Is-lm modeli


Download 224.5 Kb.
bet1/4
Sana16.02.2023
Hajmi224.5 Kb.
#1204381
  1   2   3   4
Bog'liq
IS-IM Modeli

IS-LM Modeli

Reja:



1. Makroiktisodiy muvozanat va unga erishish yo’llari.
2. IS-egri chizig’i va uning tenglamasi.
3. LM - egri chizig’i va uning tenglamasi.
4. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
1. Makroiktisodiy muvozanat va unga erishish yo’llari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iktisodiyotining to’g’ri yoki noto’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki, iqtisodiyotda bo’layotgan doimiy o’zgarishlar xar qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi og’ish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga o’xshash boshqa salbiy hodisalar sifatida namoyon bo’ladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga va aholi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy muvozanat muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy kontseptsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi.
2. IS-egri chizig’i va uning tenglamasi.
Iqtisodiyotdagi muvozanat yoki tovar pul muvozanatiga erishishda investitsiya va jamg’armalarning YaIM bilan bog’liqligi tushuntiriladi. Bu bog’liklik shuni ko’rsatadiki, banklar foiz stavkalarini pasaytirib borishi bilan YaIM hajmi ham ko’payib boradi. Ya’ni, milliy iktisodiyot moliyaviy “kislorodni” ko’proq olish natijasida YaIM ishlab chiqarish ham ko’payib boradi. IS-egri chizig’i tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning o’zida asosiy makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport funktsiyalari qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg’armalar o’zaro teng bo’ladi.
Umuman IS-egri chizig’i tovar va xizmatlar bozorida vujudga keladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasi o’rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Buni tushunish uchun biz tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni, ya’ni, “Keyns xochi”ni qarab chiqamiz. Bunda avvalambor biz rejalashtirilayotgan xarajatlar miqdorini, ya’ni, keyns xochini olish uchun rejelashtirilayotgan xarajatlar miqdorini tashkil qiluvchi omillarni ko’rib chiqamiz. Rejalashtirilayotgan xarajatlar uy xo’jaliklari, firmalar va davlatning tovar va xizmatlarini sotib olishga mo’ljallagan xarajatlar miqdoridan iborat. Demak IS-egri chizig’ini Keyns xochi va investitsiya funktsiyasi grafigi yordamida keltirib chiqaramiz.
E1
R
R
I IS
Y Y2 Y1 Y

Download 224.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling