Javob: konfiguratsiya


Download 302.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi302.94 Kb.
#1414651
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Operatsion tizimlar Oraliq-1 Javoblar (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob


1. Hisoblash tizimi tarkibi nima deb ataladi.
Javob: konfiguratsiya
2. Hisoblash tizimlarining apparat ta'minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi nimalar 
kiradi.
Javob: apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi.
3. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari qanday konstruktsiya (tuzilish)dan iborat.
Javob: blok-modulli konstruktsiya dan iborat 
4. Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab 
qanday qurilmalarga ajratamiz. 
Javob: tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. 
5. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma'lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda 
qanday qurilmalar ham deb ataladi.
Javob: periferik qurilmalar ham deb ataladi 
6. Ma'lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar qaysi qurilmalarga kiradi. 
Javob: tashqi qurilmalarga kiradi 
7. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar nimalar deyiladi.
Javob: protokollar
8. ... – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli 
va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. 
Javob: protokol
9. ... – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.
Javob: Dastur 
10. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi nimadan iborat.
Javob: apparat vositalarni boshqarishdir 
11. Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta'minoti tuzilishi nima deb ataladi 


Javob: dasturiy konfiguratsiya
12. Dasturiy ta'minotning eng quyi sathi-nimadan iboratdir 
Javob:Dasturiy ta'minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta'minotidan iboratdir. 
13. Asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va nima deb ataladigan maxsus 
mikrosxemalarda saqlanadi.
Javob: Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy 
xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. 
14. Qaysi sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta'minoti bilan 
o’zaro bog’lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. 
Javob: Tizimli dasturiy ta'minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va 
bevosita apparat ta'minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu dasturlar dallollik vazifasini 
o’taydi. 
15. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar nima deyiladi va ular tizimli sath 
dasturiy ta'minoti tarkibiga kiradi. 
Javob: Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari 
deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta'minoti tarkibiga kiradi. 
16. Tizimli satx dasturiy ta'minoti majmuasi kompyuter nimasining yadrosini tashkil etadi.
Javob: operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi 
17. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) nimadan iboratdir.
Javob: Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini 
tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. 
18. Amaliy dasturlarning qaysi sinfi dasturlarning asosiy funktsiyasi matnli ma'lumotlarni kiritish va 
taxrirlashdan iboratdir.
Javob: Matn redaktorlari (taxrirlagichlar). Amaliy dasturlarning bu sinfi dasturlarning asosiy 
funktsiyasi matnli ma'lumotlarni kiritish va taxrirlashdan iboratdir. 
19. Matn protsessorlarining redaktorlardan farqi nimada.
Javob: Matn protsessorlarining redaktorlardan farqi shundaki, ular matnni kirgizib, taxrirlabgina 
qolmay, balki uni formatlaydi ham. Mos ravishda matn protsessorlari asosiy vositalariga (grafika, jadval) 


natijaviy xujjatni tashkil etuvchilari – matn, grafika, jadval va boshqa ob'ektlar o’zaro aloqalarini 
ta'minlash vositalari kiradi, qo’shimchalariga esa-formatlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalari 
kiradi. 
20. Xujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi (stil) nechta alternativ yondoshishni ko’zda tutadi.
Javob: Xujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi (stil) ikkita alternativ yondoshishni – 
qog’ozdagi xujjatlar va elektron xujjatlar (qog’ozsiz texnlogiya) bilan ishlashni ko’zda tutadi. 
21. uch o’lchamli grafika redaktorlari nima deb ataladi.
Javob: Bu redaktorlardan uch o’lchamli kompozitsiyalarni yaratishda foydalaniladi. Ular ikki xil 
o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan ,tasvirlanayapgan ob'ektni uch o’lchamliligini ko’rsatish uchun 
ob'ekt sirti xossalari bilan yorug’lik manbasi o’rtasidagi o’zaro ta'sirni mos ravishda boshqarish; 
ikkinchidan, uch o’lchamli annimatsiyani yaratish imkonini beradi. Shuning uchun ham uch o’lchamli 
grafika redaktorlarini 3D-animatorlar deb ataladi. 
22. Ma'lumotlar bazasi deb nimaga aytiladi 
Javob: Ma'lumotlar bazasi deb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi ma'lumotlar 
bazalariga aytiladi.
23. Qaysi tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan.
Javob: C. Loyihalash tizimlar 
24. Qaysi sinf dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini avtomatlashtirishga 
mo’ljallangan. 
Javob: D. Vektorli grafika 
25. Qaysi tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma'lumotlarni taxlil qilish va ular asosida, foydalanuvchi 
so’rovnomasi bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan. 
Javob: A. Ish yuritishning Integrallashgan tizimlar , D. Ekspert tizimlar 
26. O’zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfi qaysi. 
Javob: A. HTML (Web) redaktorlar 
27. Web xujjatlar deb nimaga aytiladi 
Javob: Web xujjatlar deb,ularni tayyorlashda, internetda ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan 
bog’liq bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi 


28. Qaysi kategoriyaga HTML formatida yaratilgan va elektron xujjatlarni ko’rish uchun mo’ljallangan 
dastur vositalari kiradi. 
Javob : A. Brauzerlar 
29. Qaysi tizimning asosiy funktsiyalariga oddiy xujjatlarni yaratish, tuzatish va formatlash, elektron 
pochta, faksmil va telefon aloqa funktsiyalarini markazlashtirish, korxona xujjat almashinuvini kuzatish 
(monitoring), korxona bo’limlari faoliyatini koordinatsiyalash, rahbariyat va xo’jalik faoliyatini 
optimallashtirish, va so’rovnomalar bo’yicha ma'lumotlar berish kiradi. 
Javob:A. Ish yuritishning integrallashgan tizimlari
30. Qaysi sinf dasturlari, bank va birja kabi tashkilotlarda foydalaniladi.
Javob : A. Moliyaviy-analitik tizimlar 
31. Aerokosmos va topografik usullarda olingan ma'lumot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini 
avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan tizimlar qanday tizimlar hisoblanadi 
Javob: A.Geoma’liumot tizimlar 
32. Qaysi tizimlar videomateriallarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, videoeffektlar yaratish, 
defektlarni olib tashlash, tovush, titr va subtitr qo’shish uchun mo’ljallangan. 
Javob: A. Video montaj tizimlar 
33. Qaysi sinf dasturlari yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina 
amallar bajariladi, ya'ni: nusxa olish, joyini o’zgartirish, fayl nomini o’zgartirish, katalog (papka) 
yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigatsiya.
Javob: A. Fayl dispetcherlari 
34. Fayl bilan ishlashda qaysi amallar nazarda tutiladi.J:Fayl bilan ishlash, uni ochish, o’qish va yozish 
amallarini bajarish va faylni yopishdan iboratdir. 
35. Resurslarni boshqarish, masala resursi tipiga bog’liq bo’lmagan nechta umumiy masalani yechishni 
o’z ichiga oladi. J:2 ta 
36. resursni rejalashtirish nimadan iborat J: rеsursni rеjalashtirish - ya'ni bеrilgan rеsursni kimga, hachon 
va taqsimlashdan iboratdir 
37. resurs holatini kuzatish nimadan iborat J:rеsursni band yoki bo’shligi, bo’linadigan rеsurslar hahida 
esa rеsursning qancha qismi esa taqsimlanmaganligi hahidagi opеrativ ma'lumotni olib turishdan 
iboratdir.


38. Kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebich tomonidan qachon kashf etildi. J:18-asr oxirida
39. OT rivojlanishining birinchi davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi J:1945-1955 yillar 
40. Qachon 1-chi lampali mashinalar yaratildi. J:40 yillar o’rtalarida 
41. Qachon simvolli tillar (Fortran va boshqa) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi J: 
1951-1952 yillar 
42. Qachon IBM-701 uchun Assembler ishlab chiqildi.J:1954y 
43. OT rivojlanishining ikkinchi davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladiJ: 1955-1965
44. OT rivojlanishining uchinchi davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi 
J:1965-1980
45. ... – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli bo’lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta 
dastur bajariladi. Javob: Multidasturlash 
46. Arxitekturada parallelizmni rivojlantirish nima. Javob: Xotiraga bеvosita murojaat va kirish-chiqish 
kanalini tashkil etish, markaziy protsеssorni hiyin opеratsiyalarni bajarishdan xalos etadi. 
47. OT rivojlanishining to’rtinchi davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi
Javob: 1980 dan – hozirgi vaqtgacha 
48. Nechanchi yillarda Tarmoq yoki taqsimlangan OT lar boshqaruvchi ostida ishlaydigan shaxsiy 
kompyuterlar keskin tarzda rivojlana boshladi. Javob: 80-yillar o’rtalarida 
49. OT lar nechta asosiy funktsiyalarni bajaradi
Javob:6 ta asosiy funktsiyalarni ajratishimiz mumkin: 
1. Topshiriqlarni rеjalashtirish va protsеssordan foydalanish; 
2. Dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta'minlash; 
3. Xotirani boshqarish; 
4. Fayl tizimini boshqarish; 
5. Kiritish-chiqarishni boshqarish; 
6. Xavfsizlikni ta'minlash. 

Download 302.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling