Ishning mazmuni: Siydik a’zolariga


Download 416.06 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi416.06 Kb.
#1482019
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 11


Amaliy mashg‘uloti № 11
Mavzu: Buyrakning tuzilishi.


Ishdan maqsad: Ayirish tizimi tuzilishini o‘rganish
Kerakli jihozlari: Anatomik atlas, ayirish tizimi tuzilishi tasvirlangan tablitsalar va mulyajlar.
Ishning mazmuni: Siydik a’zolariga-bir juft buyrak, siydikni yig‘ib tashqariga chikarib beruvchi qismlaridan-siydik yo‘li, siydik pufagi (qovuq), siydik chiqaruv kanali kiradi.
Buyrak (ren) XII ko‘krak va I—II bel umurtqalari qarshisida, qorin parda-sining orqasida yotadi, o‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan yarim umurtqa pastroqda joylashgan. Buyrakning uzunligi 10-12 sm., eni 5-6 sm., qalinligi 4 sm. ga teng. Ularning og‘irligi 120-200 g. ni tashkil ztadi. Buyrak tashqi tomonidan miotsit va elastik tolalardan tashkil topgan fibroz parda bilan o‘ralgan. Uning ustidan qalin yog‘ to‘qimasidan tashkil topgan yog‘ kobig‘i o‘rab turadi. Buyrak yog‘ to‘qimasining ustidan biriktiruvchi to‘qimadan iborat buyrak fassiyasi o‘rab turadi. Fibroz parda buyrak darvozasi orqali buyrak ichiga o‘sib kirib, uning ichini bir nechta bo‘lakchalarga bo‘ladi.
Buyrakni frontal xolatda yuqoridan pastga qarab ikki pallaga kesilsa, uning periferik qismida joylashgan 4-5 sm. qalinlikdagi po‘stloq qismi va ichki oqishrok moddadan tashkil topgan miya moddasi kuzatiladi. Po‘stloq qismi qizg‘ish bo‘lakchalardan tashkil topgan bo‘lib, miya qismi oq rangdagi 7-12 ga ajratilib turgan piramidalarni tashkil etadi. Har kaysi piramidaning uchida bir nechta nefron yig‘uv naylari birgalikda buyrak kichik kosachasiga ochiladi. Har kaysi buyrakda 8-9 gacha kichik kosachalar uchraydi. Kichik kosachalar bir-biri bilan qo‘shilishib, katta kosachalarni hosil qiladi. Odatda, katta kosachalar 2-3 ta bo‘lib, ularning siydik chiqaruv yo‘llari buyrak jomiga ochiladi. Buyrak jomi o‘z sathiga ega bo‘lib, uning devori yupqa, voronka shaklidagi bo‘shliqdan iborat. Buyrak jomining ingichkalashgan uchi tog‘ayib borib siydik yo‘liga ochiladi.
Buyrakda ikki xil nefronlar uchraydi: pustloq nefronlari, yuksta-medullyar nefronlar. Har bir nefronning uzunligi 50-55 mm. ni tashkil etsa, nefronlarning umumiy uzunligi 100 km. ga teng. Har bir buyrakda 1 mln. ga yakin nefronlar bo‘lib, ularning xammasi mustaqil ravishda kon tomirlar bilan bog‘lanadi. Nefronning boshlang‘ich qismi buyrak tanachasidan boshlanib, yig‘uv kanali bilan tugaydi.
Nefron quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: tomirlar chigali va uni o‘rab turuvchi kapsuladan iborat buyrak tanachasi (koptokchasi), nefronning proksimal bo‘limi, nefron-Genli qovuzlog‘i, nefronning distal qismi, oxirgi siydik yiguvchi nayga ochiladi. Nefronning proksimal bo‘limi egri-bugri va to‘g‘ri naychalardan iborat bo‘lib, uzunligi 14 mm diametri 50-60 mkm. ga teng.
Ikkilamchi siydik tarkibi 98-99% suv, unda 150 dan ortiq moddalar bo‘ladi. Ulardan asosiysi natriy xlor, siydik kislota va mochevina .Bir sutka davomida buyrakdan o‘tadigan 2000 l qondan 100-150 l birlamchi siydik hosil bo‘ladi. Undan 1,5 l ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi. Bir sutka davomida qon buyrakdan 400 marta o‘tadi. Nefronlarning umumiy uzunligi 120 km, sathi 40-50 m2.
Siydik yiguvchi naychaga bir nechta nefron distal naychalari ochilib, ular esa oxiri buyrak kichik kosachalariga ochiladi.
Siydik yo‘li (ureter) katta odamlarda silindrsimon shakldagi nayga o‘xshagan bo‘lib, uzunligi 25-30 sm., diametri 6-8 mm. ga teng. Siydik pufagi hajmi 500-700 ml.-ga teng.
Qovuq (vesica urinaria) toq a’zo bo‘lib, siydik to‘plovchi rezervuar vazifasini bajaradi. Uning sig‘imi o‘rtacha 500-700 ml. Qovuqning qorin oldingi devoriga qaragan yuqori qismi -uchi kengayib, tanasiga o‘tadi. Tanasi orqaga va pastga qovuq tubiga davom etadi. Qovuqning pastki qismi quyg‘ichsimon tog‘ayib siydik chiqaruv nayiga o‘tadi. Uning bu qismi qovuq bo‘yni deyiladi.
Qovuq kichik chanoq bo‘shlig‘ida qov simfizi orqasida joylashgan bo‘lib, oldingi devori undan yog‘ kletchatkasi vositasida ajrab turadi. To‘lgan qovuq simfizning ustiga ko‘tarilib, qorinni oldingi devoriga tegadi. Qovuqning orqa devori erkaklarda to‘g‘ri ichakka, urug‘ pufakchalariga, tubi esa prostata beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori bachadon bo‘yniga va qinga, tubi esa siydik-tanosil diafragmasiga tegib turadi. Qovuq devorining qalinligi 12-15 mm, to‘lgan vaqtda tortilib yupqalashadi (2-3 mm). Qovuq devori to‘rt qavatdan iborat: Shilliq qavat, shilliq osti qavat, mushak qavat va seroz parda.
Ishni bajarish tartibi. Mulyaj yoki atlasdan foydalanib buyrak va uning ichki tuzilishi o‘rganiladi. Buyrakning joylashgan joyi aniqlanadi. Buyrakning frontal kesimi bo‘yicha buyrakning kichik va katta kosachalar, piramidalarning tuzilishi o‘rganiladi. Nefronlarning tuzilishi lupalar yordamida o‘rganiladi. Buyrakda qon aylanishi o‘rganiladi. Siydik yo‘lining tuzilishi va uzunligi o‘rganiladi. Qovuqning joylashgan joyi, tuzilishi, hajmi va siydik tarkibi o‘rganiladi.
Topshiriqlar.
1. Quyidagi organlarning lotincha nomini o‘rganish.
Buyrak, siydik yo‘li, siydik pufagi.
2. Quyidagi organlarning joylashgan joyini o‘rganish.
Buyrak, siydik yo‘li, siydik pufagi.
Nazorat shakli: Albomga rasm chizib, qismlari yoziladi va o‘rganiladi.






Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Qodirov E.Q. Odam anatomiyasi. Lotin.Toshkent. “Universitet”. 2007, 276 b
2. Sapin M.R., Bilich G.L..Anatomiya cheloveka. 1989g., Moskva. 543 bet
3. Axmedov N.K. ATLAS. Odam anatomiyasi. 1-2 tom, Toshkent. «Tibbiyot nashri» 1996, 400 bet
4. Axmedov N.K. Odam anatomiyasmi. Toshkent. Meditsina.1987.
Download 416.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling