Nordic international university X alqaro nordik universiteti


Download 55.5 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1462648
  1   2   3
Bog'liq
mta


NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY

X ALQARO NORDIK UNIVERSITETI

ESSE




Guruh: MBT-123
Fan: Sharq bolalar adabiyoti
Bajardi: USMONOVA SABOXAT


2023-yil
Annotatsiya: Sadoqat


Kalit so'zlar:ishonch;o'zbek;xiyonat;vafo;umid
Reja:

  1. Sadoqat oʻzi nima?

  2. Sadoqatning ziddi — xiyonat

  3. Yoshlarimizni xiyonat illatidan qanday himoya qilish mumkin?



Kirish: Sadoqat oʻzi nima? Masalaga ilmiy yondashmasak, adashamiz. Sadoqat balandparvoz soʻz boʻlib qolaveradi. Sadoqat odamning Vatani, unga ishongan, uni sevgan kishilari oldidagi burchini anglashidan kelib chiquvchi fidoyiligi, javonmardligi. Uning maʼnosi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da doʻstlik, birdamlik, samimiylik, chin qalbdan berilganlik, sodiqlik, vafodorlik degan soʻzlarda ochib berilgan. Shoyad, bolam shunday boʻlsa, deb Sodiq, Siddiq, Sadoqat, Siddiqa, Muhammad Sodiq, degan ismlar qoʻyadi bolasiga oʻzbek. Sadoqat — kuchli xarakter belgisi. U odamdan oʻz burchini oqlash uchun toʻsiq va qiyinchiliklardan chekinmaslikni, toymaslikni, qaytmaslikni, ularni mardona, chidam bilan bartaraf qilishni, oʻzini qiynashni talab qiladi. Sadoqatli boʻlish uchun nima qilmaslik kerakligi Prezidentimiz Murojaatnomasida aniq-tiniq ochib berildi: “Oʻzimiz oʻzimizga xiyonat qilmasak, oʻzimiz oʻzimizni aldamasak, halol-pok boʻlib mehnat qilsak, men aminman, koʻzlagan barcha marralarimizga, albatta, yetamiz...”. Bu yoʻldan borayotgan mard yigit-qizga har xil chalgʻituvchi manfaat, yengillik, aldovlar ishva qilib, «Oʻzingizni qiynab nima qilasiz. Hamma shunday qiladiku. Oʻzingizni oʻylasangizchi?», deydi. Lekin sodiq yigit, siddiqa qiz bu aldovlarga uchmaydi. Qancha qiyin boʻlmasin, unga ishonib topshirilgan ishonchni oqlab, natijaga erishishda sobit boʻladi. Katta ishonch katta sadoqatni talab qiladi. Uni oqlash uchun odamdagi barcha yaxshi fazilatlar oyoqqa turadi, ishga tushadi. Sadoqat odamning yuzini yorugʻ qiladi, uning oʻziga ishonchi va hurmatini oshiradi.
Bugun bizdan mehnatda, ishda oʻz burchiga sadoqat talab etilmoqda. Bu har birimizga har kuni berilayotgan imkoniyat. Masalan, sportchi yoshlarimizning yurtga sadoqati ularning gʻalabalarida mujassam. Ayni vaqtda yoshlarimizga ibrat boʻlib, ularda Vatanga sadoqatni tarbiyalamoqda. Vatanga sadoqat nafaqat sport, balki intellektual kurash maydonlarida ham namoyon boʻladi. Yurtboshimizning “...Shunday bilimli, barkamol, Vatanga sadoqatli farzandlarimiz qancha koʻpaysa, Oʻzbekistonning kelajagi shunchalik buyuk boʻlishi muqarrar”, degan eʼtirofiga muyassar boʻldi.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling