Izohli lug‘at (glossariy) Administrator


Download 38.5 Kb.
bet1/7
Sana13.01.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1090005
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossary


IZOHLI LUG‘AT (GLOSSARIY)
Administrator – elektron axborot-ta’lim resurslarini moslashtirish va boshqarish uchun keng huquqlarga ega bo‘lgan mutaxassis.
Animatsiya – dinamik va ovozli jarayonlarni ifodalashga imkoniyat beradigan grafik axborotlarni tashkil etish usuli.
Asinxron kommunikasiya – axborotlarni vaqt bo‘yicha kechiktirib almashish imkoniyatini beradigan muloqot vositalari (forum, el. pochta).
Axborot – (lat. informatio– tushuntirish, bayon qilish) – shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar.
Audioanjuman – tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning ma’lumotlarni ovozli – raqamli ko‘rinishda almashinish jarayoni.
Axborot xavfsizligi – himoyalanayotgan axborotning asosiy uchta: konfidensiallik, yaxlitlik, tayyorlik xossalarini saqlash maqsadida funksional va axborotga kirish imkoniyatlarni chegaralaydigan vazifa.
Bilimlar bazasi – biror fan sohasiga oid obyektlarning xossalari, jarayon va hodisalarning qonuniyatlari haqida ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan, talab etilgan vaziyatlarda ushbu ma’lumotlarni foydalanish qoidalariga ega bo‘lgan holda tashkil etilgan bilimlar yig‘indisi.
Videoanjuman – turli geografik manzillardagi foydalanuvchi guruhlari orasida raqamli videoyozuv yoki oqimli video ko‘rinishida ma’lumotlarni almashinish asosida yig‘ilish va munozaralar o‘tkazish jarayoni.
Virtual auditoriya – o‘quv jarayonining o‘qituvchisi va boshqaruvchisining maslahatini olish uchun tarmoq texnologiyasi yordamida turli geografik joylarda yashayotgan talabalarni birlashtirish.
Virtual laboratoriya – o‘rganilayotgan haqiqiy obyektlarda bo‘layotgan jarayonlarni kompyuter imitasiyasi orqali taqdim etish va masofaviy kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan dasturiy majmua.

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling