Jarayon va topshiriqlarni rejalashtirish va


Jarayon konteksti va process Control Block (jarayon diskriptori)


Download 147.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi147.91 Kb.
#1427023
1   2   3   4   5
Bog'liq
JARAYON VA TOPSHIRIQLARNI REJALASHTIRISH VA DISPETCHERLASH

Jarayon konteksti va process Control Block (jarayon diskriptori) 
OT, jarayon ustidagi amallarni bajara olishi uchun, xar bir jarayon OTda ma’lum 
ma’lumotlar strukturasi sifatida tasvirlanishi lozim bu struktura(tuzilma) shu 
jarayonga xos ma’lumotlarni o`z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar quyidagilar: 
• 
Jarayon xolati 
• 
Jarayon dasturli(schyotchigi) hisoblagichi, yoki boshqacha qilib aytganda
jarayon uchun keyingi bajariladigan komanda adresi. 
• 
Protsessor registri tarkibi. 
• 
Xotirani boshqarish va protsessordan foydalanishni rejalashtrish uchun zarur 
ma’lumotlar (jarayon prioriteti, adres makoni, o`lchami va joylashgan o`rni 
va xokazolar.) 
• 
Xisob (qayd) ma’lumotlari jarayon identifikatsiya nomeri, qaysi 
foydalanuvchi uning ishini initsializatsiya qildi, jarayonning protsessordan 
foydalanish umumiy vaqti va xokazolar 
• 
Kiritish –chiqarish qurilmalari bilan bog`liq ma’lumotlar(masalan, jarayonga 
qanday qurilmalar bog`langan, ochiq fayllar jadvali va xokazolar). 
Albatta bu ma’lumotlar tizimini va tarkibi xar bir OTga bog`liqdir. Ko`pgina 
OTlarda jarayonni xarakterlovchi ma’lumot bitta emas, balki bir nechta 
ma’lumotlar strukturaida saqlanadi. Bu strukturalar xar xil nomlanishi, yuqorida 
keltirilgan ma’lumotlarni bir qismini yoki qo`shimcha ma’lumotlarni xam o`z 


ichiga olishi mumkin. Uni jarayon diskriptori, PCB (Process Control Block) yoki 
jarayonni boshqarish bloki deb nomlash mumkin. 
Jarayonning kompyuterdagi murakkab xayot yo`li uni tug`ilishidan boshlanadi. 
Jarayonlar kontseptsiyasini qo`llovchi ixtiyoriy OT, jarayon yaratish vositasiga ega 
bo`lishi kerak. 
Eng oddiy tizimlarda (masalan, faqat bitta aniq ilova ishi uchun loyixalashtirilgan 
tizimlarda) xamma jarayonlar tizim satrida tug`ilishi mumkin. 
Murakkabroq operatsion tizimlar, jarayonlarni zaruriyat bo`yicha dinamik xolda 
yaratadilar. 
Operatsion tizim startidan so`ng, yangi jarayon tug`ilishi sababchisi bo`lib maxsus 
tizimli chaqiriq bajargan foydalanuvchi jarayoni yoki operatsion tizim bo`lishi 
mumkin, ya’ni natijada yana jarayon bo`lishi mumkin. 
Yangi jarayon tug`ilishiga sabab bo`lgan jarayon ota jarayon(parent 
process) deyiladi, qaytadan yangi yaratilgan jarayon–farzand jarayon 
deyiladi(child process). Farzand jarayon o`z navbatida yana yangi farzand 
jarayonni yaratishi mumkin va tizim ichida jarayonning geneologik daraxtini 
to`plamini xosil qiladilar, ya’ni geneologik o`rmon xosil bo`ladi. 

Download 147.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling