Islom falsafasining asosiy yo’nalishlari Reja
Download 87 Kb.
|
1403873772 48267
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xanafiy mazhabi.
- Molikiya mazhabi.
- Shofiiy mazhabi.
Islom falsafasining asosiy yo’nalishlari Reja: Islom dinida etirof etilgan yonalish va mazhablar. Shialik va uning mazxablari. Xorijiylar. Etirof etilmagan mazxablar hamda zamonaviy diniy siyosiy partiya va oqimlar. Islom hayot falsafasi ekani, u jamiyaqt azolarini eng yuksak bashariy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanob axloqni targib etishni yaxshi anglab, yetmoq bu muqaddas dinimiz tarixidan xabardor bolib, vatandosh ulamolarimizning islom taraqqiyotiga qoshgan buyuk xissasini bilmoq har birimiz uchun ham farz, ham qarz. Mazhab (arabha yonalish, oqim, yol, talimot). Mazhablar keng tarqalgan barcha dinlarga xos bolib, u dinlarda asrlar davomida yuz bergan ixtiloflar bolinishlardan yuzaga kelgan. Dinlarda vujudga kelgan yirik ajralishlar fanda oqim deb nomlanadi. Islomdagi diniy mazhablar diniy etiqod va marosimchilik masalalarida shariat mazhablaridan va diniy ilohiyot oqimlaridan keskin farq qiladi. Islomda ilk davrda paydo bolgan eng birinchi yirik muammo oily hokimiyatni egallashga pauygambarlardan keyin kim haqliroq degan masala boldi. Ali tarafdorlari Shia nomini olib, Islomda birinchi bolinishni boshlab berdi. Ikki taraf sunniylik va shialik ortasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yonalish ham paydo boldi. Sunniylik yonalishi Ahli sunna va l - jamoa deb ataladi va tortta fiqhiy mazhabdan iborat: Xanafiy Shofiiy Molikiy Hanbaliy. Sunniylikda ikkita aqidaviy talimotga amal qilinadi: Motrudiya, Ashariya Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar boyicha quyidagi nisbatda bolinganlar: Xanafiylar 47% Shofiiylar 27% Molikiylar 17% Hanbaliylar 1.5% Shia yonalishi ismoiliy, ibodiy, jafariy, zaydiy mazhablarini oz ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 foizini tashkil qiladi. Xanafiy mazhabi. Xanafiya islomdagi eng kop tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi malum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega bolib, qonun-qoidalarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda ray (fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi Ahl ur ray nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni Ahl ul-hadis deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi ananani yaxshi bilgan va tan olgan. U: bizning bu boradagi eng alo bilimimiz raydir. Bu biz erisha olgan eng alo narsalardir, degan. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan ozga huquqshunoslardan farq qilgan. Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, Afgoniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan. Molikiya mazhabi. Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan. Asoschisi Molik ibn Anas Asbahiy 713 yili Madinada kamon oqlari yasovchi oilasida tavallud topib, shu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga boorish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan. Molik hech bir siyosiy oqimga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bolmagan. Baxslar va ilmiy munozaralarda ishtirok etmagan, chunki u ilm xorozlar va qochqorlar orasidagi urush emas, deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobeinlarining fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavmlarini ozining Al Muvatta kitobida jamlangan. Molikiy mazhabi boyicha Quron va Hadis huquq asoslari sifatida tan olinadi. Paygambarlarga oid hadislargina ular tomonidan sahih deb etirof etiladi. Quron va Hadis bir manba nassni tashkil etadi. Bunga qoshimcha ravishda madina jamoasining umumiy tajribasi qoshiladi. Bular haqida yozma manbalar qolmagan, lekin ular paygambar davridan meros va odat tarzida xotirada saqlanib keladi. Bunday jamoa xotirasiga jamoa hadisi sifatida qaralgan. Shulardan keyingina Madinalik bolmagan sahobalar tajribasi hamda tobeinlar tajribasiga murojat etilgan. Hech qayerda mazkur masalaga yechim topilmasa, almasolih al-mursala, yani manfaat yolidagi mustaqil fikrga murojat etish mumkin bolgan. Ammo bu fikr jamoa manfaatiga qaratilgan, nass aqidalariga zid bolmasligi va shariat ahkomlariga mos kelishi lozim hisoblangan. Shofiiy mazhabi. Bu mazhab jugrofiy mintaqa mahsuli bolmasdan, ikki ozga mazhab bilan yaqindan tanishish natijasida paygambar ajdodi Hoshimning akasi Mutallib avlodidan bolgan Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofiiy uning asoschisi boldi. Shofiy 767 yil Falastin (Gazna)da tugilib, 820 yili Misrda vafot etadi. Shayboniy rahbarligida Iroq fiqhini organdi. Shofiy nazariyasini ifoda etgan risola Bogdodda yozilib, 814 -815 yillarda Misrda qayta ishlanadi. Qonun sohasida Shofiy ozini Madina mazhabining izdoshi sifatida koradi. Behisob bahslarda ozga mazhab izdoshlarini oz fikriga otkazishga harakat qiladi. Biroq ular oz qarashlarida qolib, uning bazi huquqiy jihatlarinigina ozlashtiradilar, xolos. Shu asosida yangi mazhab yuzaga keladi. Birgina inson tomonidan ishlab chiqilgan mazhab avvaliga Bogdodda, keyin Misrda shakllana boradi. Misr mazkur yangi mazhabning vatani bolgani uchun u yerda bu talimot chuqur ildiz ortgani tabiiy. 1517 yil Usmoniy turklar tomonidan Misrga Xanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida Xanafiy mazhabi tasdiq etilmasada, kop Misrliklar (ayniqsa, qishloq joylarida) oz diniy urf-odatlarioda Shofiy ananalariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Yamandagi sunnniy musulmonlar ham shunday qiladilar. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling