Jahon xalqlari epigrafikasi fanidan “turkiy epigrafik yodgorliklar


Download 35.65 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi35.65 Kb.
#1105922
  1   2   3
Bog'liq
ATRABOTKA EPIGRAFIKA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
19.76-B GURUH TALABASI ISLOMIDDIN MUSOJONOVNING
JAHON XALQLARI EPIGRAFIKASI FANIDAN TURKIY EPIGRAFIK YODGORLIKLAR. MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


O‘ZLASHTIRMA ISHI

BAJARDI: I. MUSOJONOV


QABUL QILDI: A. ALOXUNOV


FARG‘ONA – 2023
Mavzu: Turkiy epigrafik yodgorliklar
Reja:
1. Turkiy bitiklarning tarixiy ahamiyati.
2. Turkiy bitiklar tarixiy manbaa sifatida.
3. To‘nyuquq bitik toshi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Turkiy bitiklarning tarixiy ahamiyati.
Qadimgi turkiy bitiklar haqida. XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir va Mo’g’uliston hududlarida topilgan "sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi. 1889-yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar. Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893-yili Daniyalik olim Vilgelm Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk hoqonliklari davrida xonlar, sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir. Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkey xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxunEnasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb yuritiladi. O’rxun-Enasoy yozuvinng kelib chiqishi xususidagi turli fikrlari ham mavjuddir: ba‘zilar uni oromiy yozuvlar bilan bog’lasa, ba‘zilar qadimgi turkiy tamg’alar bilan bog’laydilar. Asli O’rxun-Enasoy yozuvi fonografik yozuv bo’lib, unda 35 belgi mavjud. Har bir harf bir-biriga qo’shilmay alohida yoziladi.



Download 35.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling