Iroda borasidagi nazariyalar


Download 473.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi473.87 Kb.
#1788646
  1   2   3
Bog'liq
iroda-borasidagi-nazariyalar



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1307
IRODA BORASIDAGI NAZARIYALAR 
 
Durdona Bahodir qizi Sag’dullayeva 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi  
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada “Insonning aqliy faoliyatida iroda tushunchasi” va irodaning 
inson faoliyati davomida tutgan oʻrni, hayotiy tajribalari, nutqiy faoliyatida irodaning 
ahamiyati yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar: Iroda, maqsadga erishish, Arastu, irodaning shakllanishi, ruhiy 
olamni shakllantirish. 
 
Iroda – odamning o’z faoliyati va psixik jarayonlarini o’zi boshqarishda namoyon 
bo’ladigan qobiliyatdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat 
kishidan mustahkam irodani talab qiladi. 
Iroda – tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan; kimdir uni to’g’ri 
so’zlamoq bilan yana kimdir oddiygina parhez bilan. Aslida iroda insonning ongdagi 
faoliyat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo’riqlarini oldindan 
aniqlab bir qarorga kelishda, qarorlarni to’g’ri va erkin ijro etishda va maqsadlarga 
erishishda namoyon bo’ladi.
Iroda har kimning aqliy faoliyatiga qarab turlicha shakllanadi. Aql bilan idrok 
qilganda bizga berilgan nutqimidan to’g’ri foydalanib rost so’zlamoq ham iroda, 
insonlarni to’g’ri tanqit qilmoq ham iroda, bir – birimizga ishonmoq va mana shu 
ishonch ila shakllanmoq ham iroda. Iroda haqida bahs ketganda kimdir uni miyada 
joylashgan desa yana kimdir uni qalbda deydi. Aslida, iroda bizning butun boshli 
jismimizda joylashib, bizning aqlimimizni, ongimizni, kuchimizni, ruhiy quvvatimizni, 
jahlimizni hatto-ki nutqimizni ham o’z qolibiga solib boradi. Iroda bu hayotda 
shuningdek, maqsad sari yetaklovchi yo’llardagi qarama – qarshiliklarni bartaraf 
etishda, o’z-o’zini idora qilishda, axloqiy olamni shakllantirishda kishiga katta yordam 
beradi.
Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga emas qandaydir ilohiy kuchga 
bog’liq. Shuning uchun ham iroda o’z mohiyatiga jihatidan doim erkindir. Inson 
muammolariga e’tibori ortishi bilan irodani o’rganish ham dolzarb muammoga aylanib 
bormoqda. Bu hayotning issiq yozi-yu sovuq qishiga birdamlik bilan yashamog’imiz 
ham iroda bo’lmish aqliy hilqatning belgisidir. Inson bu yorug’ dunyoga kelar ekan har 
kuni yangi holat, har kuni yangicha olam bilan tanishadi. Jismimiz bilan birgalikda 
ruhiyatimiz, dunyo qarashimiz, insonlarga nisbatan muomilamiz har tomonlama 
yuksaladi.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 473.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling