Jarayon va topshiriqlarni rejalashtirish va


Download 147.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi147.91 Kb.
#1427023
  1   2   3   4   5
Bog'liq
JARAYON VA TOPSHIRIQLARNI REJALASHTIRISH VA DISPETCHERLASH



JARAYON VA TOPSHIRIQLARNI REJALASHTIRISH VA 
DISPETCHERLASH (DISSIPLENI DISPETCHERIZATSIYE). 
Kirish 
1.1.Jarayon holati 
1.2.Jarayonlar ustidagi amallar 
1.3.Jarayonlarni rejalashtirish 
1.4.Rejalashtirish ko`rsatkichlari va algoritmlari. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
Xulosa 
Kirish 
Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, 
ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan 
jarayonlar xisoblanadi. 
Jarayon tushunchasi. 
OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “to`shiriq” 
so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni 
bajaradi, OT to`shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. 
Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani 
tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil 
xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni 
xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi 
ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida 
gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan 
xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini 
detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) 
aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi. 
“Dastur ” va “to`shiriq” terminallari statik, faol bo`lmagan(neaktivniy) ob’ektlarni 
tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol 
ob’ektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov 
beradi va o`zgaruvchilar qiymatlarini o`zgartiradi. Dastur bajarilishi uchun, OT 
ma’lum son operativ xotira ajratishi, unga kiritish chiqarish qurilmalarni va 
fayllarni bog`lashi, ya’ni butun xisoblash tizimi resurslari xisobidan ma’lum 
qismini rezervlab qo`yishi kerak. Ularning soni va konfiguratsiyasi vaqt o`tishi 
bilan o`zgarishi mumkin. Bunday kompyuter tizimlari ichidagi faol ob’ektlarni 
tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o`rnmga yangi “jarayon” 
terminini ishlatamiz. 

Download 147.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling