Ishchi kuchi


Download 18.34 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1268888
  1   2
Bog'liq
Ishchi kuchi mmm




Ishchi kuchi
Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemischa: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi


. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Jahon iqtisodiyotida ishchi kuchining xalqaro harakatchanligi faollashgan sari migratsiya jarayonlarini tartibga solish zaruriyati dolzarb bo’la boshladi. Dunyo davlatlararo migratsiya bo’yicha yuridik norm alar va qonun-qoidalarga muhtoj. Ular bir tomondan, inson haq-huquqlarini himoya etishga qaratilgan
ikkinchi tomondan esa, migrantlarni qabul qiluvchi va jo’natuvchi mamlakatlarning manfaatlarini himoya qilishi kerak.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi jarayonini tartibga solishni ikki turga bolishimiz mumkin:



    • ishchi kuchining xalqaro migratsiyasini xalqaro tashkilotlar yordamida tartibga solish.



    • davlat tomonidan tashqi migratsiyani turli usullar orqali tartibga solish.



Tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etishda, tajribalar va axborotlar bilan ayirboshlashda, bu jarayonni tartibli va rejali amalga oshirishni ta’minlashda migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilotlarning o’rni alohida
ahamiyatga ega. Ushbu tashkilotlar tarkibida XMT alohida o’rin tutadi.
Bu tashkilot a’zo mamlakatlardagi (35 ta a’zo) o’z bolimlari orqali bo’lajak muhojirlar uchun til o’rganish kurslarini tashkil etadi.
Ushbu yo’nalishda XMT ham o’z 
ishini faollashtirib, mehnat me’yorlari bo’yicha 1919-1990-yillar davomida 174 ta Konvensiya va 181 ta tavsiyalar qabul qildi. Ularda ishchi kuchining mamlakatlararo ko’chib yurishini huquqiy jihatdan tartibga solish ham o’z ifodasini topgan. Jumladan, 1949-yilda qabul qilingan muhojir - mehnatkashlar to’g’risidagi konvensiyada XMTga a’zo bo’lgan davlatlarga muhojirlarn ishga qabul qilishda, ish haqi to’lashda va ularning kamsitishlariga yo’l qo’ymaslik majburiyatlarini yuklovchi qator qoidalar o’rin olgan.
XMTga a’zo bo’lgan va uning asosiy hujjatlariga 
imzo chekkan mamlakatlar, qayd etilgan hujjatlarda qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilishlari va milliy mehnat qonunchiliklarini ularga muvofiq o’zgartirishlari lozim.
Xalqaro mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish ishchi kuchini qabul qiluvchi va ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarning milliy qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi xalqaro tashkilotlar va davlatlararo kelishuvlar tomonidan ham tartibga solinadi.


Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling