Islomda ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasiga masuliyat
Download 31.26 Kb.
|
ISLOMDA OTA-ONALARGA MUNOSABAT VA FARZAND TARBIYASIGA MASULIYAT
ISLOMDA OTA-ONALARGA MUNOSABAT VA FARZAND TARBIYASIGA MASULIYAT Islom dinida farzand tarbiyasi. "œTahrim" surasining 6 — oyatida: "œEy mo’minlar! Sizlar o’zlaringizni va ahli oilangizni o’tini odamlar va toshlardan bo’lgan do’zah olovidan asrangiz!" deb marhamat qilindi. Ya’ni, bu oyati karima hukmiga ko’ra, har bir mo’min ota — ona o’zlarini va oila a’zolarini do’zaxga olib boruvchi gunoh ishlardan saqlanmog’i lozim. Har bir ota ona bu gunohlarni avvalo o’zlari bilmog’i va farzandlariga bildirmog’i lozim. Dinimiz beshikdan qabrgacha foydali ilm o’rganishga buyuradi. Inson ilm olib, o’z bilimlarini mustahkamlab bormas ekan, baquvvat va egilmas daraxtga aylanolmay, nimjon, ojiz nihol kabi qolib ketadi. Bu ma’suliyatli ishning boshida ota-onalar turadi. Ota — onalar kuf yo’lidagi odamlar bo’lsalar, aksariyat hollarda farzandlarini ham shu botil yo’llarga tortib ketadilar. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œHar bir farzand aslida islomiy fitrat bilan tug’iladi, so’ngra ota-onalarining ta’siri bilan yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo’lib yetishadi", deya marhamat qilganlar. 7 yoshgacha bolada "œgo’daklik" davri hokum suradi. Bu davrda ota — ona bolaning salomatligi uchun mas’uldir. Uni kiyim — kechak, oziq — ovqat va boshqa barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi. Bolaga asl tarbiya 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan "œbolalik" bosqichida beriladi. Ota — onaning o’z vazifalarini sidqidildan bajarishi, ayniqsa, ushbu davrda katta ahamiyatga egadir. Chunki odob — ahloqqa poydevor shu davrda hozirlanadi. Bola bu bosqichda taqlidchi bo’ladi, ota — onasidan, atrofdagilardan o’rnak olishga intiladi, ularga taqlid qiladi. Bu davr bolaning balog’atga qadam qo’yish davri bo’lgani uchun ular bilan muomalada ehtiyotkorlik zarur. 14 yoshdan so’ng bolada "œyoshlik" bosqichi boshlanadi. Bu davrda farzandning vujudi kamol topadi, tani kuch — quvvatga to’ladi. Agar oldingi bosqichlarda bola qalbiga Allohga yuksak ishonch — sevgi, Uning qahriga qolishdan qo’rquv hissi chuqur singdirilgan bo’lsa, ushbu bosqichda farzand etuk IYMON egasi bo’lib etishadi. So’ngra "œnavqironlik" davri boshlanadi. Ilk ikki davrda hozirlangan iymon quvvati, Haq va haqiqat hususidagi bilimlar va "œyoshlik" bosqichida olingan go’zal his — tuyg’ular bu davrga yetuk inson bo’lib etishishi omilidir. Ota — ona bu davrgacha farzandlar tarbiyasiga beparvolik qilgan bo’lsalar, farzandlar har turli gunohlarga yuz burgan, turli yomonliklar va jinoyatlardan ham tap totmaydigan ahloqsiz insonlar bo’lib qolishadi. Ota — onalar bu davrgacha bolalari qalbiga buyuk iymon-e’tiqod tuyg’usini singdirgan bo’lsalar, farzandlar bu davrda o’zlarini o’nglab olgan, har turli nafs balolaridan yuz bura oluvchi, hayrli ishlarga bosh bo’ladigan solih va komil insonlar bo’lib yetishadilar. Farzand bu davrda har masala xususida ota — ona maslahatiga muhtoj bo’ladi. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œHech bir ota — ona farzandlariga go’zal tarbiya va yahshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi" deb marhamat qilganlar. ("œOta — onalarga maslahatlar" kitobidan). Forumdoshlar sizlarga savol: Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul? Tarbiyani qachondan boshlash zarur? Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona? Forumdoshlar sizlarga savol: Farzandni qanday tarbiya qilgan ma'qul? Tarbiyani qachondan boshlash zarur? Farzand tarbiyasida kim asosiy o'rin egallaydi otami yoki ona? Assalamu alaykum,Rohatoy. Sizni savollaringizga birinchi bo'lib javob bersam. Avvalo shunday hamma uchun kerakli mavzuni boshlaganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin. Bu narsalar turmush ostonasida turgan yigit qizlarimizga katta foyda beradi deb o'ylayman. Farzand tarbiyasini, haqiqiy islom ruhida qilgan yahshi.Ya'ni unga gapni tushunadigan bo'lishi bilan savob va gunoh yahshi va yomon, halol va harom narsalarni farqini tushuntirib borish lozim. Ularga bolalar uchun mo'l chiqarilgan islomiy kitoblar oq'ib berish, Qur'on, hadisdan ta'lim berish lozim. Alloh kim, payg'ambar kim, Alloh uni nima uchun yaratgan hammasini sekin astalik bilan tushuntirib uning ongiga singdirib borish lozim.(Bu meni fikrim) Tarbiyani onaning qornidaligidan boshlanadi. Bu narsa hadislarda ham kelgan va
Rohatoy, Alloh sizdan rozi bo'lsin. Juda ajoyib narsalarni keltiribsiz. Bu narsa haqiqat. Bola ona bag'ridaligi davridanoq hamma narsani his qilishga qodir. Bu esa Allohning eng katta mo'jizalaridan biri. Shuning uchun ayollar homiladorlik davrida juda ehtiyot bo'lishlari, asosan halol luqmaga e'tirbor berishlari lozim. Yahshi narsalarni o'qishi, eshitishga ahamiyat berish lozim. Bu uchun faqat ayollar emas, balki erkaklarimiz ham mas'uldir. Men o'g'limga ham qizimga ham homiladorlik davrimda Qur'on tilovati bilan mashg'ul bo'lardim. O'g'limni qori bo'lishini juda hohlardim. O'g'lim to'rt yoshga kirganida, qizim esa beshga kirganida Allohning kalomini bemalol o'qiydigan bo'lishdi. Hozir ikkisi ham Qur'onni yodlash bilan mashg'ul. Men esa kenja qizimni o'qitish bilan ovoraman. U hozir olti yoshda, Qur'onni bemalol o'qiy oladi. Allohga shukr. Ularni amalini bardavom qilsin. Men bularni maqtanish uchun aytmadim,balki turmush ostonasida, shu bilan birga bola tarbiyasidek ulug' bir ishni bo'ynilariga olish uchun tayyorgarlk ko'rayotgan qizlarimiz, yigitlarimiz o'rnak olishar va bizdanda qattiqroq harakat qilishar degan umidda yozdim. Yaqinda bir ustozdan eshtib qoldim. Agar ayol homiladorlik davrida, halol luqma bilan taomlanib, yetti marta Qur'onni Hatm qilib chiqarsa, farzandi qori bo'lar ekan. Bu gap to'g'ri noto'g'riligini bilmadim-u, lekin menga bu gapda jon bordek tuyuldi. Vallohi a'lam. O’g’il qizning hulqi yaxshi yoki yomon bo’lsa, uning asl sababchisi ota — onadir. Ota — ona bolani qarovsiz qo’ymasligi, unga ilm, hunar va yaxshilikka chorlaydigan yo’llarni o’rgatishi lozim. Farzandning fe’l — huquqlari kamol topishi, yo’l — yo’riqlari soz bo’lishi, hizmatga loyiq bo’lishi, mukofotlarga sazovor bo’lishi ota — onaning mehri, duosi va tarbiyasiga bog’liq. Behuda va bo’sh qo’yilmagan, tiyib — tergab turilgan farzandlar baht topadilar. O’g’il — qiz yoshligida nimani o’rgansa, umrining so’ngigacha uni unutmaydi. O’g’il — qini o’stirib, farzandlari tufayli sharafga erishgan kishi shunday deydi: "œFarzandga yoshligidan bilim o’rgatish kerak. Bola yoshligida bilim o’rgansa, barkamol bo’ladi. O’g’il — qizni ayama, vaqti — vaqti bilan jazolab tur, chunki jazo ularga ta’lim o’rgatadi. Odan bilim o’rgansa, kunlari bahtli o’tadi, o’zi qanchalik kichik bo’lsa ham, shunchalik ulug’lanadi". Bolaga ota namuna bo’lgan bo’lsa, u otasining hulqini jadal o’rganadi. Ota farzandini tergab tarbiyalasa, uning fe’l — yo’rig’i yaxshi bo’ladi, ota — onasini yuzini yorug’ qiladi. Agar nazorat qilguvchi bo’lmasa, unday farzand yaramas va nobakor bo’ladi. Bunday farzanddan umidingizni uzavering. Ota — ona farzandini yoshligidan nobakor qilib qo’ysa, fe’l — atvori yaramas bo’lsa, unda umuman ayb yo’q, barcha ayb ota — onaning o’zidadir. Qachonki ota farzandini tergab tarbiyalasa, ular ulg’ayganda o’g’lim — qizim deb sevilishga arziydi. Ey ota! Farzandingni tergab tarbiyalagin, toki keyin sendan kulguvchilar bo’lmasin. O’g’il — qizlarga bilim va hunar o’rgatish tufayli ularda insoniy fazilatlar paydo bo’ladi. Alloh kimga aql zakovat va bilm bersa, u barcha orzularga erishadi. Kimning hulqi hush, fe’l — atvori yaxshi bo’lsa, dunyoda ham, oxiratda ham ming " Assalamu alaykum! Jazakahllahu hoyron, Rohatoy opajon! Man balki bola tarbiyasi haqida fikr bildirishga ancha yoshlik bilarman, lekin shayx Mahmud As'ad Jo'shon hazratlarining "Haqiqiy sevgi" asarlari manga juda yoqib qolgan bitta gap bor: onaning vazifasi- bolasini o'ziga isyon qilmaydigan qilib tarbiyalash degan mazmunda... Manimcha bu onalar (+ bolajak onalar) uchun juda ibratli gap. Assalomu-alaykum opajonlar albatta man ham farzand tarbiyasi haqida gapirishga hali yoshman.Lekin hozirda hayotimizda bu'lib turgan oddiy haqiqatdan kelib chiqib farzand tarbiyasida eng avval onalar mas'ullar deb uylayman.CHunki bizlarni oilamizda ham hozirgi ku'pgina u'zbek oilalari singari adajonim oilamizni moliyaviy ta'milash maqsadida bizlardan uzoqda ishlab yashashga majburlar.Bizlar esa ayajonim bilan birga yashaymiz.Albatta bunday hayot yengil emas.Lekin adajonim bizlarni bekorga ayajonimga ishonib qoldirmaganla deb uylayman.CHunki ota-onam bir-birlarini juda yahshi tushunadila.Bizlarni ilm olib uni tarqatuvchi insonlar bulishimiz va jamiyyatda uz u'rnimizni topishimiz uchun hayotdagi ba'zi qiyinchiliklarni birgalashib yengib utishga va ogir holatlardan maslahat bilan chiqib ketishga harakat qiladilar.Bizlarni barcha injiqliklarimiz va bazi bolalik ozorlarimiz esa ayajonimga.Albatta ular bizlarni tushunishga harakat qiladilar.Tarbiyamiz uchun jon kuydirib harakat qiladilar.SHunday hollar bu'ladiki ularni ranjitamiz bizlarni adamlani jahllaridan asrab hamma hatolarimizniyam aytavermaydila.Ukalarim bilan ayamlani shu ishlaridan hulosa chiqarib u'zimizni tugrilashga harakat qilamiz.... Hullas manimcha har bir bolaga onalari ibrat bu'ladi yana bilmadim. Assalomu alaykum singiljonlarim! Samimiy fikrlaringiz uchun rahmat! Man ham hali farzand tarbiyasi haqida tajribaga ega emasman, lekin ishonaman, albatta bir kun kelib bunday ma'suliyatli ishni bo'ynimizga olamiz. Nargiza opa aytganlaridek, bu mavzu barchamizga kelajakda albatta kere bo'ladi, inshaolloh! Diyorimizda oila ma'naviyati va madaniyati asrlar davomida o'ziga xos tarzda shakllangan. Vatanga, ota-onaga sodiqlik va fidoyilik o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Bular zaminida yoshlarga oilada, ta'lim maskanlarida, mahallalarda beriladigan ta'lim tarbiya yotadi. Shuning bilan birgalikda farzand tarbiyasidagi eng muhim omil bu – ota-ona tarbiyasi, ularning farzandiga qilgan e'tiboridir. Xalqimizda “Qush uyasida ko'rganini qiladi”, degan maqol bejiz aytilmagan. Serfarzandlik va bolajonlik; kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat; erkaklarning oiladagi yuqori mavqei, ayollarning royishligi; oila va nikohning muqaddasligiga e'tiqod; ota-onalarning farzandlar oldidagi hamda farzandlarning ota-onalar oldidagi burch va mas'uliyatining muhim qadriyat sifatida e'tirof etilishi; oila sha'ni va obro'sining avaylab asralishi; kelin va qaynona munosabatlarining o'ziga xosligi; katta oilalarda bobo va buvilarning rahnamoligi; qarindoshlar, qo'ni – qo'shnilar, mahalla – ko'y oldidagi majburiyatini teran his qilish kabi o'zbek oilasiga xos bunday xususiyatlar zamirida dinimiz ta'limotlari yotadi. Dunyoda ota-ona eng ulug' zotlar hisoblanadi. Chunki ular o'z farzandlari uchun hayotini, mehrini bag'ishlaydi. Farzandi katta bo'lib, oila qurib ketgandan keyin ham u haqda qayg'urishdan to'xtamaydi. Ota-ona farzandi dunyoga kelishi bilan uni parvarish qilib, katta qiladi, kasal bo'lsa, davolaydi, yediradi, kiydiradi, uni oq yuvib, oq taraydi. Umuman, farzandini hayotda kerakli barcha narsalar bilan ta'minlashga harakat qiladi. Hatto buning uchun o'zlari yeyish-ichish, kiyinish va shu kabi narsalardan mahrum bo'lsalar yoki kechalari uyqudan qolsalar ham. Bugun yoshlarimiz baxtli, chunki ularning ota-onalari boshida, ular uchun kerakli narsalarni ortig'i bilan olib bermoqda. To'g'ri, bu ishlar ota-onaning farzand oldidagi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Afsuski, ba'zi ota-onalar o'zlarining vazifalari faqat shu deb o'ylashadi. Holbuki, bulardan ham muhim, bulardan ham qiyin va bulardan ham asosiy vazifa ham bor, bu farzandning ma'naviy-axloqiy tarbiyasidir. