Jarqoʻrgʻon tumani 59- umumiy o’rta ta’lim maktabining 7- "A" sinf o’quvchisi Berdiyev


Download 10.02 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi10.02 Kb.
#184231
Bog'liq
8-Tavsifnoma


Jarqoʻrgʻon tumani 59- umumiy o’rta ta’lim

maktabining 7- “A” sinf o’quvchisi Berdiyev

Bobur Odilovichga

T A V S I F N O M A

Berdiyev Bobur Odilovich Jarqoʻrgʻon tuman 59- umumiy o’rta ta’lim maktabida 2011- yil sentabr oyidan o’qib kelmoqda. Berdiyev Bobur maktab jamoasi va o’quvchilar orasida o’zining sho’xtabiatliligi, jamoa bilan kirishimli bo’la olishi, kamtarligi va a’lo o’qishi bilan ularning hurmatini qozongan.

Maktabda yaqinda tashkil qilingan 1- oktabr “O’qituvchi va murabbiylar” kuni uchun tashkil qilingan tadbirda ham o’z faollogini namoyish qildi, maktabdan tashqari Ingliz tili to’garagini olib boradigan Gulshoda Berdiyevaga muntazam qatnashib kelmoqda. Berdiyev Bobur maktabda o’tiladigan ko’p fanlarga, jumladan, matematika, ingliz tili, adabiyot, rus tili, va fizikaga qiziqishi qoniqarli bo’lib undan tashqari tasviriy san’at bo’yicha tanlov va maktablararo tashkil qilingan olimpiadalarda ham faol qatnashib faxrli o’rinlarni olib kelmoqda. O’qituvchilarning ham yuqori hurmatiga ega Berdiyev Bobur maktab va maktabdan tashqari o’tqaziladigan barcha jamoat ishlarida faol qatnashib, sinfdoshlariga o’rnak bo’lib kelmoqda.

Maktab direktori: A. Normurodov

Sinf rahbari: N.Yo’ldosheva

Jarqoʻrgʻon tumani 59-umumiy o’rta

ta’lim maktabining 7-“A” sinf

o’quvchisi

Daminov Erkin Berdimurodovichga

T A V S I F N O M A

Daminov Erkin Berdimurodovich Jarqoʻrgʻon tuman 59-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2011 yil sentabr oyidan o’qib kelmoqda.

Daminov Erkin Berdimurodovich maktab jamoasi va o’quvchilar orasida o’zining tarbiyasizligi, gapga quloq solmay o’qituvchilarni hurmat qilmasligi va betga choparligi bilan ajralib turadi. Maktabda tashkil qilinga sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etmaydi va darslarda ham faol emas. Ko’p fanlardan baholari “qoniqarsiz” bo’lib, daftarlari ham maktab talablariga javob bermaydi.

Daminov Erkin Hamrayev Jo’rabek tomonidan tashkil qilingan “Yosh tilshunoslar” to’garagiga jalb etilgan bo’lsa ham qatnashmaydi. Undan tashqari maktab va maktabdan tashqari tashkil etilgan tadbirlarda va jamoat ishlarida sust ishtirok etadi.

Maktabdirektori A.Normurodov

Sinf rahbari: N.Yo’ldosheva
Download 10.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling