5– ish. Oksisellyulozaning 5 % li vodorod peroksid ta’sirida
hosil qilish
Reaktiv va asboblar: paxta momig’i (5 g), 5 % li vodorod peroksid (50 ml),
250 ml sig’imli stakan (1 dona), Byuxner voronkasi (1 dona), suv hammomi (1
dona).
Ishning borishi: Stakanga tozalangan sellyulozadan 5
g solinib, uning ustiga
vodorod peroksidning 5 %li eritmasidan 50 ml quyiladi. So’ngra
stakan suv
hammomiga
joylashtirilib, ichidagi aralashma shisha
tayoqcha bilan aralashtirib
turgan holda 50-60ºC da 30 minut qizdiriladi. Shundan keyin stakandagi sellyuloza
namunasi
Byuxner voronkasiga solinib, distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi.
Hosil bo’lgan oksisellyuloza
shisha byuksga solinib, 150ºC haroratda og’irligi
o’zgarmay qolguncha quritiladida, uning miqdori hisoblab topiladi.
Savollar:
1. Hosil qilingan oksisellyulozadagi karboksil guruhlar
sonini aniqlang
2. Sellyuloza va oksisellyulozaning 5-7 %li ishqor eritmasida eruvchanli-gini bir-
biriga solishtiring.