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunday marhamat qiladilar: “Ota-ona farzandiga yaxshi xulqdan ham ortiqroq narsa bera olmaydi”. Demak, ota-ona farzandiga beradigan eng yaxshi narsasi qimmatbaho kiyim, yaxshi taom yoki ajoyib sovg'a emas, balki go'zal xulq va yaxshi tarbiyasi ekan. Chunki kiyim, taom yoki sovg'a bolaga ma'lum vaqt foyda beradi, vaqt o'tishi bilan esa eskiradi. Go'zal xulq, yaxshi tarbiya esa farzandga umri davomida foyda beradi. Nafaqat umri davomida, balki vafotidan keyin oxiratda ham naf keltiradi. Zero, hadisi sharifda: “Banda go'zal xulqi ila kechalari ibodatda qoim bo'luvchi hamda kunduzi ro'za tutuvchining darajasi – savobiga erishadi”, deyilgan. Tan olish kerakki, ba'zi oilalarda ota-ona ertalabdan kechgacha ishlab, ko'cha-ko'yda yuradi, uyda bo'lgan vaqtlarida ham o'z ishlari bilan ovora bo'lib farzandlariga vaqt ajrata olmaydi. Natijada farzand tarbiyani telefon, internet, televizor hamda ko'cha-ko'ydan olmoqda. Shunday tarzda ulg'aygan bola yaxshi xulqli, odobli, ilm-ma'rifatli va kelajakda el-yurtiga xizmat qilib, ota-onasiga rahmat olib keladigan bo'lib ulg'ayishiga kim kafolat bera oladi?! Farzandlarimiz, bo'sh vaqtlarida nima bilan shug'ullanmoqda, kuni bilan vaqtini nimalarga sarflayapti, uydagi televizor yoki kompyuterda nimalarni tomosha qilayapti, siz olib bergan telefondan yana qanday ishlarda foydalanmoqda, internetda qanday ma'lumotlarni o'qib, qanday lavhalarni ko'rmoqda, ko'chada kimlar bilan do'st bo'lib, ular bilan vaqtini qanday o'tkazmoqda yoki siz berayotgan pullarni qaerlarga sarflayapti?! Bunday ishlarda farzandni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. Bir odam o'g'li bilan birga hazrat Umar (r.a.)ning huzuriga keldi: “Bu o'g'lim, menga itoat etmaydi”, deya shikoyat etdi. “Allohdan qo'rqmaysanmi, nega ota-onangga qarshi chiqasan? Ota-onaning farzandda juda ko'p haqlari bor”, deya hazrati Umar o'smirni ogoh etib, tanbeh berdilar. “Ey mo'minlar amiri, bolaning ham otada biron haqqi bormi?” deya so'radi yosh yigit. “Ha, bor. Avval yaxshi xotinga uylanishi, bola tug'sa, yaxshi ism qo'yishi, unga Qur'oni karimni va farz ibodatlarini o'rgatishi, uylanadigan yoshga yetgach uylantirishi – bolaning otasidagi haqlaridandir”, dedilar hazrati Umar. “Allohga qasamki, otam musulmon ayollarni qoldirib, 400dirhamga sotib olgan bir cho'ri bilan turmush qurdi. Menga yaxshi ism qo'ymadi. Ismimni qurt – hashorat ma'nosida Juhla deb qo'ydi. Menga Qur'oni karimdan va ibodatlardan hech narsa o'rgatmadilar”, dedi. Buni eshitgan hazrati Umar o'smirning otasiga qarab: O'g'lim menga itoat etmaydi, deysan. Hobuki, u senga qarshi chiqishdan avval sen uni haqlarini toptab, farzanding oldidagi vazifalaringni ado etmabsan-ku. Endi bor, avval o'z vazifalaringni bajar, - deya haligi kishiga tanbeh bergan ekan. Hadis sharifda “Farzanding yo jannating yoki do'zaxingdir”, deb aytilgan. Agar ota-ona farzandini yaxshi xulqli, odobli va imon-e'tiqodli qilib tarbiyalasa, bunday farzand qiyomat kunida o'zi bilan ota-onasini ham jannatga yetaklaydi. Shunday ekan, har bir ota-ona farzandlarining tarbiyasiga ko'proq e'tibor berishi, ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan ta'lim berishi, ularni doimo nazorat qilib borishi, yomonlarga yaqin yo'latmasligi lozim ekan. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obro' olib keladigan, yuzlarini yorug' va boshlarini yuqori qiladigan farzandlar bo'lib katta bo'lishadi. Download 31.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling