Jamiyat va madaniyat


Download 17.62 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi17.62 Kb.
#1037123
  1   2
Bog'liq
falsafa 3.2


3.2 Jamiyat va madaniyat
Reja:
1. Jamiyat va madaniyat.
2. Madaniyatga ta‘sir o’tkazuvchi tashqi omillar
Madaniyat insonni ijtimoiy mavjudot sifatida talqin qilish imkonini berar ekan, «jamiyat-madaniyat» konteksti bilan bog’liq muammolarni ham tilga olish, tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan madaniyatning, inson ijodiy faoliyati natijalarining qanday qilib jamiyat taraqqiyotiga joriy etila borilishini aniqlash zarur bo’ladi.
Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha jamiyat dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda.

Madaniyat taraqqiyotidagi vorisiyligi bir tomondan, yangi avlodlar tomoni-dan ajdodlar tajribasini o’zlashtirilishini anglatsa. Ikkinchi tomonidan, o’tmish madaniyatining kelajak madaniyatiga ta‘sirini ifodalaydi. Madaniyat yutuqlarining taraqqiyotiga faol ta‘siri shundan dalolat beradiki ushbu taraqqiyot o’z mantig’iga ega. Ushbu o’ziga xoslikni inobatga olmay turib, insoniyat taraqqiyoti davomidagi madaniyat progressini tushunib bo’lmaydi. Vorisiylikning xar qanday buzilishi oxir oqibatga salbiy natijalarga olib keladi. Biroq bunday buzilish hamisha tashqi omillar ostida sodir bo’ladi. Masalan. G’arbiy yevropada o’rta asrchilik illatlaridan xolos bo’lish uchun ko’p asrlar kerak bo’ldi. Sovet hokimiya-tining madaniyat sohasiga ko’rsatgan salbiy ta‘siri oqibat-larini anglash uchun ham ko’p yillar talab qilinadi.


Ushbu misollar ko’rsatib turibdiki, tashqi omillar, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyatga turfa xil ta‘sir o’tka-zib keladi. Shu sababdan, ulardan ko’z yumish emas, bartaraf etish choralarini izlash maqsadga muvofiqdir.
Madaniyat taraqqiyoti jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga bog’liq. Ushbu aloqadorlikdan xoli bo’lgan madaniyatning o’zi yo’q va bo’lishi ham mumin emas. Madaniyat progressi va regressi tarixiy shart-sharoitlar, jamiyatdagi ob‘ektiv xususiyatlar bilan hamohangdir. Chunonchi, qadimgi yunoniston madaniyatiga ta‘sir ko’rsatgan xususiyatlaridan biri-quldorlikning mavjud bo’lishi edi. Aynan ana shu quldorlik mehnat taqsimotini ta‘minladi va qadimgi yunon madaniyatining gullab yashnashi uchun zamin yaratdi. Renessans davr madaniyati esa yangi tipdagi iqtisodiy munosabatlarga borib taqaladi. Inson haq-huquqlarining oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilishi esa xx asrda madaniyatning yanada taraqqiy topishiga imkon berdi.
Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi tashqi omillar sarasida iqtisodiyot alohida o’rin tutadi. Inson moddiy ne‘matlarini yaratish bilan birga o’z ijodkorlik qobiliyatini ham shakllan-tiradi. Garchi u bunda ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatsada, uning ijodiy faoliyati ma‘lum ijtimoiy shart-sharoitlarda sodir bo’ladi. Ushbu shart-sharoitlarning markazida esa kishilar o’rtasidagi moddiy munosabatlar turadi.
Rivojlangan jamiyatlarda moddiy shart-sharoitlar bilan madaniyat orasidagi munosabatlar murakkab xarakterga ega bo’ladi. Madaniyatning asosiy parametrlari iqtisodiy bazis tomonidan aniqlanadi. Ayni paytda madaniyat taraqqiyoti iqtisodiy bazisga qudratli ta‘sir ko’rsatishini ham e‘tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Madaniy jarayonlarga turmush tarzi, xalq farovonligi darajasi, uning turmush vositalari bilan ta‘minlanganligi darajasi ham katta ta‘sir o’tkazadi. Biroq, jamiyat faro-vonligi bilan madaniyat o’rtasidagi dialektik aloqadorlik nihoyatda murakkab xarakterga ega. Ular orasidagi aloqadorlik turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Shu sababdan xalq farovonligining jamiyat madaniyatiga ta‘sir ko’rsatishiga zamin yaratadigan qator imkoniyatlar yuzaga keladi. Ushbu imkoniyatlar chegarasi ikki xususiyat bilan bog’liq:
Hayot kechirish vositalari bilan yetarli ta‘minlan-ganlik madaniy taraqqiyot uchun real shart-sharoit yaratadi;
Jamiyat farovonligining o’sishi fuqarolar madaniya-tining degradatsiyasiga sabab bo’ladi.
Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi yana bir tashqi omil mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuvi jarayonida asta-sekinlik bilan aqliy faoliyat bilan maxsus shug’ullanadigan kishilar yuzaga keldilar. Aqliy faoliyatning jismoniy faoliyatdan ajratilishi madaniyatning to’la qonli rivojlanishi katta imkoniyatlarni hosil qildi. Biroq madaniyat taraqqiyoti ziddiyatlarga to’la bo’ldi. Xususan aqliy va jismoniy faoliyatning tafovutlanishi jamiyat a‘zolari katta qismini madaniy taraqqiyotga o’z xissalarini qo’shish imkonidan mahrum etdi. Ayrim jamiyat a‘zolarining madaniy taraqqiyotdan begonalashuvi uchun zamin yuzaga keldi.
Yigirmanchi asr jamiyat a‘zolari imkoniyatlarini mada-niy taraqqiyot yo’lida safarbar qilish uchun real shart-sharoitlarni hosil etdi. Endilikda aqliy va jismoniy fao-liyatning tafovutlanishi xalqni madaniyatdan benasib qilish omili deb qaralmayotir. Ushbu nuqtainazar xalq madaniyatini oshirishga xizmat qilayotir. Ayni paytda xx asr madaniyat bilan daxldor yangi muammolarni yuzaga keltirganini ham e‘tirof etish zarur. Ushbu muammolar orasida ham «madaniyat-mehnat taqsimoti» konteksti sezilarli rol o’ynaydi.
Madaniyatga ta‘sir o’tkazuvchi tashqi omillar xarakteri jamiyatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Masalan, g’arb va sharq jamiyatlarida madaniyatga turli xarakterdagi tashqi omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham g’arb madaniyatini sharq madaniyatidan ajrata bilish zarur. Taniqli rus fayla-sufi a.g.spirkin sharq va g’arb madaniyati o’rtasidagi tafovut haqida mulohaza yuritar ekan, bunday farqlashning uch mezo-nini tilga oladi:
a) inson shaxsiga bo’lgan munosabat;
b) ijtimoiy-siyosiy faollikka bo’lgan munosabat;
v) aqlning imkoniyatlariga bo’lgan munosabat.
Xususan, g’arb alohida shaxsning huquqlari va erkinlik-larini, individualizm g’oyalarini ulug’lasa, sharq madaniyatida shaxsiy manfaatlardan yoki xudo, yoki jamiyat, yoki davlat foy-dasiga voz kechish yoqlanadi. Sharqda g’arbdan farqli o’laroq shaxs faolligining mutlaqo o’zgacha shakllari e‘tirof etiladi. Shuningdek, g’arbda ratsionalistik va pragmatik bilishning ahamiyatiga alohida e‘tibor berilsa, sharq madaniyati qadim-qadimdan bilishning introspektiv-intuitiv bilish shakllari ham mavjudligini uqdirib keladi. Unga ko’ra, olamning mohiyatini nafaqat his-tuyg’ular va aql yordamida, balki xudoning inoyati bilan berilgan ichki quvvat, intuitsiya orqali ham bilib olish mumkin. Tafovutlardan ko’rinib turibdiki, har ikkala madaniyatning shakllanishiga turli tashqi omillar ta‘sir ko’rsatgan.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.madaniyatning qiyofasi jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta‘siriga bog’liq. Ushbu omillar turkumiga iqtisodiy bazis jamiyatdagi moddiy munosabatlar, xalq farovonligi darajasi, mehnat taqsimoti va shu kabilar kiradi.
2.ishlab chiqarishning rivojlanganligi darajasi ijti-moiy-iqtisodiy munosabatlar xarakteri, farovonlik mada-niyatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. Ushbu omillarning madaniyat bilan dialektik aloqadorligi murakkab xarakterga ega.
3.mehnat taqsimoti madaniylik va ijtimoiylik o’rtasi-dagi munosabatlarni tubdan o’zgartiradi. Buning natijasida ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida yangi va yangi muammolar kela boradi.
4.madaniyatga ta‘sir o’tkazuvchi tashqi omillari xarakteri jamiyatning xususiyatlariga borib taqalishi bois madaniyatning turli tiplari mavjud bo’ladi. Hozirgi zamon madaniyat-shunosligi ushbu tiplarni g’arb va sharq madaniyati bilan bog’laydi.

Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling