Is’hoqxon ibrat Hayoti va ijodi


Download 25.49 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi25.49 Kb.
#1770189
Bog'liq
Is’hoqxon ibrat


(1862-1937)


Is’hoqxon ibrat

Hayoti va ijodi


Ishoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862 (xijriy 1279) yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning‘ otasi sohibkor bog‘bonlardan bo‘lib, «Xodim» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Onasi Huribibi qishloq qizlarini o‘qitgan. Ibrat dastlab qishloq maktabida, so‘ngra onasi qo‘lida tahsil oldi. Ishoqxon Ibrat matbaachi sifatida Namanganda «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil etib, kitob nashriga kirishgan. Bu yerda u ko‘plab ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi kitoblarni ham nashr etib, ilm-ma'rifat va ma'naviyat rivoji yo‘lida xizmat qilgan.
Milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyandalaridan biri
Milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyandalaridan biri, ma'rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Ishoqxon To‘ra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Junaydulla xo‘ja va onasi Huribibilar xat-savodli kishilardan bo‘lib, maktabdorlik ham qilganlar. Ishoqxon ona-otasi qo‘lida savod chiqarib, keyinchalik turli maktab va madrasalarda ta'lim olgan.

Faoliyati
Ibrat 1896 yili Hindiston, Birma, Xitoy, Qashqar orqali o‘z vatani Namanganga keladi. Safar natijasi o‘laroq, uning «Lug‘ati sitta al-sina» asari maydonga keladi. Asar 1901 yilda nashr etilib, u o‘zbekcha-ruscha va ko‘p tillik lug‘at yaratishda muhim tajriba rolini o‘taydi. U tarixchi olim sifatida «Tarixi Farg‘ona» (1916) asarini yaratadi. Unda Qo‘qon xonligi va, umuman, Turkistondagi xonliklarning inqirozi, mustamlakachilik zulmi, eng muhimi, o‘z xalqining yorqin kelajagiga ishonch ruhi o‘z ifodasini topgan.
Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling