Sana uchun joy: 2-laboratoriya mashg’uloti mavzu
Download 15.44 Kb.
|
2-lab.ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________
Sana uchun joy: ___________ 2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu: Nordon, asosli, qo’sh va kompleks tuzlar. Ularning olinishi, tuzilishi va eritmadagi holati. 1- tajriba. Neytrallash reaksiyasi Chinni kosachaga 2 n. xlorid kislota eritmasidan 10 ml solib, uning ustiga oz-ozdan 2 n. o‘yuvchi natriy qo‘shing va aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib, neytral eritma olishga harakat qiling. Neytral eritma ko‘k va qizil lakmus rangini o‘zgartirmaydi. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________ 2- tajriba. Metallning boshqa metall tuzi bilan o‘zaro ta’siri Probirkaga 5-8 ml mis (II) sulfat eritmasidan quyib, unga bir dona rux bo‘lakchasidan soling. Eritmani qaynaguncha qizdiring, eritma rangining o‘zgarishini va mis ajralib chiqishini kuzatib, reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________ 3- tajriba. Тuz bilan kislotaning o‘zaro ta’siri Probirkaga ozroq kumush nitrat eritmasidan olib, ustiga suyultirilgan xlorid kislotadan tomchilatib qo‘shing, oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________ 4- tajriba. Тuz bilan asosning o‘zaro ta’sirini o‘rganish Probirkaga temir (III) xlorid eritmasidan 5-6 ml olib, ustiga o‘yuvchi natriy eritmasidan tomchilab qo‘shing, qo‘ng‘ir tus cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Eritmada bir vaqtning o‘zida NaCl ham hosil bo‘ladi. Buni filtrlangan eritmani bug‘latib isbotlash mumkin. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________ 5- tajriba. Тuzning boshqa tuz bilan o‘zaro ta’siri Probirkaga 0,5 n. bariy nitrat (xlorid) eritmasidan 3-4 ml solib, uning ustiga tomchilab magniy (natriy) sulfat eritmasidan qo‘shing va probirkani chayqating. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ Xulosa: ___________________________________________________ Download 15.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling