Iqtisodiyotdagi roli: Davlatning iqtisodiyotga ta’rif berish usullari


Download 0.99 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1081955
Bog'liq
Iqtisodiyotdagi roli davlatning

Iqtisodiyotdagi roli: Davlatning iqtisodiyotga ta’rif berish usullari

REJA:

  • Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari.
  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
  • Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.

1. Davlatning bozor iktisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iktisodiy funktsiyalari.
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.
Bozor iktisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar:
- bozorni monopollashuvi xavfi;
- jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;
- atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;
2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Ixtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.
Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xakini o`rnatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki kiskartirish orkali mamlakat iktisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va kayta taksimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chikish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chikaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import kilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya kilish maksadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
3. Antimonopol faoliyat va rakobatni rivojlantirish.
Davlat monopoliyani cheklash va rakobat muxitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga karshi konunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash Davlat ko`mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga karshi kurash maksadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga bo`linadi. Tabiiy monopol bo`lmagan korxonalarni monopoliyadan chikarish chora- tadbirlari ko`riladi.
Tabiiy monopoliyalar ob`ektiv shart-sharoitlarga ko`ra monopol bo`lishi zarur, yoki monopoliyadan chikarish ilojsiz bo`lgan korxona yoki tarmoklardir.
Davlat bu yo`l bilan iste`molchilar xukuklarini ximoya kiladi. Agar maxsulot baxosi korxonaga boglik bo`lmagan sabablarga ko`ra oshib ketgan bo`lsa va bu isbotlansa konun talablari buzilmagan xisoblanadi.
Rakobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash maksadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish Davlat Mulk ko`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, boskichma boskich baxosini tushirib sotish, aktsionerlashtirish kabi usullar ko`llaniladi.
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling