasi» ning asoschisi bo’lgan. Jamiyat tarakkiyoti bilan istemol buyumlari va maxsulotlariga bO’lgan talab - extiyoj asta-sekin ortib boradi. Natijada, qishloq xO’jaligi-chorvachilik yoki dexkonchilik maxsulotlari etishmay qoladi. Bu avval xunarmandchilik va kosibchilikni, keyinchalik esa sanoat ishlab chiqarishi va undagi kooperatsiya shakillarining dastlabki kO’rinishi manafakturaga zamin yasaydi. Manafakturaning rivajlanishi xozirgi zamon industriyasiga kuchdiki, bu jamiyat tarakkiyotida yangi davrga muvafik keladi, Sanoatning bunday tarixiy, ananaviy rivojlanib borishi asosan tukimachilik tarmogi negizida amalga oshadi. Kolgan tarmoqlar, jumladan, mashinasozlik va metallurgiya sanoatining daslabki shakillanishi kO’proq anashu tukimachilik sanoatining talablari bilan boglik bo’lgan.
Shu urinda aytish lozimki, milliy iqtisodiyotning shakillanishi va uning bozor munosabatlariga utish davrida tukimachilik sanoatining ustivor darajada rivojlantirilishi muxum axamiyatga ega. Buning qator sabablari mavjud: mazkur sanoat ishlab chiqarish jarayoni uncha murakkab emas, uning shakillanishiga katta kapital malag sarflanmaydi (ishlab chiqarish fondlarining kiymati nisbatan past), bunday korxonalar tez kuriladi, ularning rivojlanishi uchun xom ashyo va ishchi kuchi barcha joylarda mavjud. Bulardan tashqari, tukimachilik sanoatining yana bir ajoyib xususiyati shuki: uning maxsuloti hamma uchun va hamma vaqt kerak, ularning narxi ancha arzon. Shu bois ham ushbu sanoat tarmogining aylanishi, daromat xosil qilish imkoniyati keng bO’ladi.
Iqtisodiy va sotsial geografiyada sanoatni O’rganish ikki, bir - birini tuldiruvchi yo’nalishlarda olib boriladi. Birinchisi bu tarmoqlar yO’nalishi bO’lib, unda kO’proq sof iqtisodiy masalalarga etibor karatiladi, hamda, tarmoqlarning tahlili ularning hududiy tashkil etishini yoritilishi bilan uygunlashtiriladi. Demak, bu erda tadqiqot «tarmoq - hududiy» tarkibda amalga oshiriladi.
Ikkinchi yO’nalish iqtisodiy geogrofiya va ayniksa uning rayon yO’nalishiga mos tushadigan hududlar doirasinda amalga oshirilishdir. Bu erda geotizm oldingi urinda turadi va tadqiqot «hudud - tarmoq» yO’nalishda olib boriladi.
Sanoat ishlab chiqarish geografiyasi tam manoda uning hududiy tarkibi va tuzilmasidir. Shuning uchun sanoat ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishini, rayon va shaharlar bO’yicha taksimlanishini O’rganish izlanuvchi faoliyatining markaziy urinlaridan joy oladi. Agar abekt mamlakat bO’lsa, sanoatning hududiy tarkibi viloyatlar kesimida, agar u viloyat bO’lsa - tuman va shaharlar doirasida tadqiqot olib boriladi.
Sanoatning hududiy tizimi uning joylashtirilishini natijasidir. U tarmoqlar tarkibiga nisbatan biroz inert, barqaror va kam uzgaruvchan, ammo tarmoqlar tizimidagi yangiliklar ertami kech hududiy geografik siljishlariga olib keladi.
Hududiy tahlilda sanoatning urbanistik tarkibiga alohida etibor beriladi. Sababi sanoatning hududiy tarkibi bu, eng avvolo,uning turli yiriklikdagi shaharlarda mujassamlashuvidir. Shuning uchun shaharlarning sanoati ulardagi sanoat tarmoqlarining turlanishi (diversifikatsiyasi), ixtisoslashuvi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa masalalari urganiladi.
Xar qanday tadqiqotda bO’lganidek, sanoat geografiyasini O’rganish ham uni rayonlashtirish, sanoatda shakllangan ishlab chiqarish majmualari - sanoat tugunlari va sanoat aglomeritsiyalarining tahlili bilan yakunlanadi.
Sanoatni rivojlantirishni va uni hududiy tashkil qilishda xilma-xil sharoitlar va omillar katnashadi. Ularni ikki guruxga ajratish mumkin: iqtisodiy geografik omillarga va tabiiy geografik omillarga ajratiladi.
Itisodiy-geografik omillarga mehnat resurslari bilan taminlanganlik xolati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish ijtimoiy tashkil qilish shakillari, energetika, transport sharoitlari, infratuzilma xolati ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan-texnika tarakkiyoti darajasi, geografik urin, kabi omillarini kursatish mumkin.
Tabiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iklim xususiyatlari, tuprok omillari) va tabiiy resurslar (birinchi navbatda meniral xom ashyo va suv resurslari) bilan taminlanganlik darajasi kiradi.
Shunindek, sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi katta axamiyat kasb etadi. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmui bO’lib, texnik-ishlab chiqarish kurollaridan tashkil topadi. Mehnat resurslari sanoatini rivojlantirish va joylashtirishda muhim omil hisoblanadi. Mehnat resurslarining hududiy joylashuvi, aholi, kupayish kursatkichlari, migratsiya jarayonlari va urbanizatsiya sanoatni hududiy tashkil etishga bevosita tasir kursatadi.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari, uning ijtimoiy tashkil etish shakillari, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashni turli sanoat tarmoqlaridagi O’ziga xos xususiyatlarini chukur aglab olmok zarur. Shu maqsadda mujassam-lashuvning karxona, shahar va hududiy darajasidagi kursatkichlar, uning bir shaklini kolganlari bilan munosibati va muvofiqlashuvi, ushbu obektiv jaroyonning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishni talab etadi. Ixtisoslashuvining uch kO’rinishi, uning kooperatsiya va kombinatlash bilan alokodorligi, hamda sanoat ishlab chiqarishning texnik - iqtisodiy asoslarini ham O’rganish lozim. Bu xususida tor iktisoslashuv yakka xokimlikning kamchiliklari, turli hududiy kulamda kompleks (xar tomonlama) rivojlanish qonuniyatlari va afzalliklarini farq qilishi zarur.
Sanoatni hududiy tashkil etish va joylashtirishda transport ham muhim axamiyatga ega. Chunki sanoatni xom ashyo va boshqa vositalar bilan taminlashda, korxonalar urtasida ishlab chiqarish aloqalarini yO’lga kuyishda, mehnat resurslarining erkin xarakatida, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni istemolchilarga etkazishda, transport tizimi sezilarli tasir kursatadi.
Uning bu ilmiy maktabini Rattsel antropogeografiyasidan farqi shundan ibortki, u siesiy masalalarni chiqarib tashlagan holda kO’proq inson va uning faoliyatini atrof geografik muhitga moslashuvi, muvofiqlashuviga (posiblizmga) etibor bergan va tabiiy geografik omillar- eng avvalo iklim sharoitlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini biroz «yumshatgan». Keyinchalik Rattsel goyalari asosida, geografik determenizmni siesiy goyalar bilan boyitilishi, singdirilishi natijasida uta reaktsion geografik siyosat (geopolitika) vujudga kelgan.



Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling