Toshkent moliya instituti Iqtisodiy tahlil kafedrasi Iqtisodiy tahlil fanidan oraliq nazorat variant-22


Download 22.15 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi22.15 Kb.
#1775676
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil


Toshkent moliya instituti
Iqtisodiy tahlil kafedrasi
Iqtisodiy tahlil fanidan oraliq nazorat
VARIANT-22


1.Tahlilning fanining shakllanishi va rivojlanishi;


2.Biznesni samarali boshqarishda Iqtisodiy tahlil
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka Pacholining «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda
buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan.Shunday qilib, hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda. Korxonalami to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quw atini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi.
Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan.Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jum alida paydo bo‘la boshlagan.
Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan -«Balansshunoslik» fani paydo bolgan.
1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi. 60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 80-yillaming xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Теория экономического анализа» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997-yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev,L.LKravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989-yilda «Теория анализа хозяйственной деятельности» darsligini yaratdi.Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Теория экономического анализа» degan darslik yozildi. 0 ‘zbekistonlik olimlardanI.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev,M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabiga asos soldilar.
Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim tadbirlardan biri
bo‘lib hisoblanadi.

Fanning yuqorida ta’riflangan tarixiy rivojlanish yo`lidan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi
.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlarini o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.

Download 22.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling