Iqtisodiy tahlil fanidan -mustaqil ish Iqtisodiy tahlilning mazmuni


Download 17.32 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.32 Kb.
#1518258
Bog'liq
IQTISODIY TAHLIL 1




IQTISODIY
TAHLIL
fanidan 1-mustaqil ish
1)Iqtisodiy tahlilning mazmuni .
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega boiishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur. Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.
Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishi mavjud:
1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish
2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalami tahlil qilish
2)Iqtisodiy tahlilning predmeti.
Iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va keladigan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi.
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalaming asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda yuritish bilan bogiiq boigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlanni xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq toiovlari kabi munosabatlar tashkil etadi.
3)Fanlar tizimida “Iqtisodiy tahlil” ning o‘rni.
Iqtisodiy tahlil xo'jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan boiishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, prinsip kabilarga rioya qiladi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy fanlar tizimida informatsion-analitik tavsifiga ega boiib, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bogiiq.
Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir:
Buxgalteriya hisobi va audit.
Menejment va marketing.
Mikro va makro iqtisod.
Statistika.
Axborot texnologiyalari va informatika.
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog'ozlar, biija ishi sohasidagi fanlar bilan.
Iqtisodiy matematika va ekonometriya.
Xuquq sohasidagi fanlar
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling