«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari. Ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar


Download 79.58 Kb.
bet1/3
Sana07.11.2020
Hajmi79.58 Kb.
#141846
  1   2   3
Bog'liq
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish uszhsjullari 061120155401




1-mavzu.

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish usullari. Ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar.



    1. Ma'ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi



Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni: 25-30 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Kirish, vizual ma'ruza

Ma'ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.

3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.

4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).

5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari, rivojlanish tarixi boshqa fanlar bilan aloqasi to‘g‘risida bilimlarni hamda to‘liq tasavvurni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

- iqtisodiyot nazarisi tushunchasi bilan tanishtirish va faning predmetini tushuntirish;

- ilk iqtisodiy qarashlar bilan hamda ularning namoyondalari bilan tanishtirish;

- iqtisodiyotning bosh masalasini tavsiflash;

- iqtisodiy qonunlar va katego-riyalarni guruhlash;

- ilmiy bilish usullarini izohlash va tasavvur hosil qilish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

O‘quvchi:

- iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini izohlaydi;

- iqtisodiyot, ehtiyoj tushunchalariga ta'rif beradi;

- iqtisodiy oqimlarni ifodalaydi va ularning asoschilarini aytib beradi;

- iqtisodiyotning bosh masalasiga tavsif beradi;

- iqtisodiy qonun va kategoriyalarga misollar keltiradi;

- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

- “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o‘rnini tavsiflaydi.


O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma'ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo‘q” texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma'ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya


Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi (1-mashg‘ulot)

Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

o‘quvchi

1-bosqich.

Kirish


(10 min.)

1.1. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma'lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. O‘quvchilar e'tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.

- iqtisodiyotga doir qanday atamalarni bilasiz?

- bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarurati nimada deb o‘ylaysiz?

- iqtisodiy tafakkurni qaysi fan shakllantiradi?

2.2. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma'ruzani bayon etishda davom etadi.

Iqtisodiyot, iqtisodiy faoliyat, takror ishlab chiqarish va uning bosqichlari, mikro-va makroiqtisodiyotning doimiy va asosiy muammosi tushunchalarini sharhlaydi.

2.3. Ilk iqtisodiy g‘oyalarning paydo bo‘lishini va ularning namoyondalari to‘g‘risidagi taqdimotni namoyish qiladi.

a) Iqtisodiyot nazariyasi fani nimani o‘rganadi deb o‘ylaysiz?

b) U qanday vazifalarni bajaradi?

v) Boshqa fanlar bilan qanday bog‘liqligi bor va ahamiyati nimada? kabi savollar orqali “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmetini tushuntirib beradilar.

2.4. O‘quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e'tibor qilishni va yozib olishlarini ta'kidlaydi.


2.1. Eshitadi.

Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarni aytadi.

O‘ylaydi, javob beradi.

Javob beradi va to‘g‘ri javobni eshitadi.

2.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi.

Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi.

Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

Ta'rifni yozib oladi, misollar keltiradi.


3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e'tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.

Mustaqil ish uchun vazifa: “iqtisodiyot” so‘ziga klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.


3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.




Vizual materiallar

1-savol.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

1-ilova.


Iqtisodiyot– moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish,taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilishni aks ettiruvchi ijtimoiy xo`jalik.





Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi-extiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning.



Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar iqtisodiy faoliyat deb ataladi.


2- ilova.

Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati



Ishlab chiqarish – insoniyat jamiyatining hayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur moddiy ne'matlarni yaratish jarayoni.

Taqsimot – ishlab chiqarilgan mahsulotdagi har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ektning ishtiroki, ulushi (miqdori, proporsiyasi) ni aniqlash jarayoni.

Ayirboshlash – moddiy ne'mat va xizmatlarning bir sub'ektdan boshqasiga tomon harakati jarayoni. Tovarni sotishuning pulga ayirboshlanishi, xarid qilish esa – pullarni tovarga ayirboshlanishi. Ayirboshlashning zarur sharti – ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, bu esa jamiyat a'zolari o‘rtasida mehnat mahsulini ayirboshlashga olib keladi.

Iste'mol – insonning ehtiyojlarini qondirish uchun ne'matlardan foydalanishi.

3-ilova.

Iqtisodiyot muammosi va uning asosiy masalasi


Resurslar:

- ne'matlarni yaratishda foydalaniluvchi zarur shart-sharoitlar yig‘indisi (yer, kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va boshqalar);

- jamiyat ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud imkoniyatlar.



Inson ehtiyojlari – insonning yashashi va kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va nomoddiy buyumlarga bo‘lgan xohish va istaklari.

Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni – iqtisodiy qonun bo‘lib, unga ko‘ra kishilarning ehtiyoji miqdor va sifat jihatidan o‘zgaradi, avloddan avlodga o‘sib boradi.


IQTISODIYOT MUAMMOSI shundaki, jamiyat ega bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari doimo cheklangan. Shuningdek kishilar turli ne'matlarni yaratish bo‘yicha iqtisodiy faoliyatda foydalanuvchi ishlab chiqarish omillari cheklangan. Bu cheklanish jamiyat oldiga tanlash muammosi – ehtiyojlarni yetarlicha to‘liq qondirish uchun ega bo‘lgan cheklangan resurslar (ishlab chiqarish omillari) ni qanday idora qilishni qo‘yadi.


Основнўе эномические проблемў стояҳие перед обҳеством:

- что из товаов и услуг должно бўть произведено и в каком количестве?

- как эти товарў и услуги надо произвести?

- кто получит и сможет потребить (использовать) эти товарў и услуги?






Download 79.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling