Jabborova Saida va Sunnatullayeva Mubinaxon 19. 23 gruh


Download 124 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi124 Kb.
#1733481
Bog'liq
1-gruh

Mavzu: O’zbekiston demokratik, fuqarolik jamiyati asoslanish,oshirilgan siyosi islohotlar.

Jabborova Saida va Sunnatullayeva Mubinaxon

19.23 gruh

1-gruh

Qonun ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi oliy o’rgan - Oliy Majlis haqida.

Reja

  • 1. Milliy davlat boshqaruv hokimyati tizimining shakillantirilishi
  • 2.Mustaqil O’’zbekistonda hokimyatlar bo’linishi prinsipi. O’zbekistonda parlament tizimi va undagi islohatlar.
  • 3. O’zbekistonda siyosiy islohatlarning boshlanishi. Ko’ppartiyaviylik tizimining shakillanishi , jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati.

Davlat hokimyati va boshqaruvini demokratlashtirish.
O'zbekiston respublikasi oliy davlat hokimyati tizimi
Qonun chiqaruvchi
Oliy Majlis
Ijro etuvchi
Prezident
Vazirlar mahkamasi
Sud
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
O’zbekiston Respublikasi Oliy хo’lalik sudi

Qonun ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi oliy o’rgan - Oliy Majlis

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan.

1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan.

2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999-yil 5 va 19-dekabrda boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004-yillarda faoliyat koʻrsatgan.

 Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi.

2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.

Konstitutsiyaviy sud: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

Oʻzbekiston respublikasi oliy sudi — Oʻzbekiston fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. Oliy sudning tashkil etilishi va uning faoliyat koʻrsatishi masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (110-modda), "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 14 dekabr), Fuqarolik protsessual va Jinoyat protsessual kodekslari normalari, shuningdek, qonunchilikning boshqa hujjatlarida belgilab berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oliy sud ishlarni 1-instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud raisi, uning 1-oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, sudlov hayʼatlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga qonunchilik tashabbusi huquqi berilgan.

Oʻzbekiston respublikasining oliy xoʻjalik sudi — Oʻzbekistonda xoʻjalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. Xoʻjalik sudining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 111-moddasi va "Sudlar toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 14 dekabr)da belgilab berilgan. Bunga koʻra. mazkur sud Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahri xoʻjalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

Oliy xoʻjalik sudi ishlarni 1instansiya sudi sifatida, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi; Oliy xoʻjalik sudi Plenumining tushuntirishlari xoʻjalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xoʻjalik sudlari faoliyatini tekshiradi, ularning ish tajribasini umumlashtiradi va ommalashtiradi. 

O'zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrga bo'linadi.

Birinchi davr: 1991-1994 yillar

ikkinchi davr: 1995-2004 yillar

uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling