Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Ingliz filologiyadi va tarjimashunoslik fakulteti 237--guruh talabasi Xudoyorova Mardona Ali qiziga tavsifnoma


Download 8.61 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi8.61 Kb.
#1829376
Bog'liq
tavsif


Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Ingliz filologiyadi va tarjimashunoslik fakulteti 237--guruh talabasi Xudoyorova Mardona Ali qiziga
TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba Xudoyorova Mardona Ali qizi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 44-umumiy o’rta ta’lim maktabida shu yilning 7-fevralidan 21-fevralgacha pedagogik amaliyotini o’tadi. Amaliyotning tayyorlov bosqichida talaba maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan tanishdi.
Amaliyotning to'rtinchibosqichi ya’nu asosiy bosqichida Xudoyorova Mardona o’ziga biriktirilgan sinf va sinf murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Chet tili va boshqa fan o’qituvchilarining darslariga kirib kuzatdi, darslarni tahlil qildi. O’quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o’zlari o’quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdilar. O’zlariga berilgan kundalikni too’ldirib bordi. Talaba Xudoyorova Mardona faol amliyotga kirishdi, o’qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o’tkazishlarida yaqindan yordam berdi. Shuningdek talaba o’ziga biriktirilgan sinflarga turli xil ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari, tarqatma materiallar, kompyuter, televizor va boshqa elektrik va texnologik jihozlardan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etdi. Amaliyotchi dars jarayonida ham juda faol ishtirok etdi.
Shuningdek, u o’zining xushmuomalaligi, kirishuvchanligi hamda hamisha quvnoq kayfiyatda o’quvchilar bilan munosabatda bo’lishi orqali maktab o’quvchilarida iliq taassurot qoldirdi. Xudoyorova Mardona o’zining pedagogik ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida 10-sinf o’quvchilariga amaliyot davomida darslar o’tdi. Shuningdek u o’tkazgan tarbiyaviy soat darsi ham sinf rahbari tomonidan yuqori baholandi. Tarbiyaviy soat mavzusi keng qamrovli, ma’naviy va madaniy tarbiyaga asoslangan bo’lib, bolalar ongiga ezgu g’oya va fikrlarni singdirish uchun maxsus tayyorladi.
Talaba Xudoyorova Mardona turli xil suhbatlar, yig’ilish, to’garak, ekskursiya va bayramlar o’tkazdi va boshqa tadbirlarni o’tkazishda maktab ma;muriyatiga yordam berdi.
Umuman olganda, amaliyotchi har tomonlama pedagogik faoliyatini o’rganishda faollik ko’rsatdi va amaliyotda sinab ko’rishga ham erishdi. O’quvchilar bilan tez til topisha oldi, fan o’qituvchilari hurmatiga sazovor bo’ldi. O’ziga yuklatilgan vazifani o’qituvchilar singari o’z vaqtida va aniq bajarishga harakat qildi.
Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ko’zlagan maqsadiga: o’qituvchilik kasbini o’rganish, maktab hayoti hamda faoliyati bilan tanishishga erishdi. Xudoyorova Mardona uddaburonligi, tirishqoqligini nazarda tutgan holda unga maktab ma’muriyati a’lo ya’ni 50 ball qo’yishni tavsiya etadi.


Maktab amaliyot rahbari: _____________ __G.Qurbonova ._____________________
Maktab direktori: _____________ _M.Ochilova_____________________
Download 8.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling