Iv chorak matematika V sinf Yozma ish №10 I variant


Download 19.79 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.79 Kb.
#223533
Bog'liq
IV-CHORAK-Matematika-V-sinf


IV CHORAK Matematika V sinf

Yozma ish № 10

I variant

1.Bo’lishni bajaring: а) 93,15 : 23; b) 14, 706 : 100.

2.Ifodaning qiymatini toping: 3 ∙ 0,13 ∙ 0,5 ∙ 2.

3.Tomonlari 6 m va 10 m bo’lgan xona polini tomonlari 30 sm va 75 sm bo’lgan parket taxtachalari bilan qoplash kerak. Nechta shunday taxtachalar kerak bo’ladi?

4.26 ta bir xil detalning massasi 88,4 kg bo’lsa, 15 ta shunday detalning massasini toping.

5.Tenglamani yeching: 8у + 5,7 = 24,1.



II variant

1.Bo’lishni bajaring: а) 13,59 : 18; b) 63,706 : 100.

2.Ifodaning qiymatini toping: 1,2 ∙ 7,09 ∙ 5 ∙ 10.

3.Tomonlari 7 m va 10 m bo’lgan xona polini tomonlari 35 sm va 70 sm bo’lgan parket taxtachalari bilan qoplash kerak. Nechta shunday taxtachalar kerak bo’ladi?

4. Motosiklchi belgilangan joygacha 330 km yo’l bosdi. Birinchi 3 soatda 60 km/soat tezlik bilan yurdi, qolgan yo’lni 2 soatda bosib o’tdi. Yo’lning ikkinchi qismidagi tezligi birinchi qismidagi tezligidan necha marta ko’p bo’lgan?

5. Tenglamani yeching: 9х + 3,9 = 31,8.



Yozma ish № 11

I variant

1. Ko’paytirishni bajaring: а) 7,125 ∙ 2,6; b) 0,0018 ∙ 3,4.

2.Bo’lishni bajaring: а) 29, 64 : 7,6; b) 7,2 : 0,045.

3.Tarozida tortib besta qo’yning og’irliklari aniqlandi: 28,5kg, 32,6 kg, 35,1 kg, 30,3 kg va 27 kg. Qo’ylarning o’rtacha og’irligini toping.

4. Ifodaning qiymatini toping: 50 – 23 ∙ (66,6 : 37).

5. Katerning oqim bo’yicha tezligi 39,1 km/soat. Katerning o’z tezligi 36,5 km/soat. Daryo oqimining tezligi va katerning oqimga qarshi tezligini toping.



II variant

1. Ko’paytirishni bajaring: а) 3,725 ∙ 2,4; b) 0,0018 ∙ 2,4.

2. Bo’lishni bajaring: а) 60, 03 : 8,7; b) 36,4 : 0,065.

3. Ko’lning chuqurligini aniqlash uchun besh marta o’lchashni amalga oshirishdi. Birinchi marta 7,5 m, ikkinchisida – 8,2 m, uchinchisida - 8,8 m, to’rtinchisida - 7,4m va beshinchi marta - 9,1 m bo’ldi. Ko’lning o’rtacha chuqurligi qanday?

4. Ifodaning qiymatini toping: 40 – 24 ∙ (40,6 : 29).

5. Qayiqning oqimga qarshi tezligi 0, 9 km/soat. Qayiqning o’z tezligi 3,2 km/soat. Qayiqning oqim bo’yicha tezligini va oqimning tezligini toping.



Yozma ish № 12

I variant

1.Saylov uchastkasida 25000 ta saylovchi bor. Bu saylovchilarning 60% i ovoz berishda ishtirok etishdi. Ovoz berishda nechta saylovchi ishtirok etdi?

2.Sayyoh eshkakli qayiqda 504 km suzdi, bu butun yo’lning 36% ini tashkil etadi. Butun yo’lning uzunligini toping.

3.Do’konda 800 kg kartoshka bor edi. Uning 60% ini sotishdi. Do’konda qancha kartoshka qoldi?

4. СЕ nur DCM to’g’ri burchakni ikkita DCE va ЕСМ burchaklarga bo’ladi. Agar DCE burchak DCM burchakning 0,4 qismini tashkil qilsa, bu burchaklarning gradus o’lchovini toping.

5.Vrachlar kunduzgi ovqatlanish normasini 4 maxalga quyidagicha taqsimlashni maslahat beradilar: nonushta - 25 %, ikkinchi nonushta - 15 %, tushlik - 45 % va kechki ovqat - 15 %. Ovqatlanish normasiga mos doiraviy diagramma yasang.



II variant

1. Shaharda 30000 ta aholi yashaydi. Ularning 23 % ini bolalar tashkil qiladi. Shahardagi bolalar soni nechta?

2.Matematikadan olimpiadada qatnashuvchilarning 32% i maqtov yorlig’I bilan taqdirlandi. Agar taqdirlanganlar soni 416 ta bo’lsa, nechta o’quvchi olimpiadada qatnashgan?

3. Shanbalikda 160 kishi qatnashdi. Ularning 25 % i yo’lni ta’mirlashdi, qolganlari esa daraxt ekishdi. Nechta kishi daraxt ekishdi?

4. MN nur CMD to’g’ri burchakni CMN va NМD burchaklarga bo’ladi. NMD burchak CMD burchakning 0,8 qismini tashkil qilsa, CMN burchakning gradus o’lchovini toping.

5. Yer sharida quruqlik quyidagicha bo’lingan: O’rmonlar - 57 mln. kv.m, Cho’llar - 24 mln.kv.m, Tundralar, dashtlar va botqoqlar - 54 mln.kv. m, Xaydalgan yerlar - 16 mln.kv.m. Ma’lumotlar asosida doiraviy diagramma yasang.



Yozma ish № 13

I variant

1.Ifodaning qiymatini toping: (18 + 12 ∙ 27) : (327 - 156)

2.Tenglamani yeching:

3.Ifodaning qiymatini toping: (18 – 16,9) ∙ 3,3 + 3 : 7,5.

4.Tarozida tortib uchta qo’yning og’irliklari aniqlandi: 28,5kg, 32,6 kg, 35,2 kg. Qo’ylarning o’rtacha og’irligini toping.

5.Qulupnoy tarkibida o’rtacha 6 % shakar bor. 12 kg qulupnoyda qancha shakar bor?



II variant

1. Ifodaning qiymatini toping: (1350 : 45 - 15) ∙ (48 + 77)

2.Tenglamani yeching:

3. Ifodaning qiymatini toping: (21 – 18,3) ∙ 6,6 + 3 : 0,6.



4. Birinchi soatda chang’ichi 10,8 km, ikkinchi soatda 9,4 km va uchinchi soatda 9,2 км yurdi. Bir soatda chang’ichi o’rtacha necha kilometr yurgan?

5. Bodringning tarkibida o’rtacha 95 % suv bor. 20 kg bodringda qancha suv kilogram bor?
Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling